Ingliz va o`zbek adabiyotida urush voqealari inson taqdiriga ta’siri


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana07.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1753106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Моннография

other thing and he could have had it all. He could have had anything he wanted if I 
would have known. I would have married him or anything. I know all about it now. 
But then he wanted to go to war and I didn’t know.”
2
 
Ammo bu pokligining Genriga bag`ishlanishi natijasi uning bu yorug` 
dunyodan ko`z yumishiga sabab bo`lishi esa taqdirning achchiq hazili edi. Chunki 
marhum qallig`i bilan hech qanday intim munosabatlar o`rnatmagan Ketrin 
1
Donaldson, Scott. New essay of A Farewell to Arms. Cambridge University, 1990. page 27 
2
Hemingway E.A Farewell to Arms. Foreign languages Publishing house, 1963, page 34 


 44 
Genriga bo`lgan muhabbati va urush dahshatlari natijasida bevaqt bu dunyoni tark 
etadi. Buni Genrining so`zlaridan ham anglash mumkin: “Poor, poor dear Cat. 
And this was the price you paid for sleeping together. This was the end of the trap. 
This was what people got for loving each other.”
1
 
Ketrinning asar oxirida vafot etishi yozuvchi uchun Genrini nikohsiz xotin 
va farzandi bilan birgalikdagi dunyosini yozmasdan va tassavur qilmasdan asarni 
o`rab chirmashning eng qulay usuli edi.
Ketrinning Barkley familiyasiga e`tibor qaratsak u yosh askarlarga baqirib 
buyruq beradigan mashq qildirovchi serjantni eslatadi. Bu esa birinchi jahon 
urushini aks ettirgan asar syujetiga juda mos tushgan. Shuningdek, baqiroq 
ohangda buyruq berish va shunga o`xshah noxush holatlar urush vaqtida 
kasalxonada yagona tunggi hamshira bo`lib ishlagan Ketrin xarakteriga mos 
tushgan va Genri bilan o`rtalaridagi munosabatlarni tasvirlashda xizmat qilgan 
asosiy detallardan biri bo`lib qolgan. Garchi Ketrin Genrisiz bir kun ham yashay 
olmasligini takrolab Genrini ishqiy munosabatlarida yetakchi qilib ko`rsatgandek 
tuyulsada, asar oxiriga qadar Ketrinning o`zi ularning munosabatlarini boshqarib 
o`tirgani kitobxonga kundek ravshan.
2
Yozuvchi har xil xarakterdagi odamlarni romanga olib kiradi. Ularning 
hayotga qarashlari orqali urushga munosobat bildiradi. Kitobxon shu odamlarning 
tasavvurlari orqali urushning mohiyatini teranroq anglaydi. Yozuvchining mahorati 
shundaki, roman qahramonlari huda-behuda, kerak-nokerak gaplarni 
gapiravermaydilar. Ularning gaplari shu oddiy odamlarning orasida bo`ladigan 
mayda-chuyda gaplardek tuyuladi. Bu qahramonlar urush haqida kitobxonning 
joniga tegadigan darajada ko`p gapiravermaydi. Yozuvchi shu ko`zga ilinmas, 
oddiy kundalik hayotda doimiy bo`lib turadigan suhbatlarga sana’tkorona sehrlilik 
bilan ma’no yuklaydi.
3
1
Hemingway E.A Farewell to Arms. Foreign languages Publishing house, 1963, page 139. 
2
Donaldson, Scott. New essay of A Farewell to Arms. Cambridge University, 1990. page 26. 
3
Assadnasab Sara. Hemingway’s depiction of women in A Farewell to Arms. Lulea University of Technology, 
2005, page 5. 


 45 
Ketrin bilan Genri o`rtasidagi suhbat ana shunday yigit bilan qiz o`rtasida 
bo`lib o`tadigan ko`pgina gaplar, lekin yozuvchi shu bilan o`z sana’tkorligini 
ko`rsatadi. Ba’zan asarlarda sevishganlar uchrashuvi berilgan epizodlarni 
o`qiganda ularning birorta gapiga ishongimiz kelmaydi. Chunki ularning gaplari 
bo`ladi-yu, muhabbatga yo`g`rilgan qalblari bo`lmaydi. 
Ketrin Italiyaliklarni xushlamaydi. Rinaldini rad etganligining asosiy 
sabablari shu. Yana Ketrin Genrini ko`rgandayoq uning ruhiy olamini sezgirlik 
bilan uqib olgan. To`g`rirog`i, Genri unga yoqqan. Genri unga alohida e’tibor 
bilan qaramaydi. Soldatlarga xos bo`lgan sovuq bir nuqtai nazar bilan qaraydi. 
Ketrindek oqila bir qiz buni sezmasligi mumkin emas edi. 
Biroq Genrining boshqa ofitserlardan ajralib turadigan insoniy fazilatlari 
mavjud ediki, qiz uni shu sababdan yoqtirib qoldi. Ayniqsa uning to`g`ri so`zligi 
qizga ma’qul buldi. Ketrin undan “sevganmisan?” deya so`raganida u “yo`q” deb 
javob beradi. Yozuvchi Ernest Heminguey ularning bu ilk uchrashuvidan muhim 
ma’no keltirib asarni kelgusi syujetining davomiga zamin tayyorlaydi va 
kitobxonni ular o`rtasidagi muhabbatning pokizaligiga ishontirib boradi. Yozuvchi 
shu bilan asarda qo`llanilgan har bir epizodni, detalni umum g`oyaga romanning 
asosiy leytmotiviga bo`ysundiradi. 
Asardan muhabbat va urush, urush voqealarining bu beg`ubor juftlikning 
muhabbatiga zomin bo`lish mazmuni ham joy olgan. Muhabbat har bir inson 
hayotiga ma`no bag`ishlovchi kuchga ega tuyg`u, shu bilan birga u insondan 
tezgina tortib olinadigan hissiyotidir ham. Inson sevib qolsa, u o`z sevgilisi uchun 
barcha ishlarga tayyor bo`ladi. Muhabbat asarlarda boqiy yashaydi, shu bilan asar 
murakkabligiga erishiladi ham. Urush shafqatsiz va keraksiz hodisa, ammo uning 
qahriga sevgi bilan javob qaytarish mumkin. 
Asarda muhabbat ayni qiyinchiliklar vaqti, urush davrida boshlanadi. Genri 
tez yordam haydovchisi, Ketrin esa ingliz hamshirasi. Ular uchrashib qoladi, 
ammo Genri shikastlanib, kasalxonaga yotmaguncha ularning o`rtasida ishqiy 
munosabatlar bo`y cho`zmaydi. Ular bir-birini sevib qolishadi, Ketrin homilador 
bo`ladi. Shundan so`ng Genri Ketrin oldidagi burch va mas’uliyatini his qila 


 46 
boshlaydi. Genri qatnashishdan bosh tortgan urushda insonlar qirilib ketayotgan 
edilar. Ular Shveysariyaga qochishga qaror qiladilar va u yerda baxtli yashashni 
boshlaydilar. Ketringa bo`lgan muhabbati tufayli Genri hayotdan ma`no topadi. 
Ammo ularning bu shirin hayotlarining intihosi Ketrinning o`limi bilan 
yakunlanadi.
Ketrin asarning asosiy ayol obrazi sifatida romandan joy olgan bo`lib, urush 
voqealari, uning og`ir musibatlari aksini bu xarakter orqali yaqqol ko`rishimiz 
mumkin. Ketrin urush oqibatida o`zining ilk qallig`idan ayrildi, uning zalvorli 
qiyinchiliklaridan qochishga uringan bu juftlikning baxti chopmay oxir-oqibatda 
Ketrin bu uchun tovon to`lashga majbur bo`ldi. Ketrin ham zurriyodidan ayrildi
ham o`zi bu dahshatli urushning qurboni bo`ldi: 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling