Ingliz va o`zbek adabiyotida urush voqealari inson taqdiriga ta’siri


 Urush davri jamiyatida ayol o`rni (ikki asar asosida)


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana07.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1753106
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Моннография

2. Urush davri jamiyatida ayol o`rni (ikki asar asosida) 
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari XX asrning eng katta fojiasi bo`ldi. Bu 
davr mobaynida insoniyat boshiga qanchadan-qancha kulfatlar yog`ildi, minglab 
ayollar beva va bolalar yetim bo`lib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dog‘ida 
qayg‘u-alam bilan bu dunyodan ko`z yumdilar. Ularning urush oqibatida 
taqdirlaridagi tub burilishlar adabiyot namoyandalarining asarlarida o`z aksini 
topdi. Erniest Hemingueyning “Alvido, qurol!” asari va O`tkir Hoshimovning 
“Ikki eshik orasi” asarlarida jahon urushlari qoldirgan achchiq alamlar mualliflar 
tomonidan mohirona tarzda tasvirlangan.
Jahon urushlari davrida ayniqsa, ayollarning jamiyatdagi o`rni yanada 
mustahkamlandi. Ular jamiyatning, sanoatning deyarli barcha sohalarida o`z 
jonbozliklarini namoyon qilayotgan edilar. Chunki, mehnatga layoqatli mard 
yigitlar urush janggohlarida g`alaba uchun jon olib, jon berayotgan edilar. 
Mehnatga layoqatli ayollar esa endi mard yigitlarning o`rnini bosishga majbur ham 
edilar. Hatto, jang maydonlarida o`z mardonavorligini ko`rsatgan ayollar ham yo`q 
emasdi. Ularning jasorati yuqorida nomi keltirilgan asarlarda o`z aksini topgan. 
“Alvido, qurol!” va “Ikki eshik orasi”dagi ayol qahramonlar jamiyatning asosiy 
bo`g`ini sifatida namoyon bo`ladilar. Asarlardagi barcha ayol obrazlari o`zlarining 
qaysidir jihatlari bilan bir-birini takrorlamaydi. Ular urush vaqtida o`zlarining 
fidokorona xizmatlari bilan, front orqasida turib urushda g`alabaga erishishda 
jonbozlik ko`rsatadilar. 
Ernest Hemingueyning “Alvido,qurol!” asarini “Romeo va Juletta” kabi 
shoh asarlarga qiyoslab, zamonning qiyinchiliklariga qarshi qo`yilgan klassik 
asarlari sirasiga kiritish mumkin. Hemingueyning shaxsiy hayot yo`li va 
asarlaridan uning dunyoga nisbatan dushmanlarcha kayfiyatda bo`lishi yaqqol 
ko`zga tashlanadi. U o`z asarlarida ko`pincha dunyo tashvishlari yechimini ajralib 
qolgan munosabatlar va hissiyotlarda ko`radi.
1
1
Assadnasab Sara. Hemingway’s depiction of women in A Farewell to Arms. Lulea University of Technology, 
2005, page 5. 


 43 
Ernest Hemingueyning “Alvido, qurol!” asari kompozitsiyani tasvir oqimini 
poeziyaga xos bo`lgan salobatli bir ohang birlashtirib turadi. Romanda syujet 
tizimi hayotning egri-bugri ko`chalaridan o`tmaydi. To`g’ri va ixcham. Dramatik 
intrigalar ko`zga tashlanmaydi. 
Asarda ayol qahramonlar kam, asarning asosiy diqqat markazida Ketrin 
Barkli ayol obrazida gavdalanadi. Ketrin xuddi yunon ma’budasi Afinaga 
o`xshaydi. U chiroyli, aqlli, nazokatli ingliz qizi bo`lib, unga Genrining do`sti 
Rinaldi uylanmoqchi edi. Asar davomida u ijobiy obraz sifatida kitobxonlar 
xotirasida saqlanadi. U turg`un obraz. Ketrin zamonaviy ayol bo`lib, barcha 
an’anaviy qadriyatalarni rad etadi. Ketrin hech qanday dinga e’tiqod qilmaydi, 
Genri va Ketrinning bir-biriga bo`lgan muhabbati ular uchun din sifatida xizmat 
qiladi.
1
Ketrin obraziga asar davomida uning to`liq ismi orqali yoki Miss Barkli 
deya murojaat qilinadi. Ketringa asar davomida rasmiy murojaat qilish kitobxonda
uning Genridan yoshi kattaligi va Genri hamda kitobxonlarning hurmatiga 
munosib ekanligi to`g`risida taassurot paydo bo`ladi. Asar qahramoniga ism ham 
muallif tomonidan uning xulq atvoriga mos holda tanlangan. Ketrin nomi 
grekchadan kelib chiqqan bo`lib, sof, beg`ubor degan ma`nolarni bildiradi. Asar 
voqealari jarayonida u pokiza, beg`ubor qalb egasi sifatida kitobxon ko`z o`ngida 
gavdalanadi. Uning bu beg`uborligini, pokligini Genri bilan ilk uchrashgan kunda 
marhum qallig`iga o`zini bag`ishlamaganidan afsus chekayotganidan ham bilib 
olish mumkin: “I wanted to do something for him. You see I didn’t care about the 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling