Ingliz va o`zbek adabiyotida urush voqealari inson taqdiriga ta’siri


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana07.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1753106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Моннография

“ – Oyi, mani tanidingiz-a? 
 − Tanidim, o`g`lim. O`lganmiding? Men bo`lsam...
– Yig`lamang oyi, men tirikman. Bugun o`zingiz ko`rdingiz-ku!
– Dadang yo`lingga ko`z tika-tika olamdan o`tdi.
– Siz yashashingiz kerak, oyi. Men uchun...
– Yigirma to`rt yil kutdim. Kimsan... Bu yog`iga kuchim yetarmikin?
– Siz yashashingiz kerak. 
 – Xo`p jon bolam, xo`p. Sen shunaqa desang...”
1
 
1
“El sevgan adib” ( O`tkir Hoshimov zamondoshlar nazdida) T.: “Mumtoz so`z” 2011

195-bet. 


 49 
“Qora amma” o`z o`g`lining sevgilisi Robiyani ilojsizlikdan Shomurodga 
to`y qilib uzatadi. Chunki endi Kimsanning kelishiga umid yo`q edi. “Qora 
amma”ning o`zi avval o`g`liga sovchi bo`lgan bo`lsa, endi ukasi Shomurod uchun 
Robiyaning qo`lini so`raydi: “ – Robiya, − dedim yig`lagudek iljayib, − sovchi 
keldi! U menga qaramay kulimsiradi. – Muborak bo`lsin! Damim ichimga tushib 
ketdi. – Sovchi kim deb so`ramaysanam qizim, − dedim ichimdan toshib 
kelayotgan yig`ini arang bosib. Robiya ensasi qotib kuldi. – Kavushini ayamasa 
kelaversin... sizga nima? – O`sha sovchi – menman! Bu gap qandoq og`zimdan 
chiqib ketganini bilmayman, Robiyaning qo`lidagi qiyiqcha sirg`alib yerga tushdi. 
Rangi o`chib, yuzimga hayratlanib qaradi. – A?! – Shomurodga...”
2
 
Asardagi yana bir markaziy ayol qahramonlardan biri bu – Robiya. U 
shuningdek, urush davri jamiyatining beqarorliklari oqibatida o`z dadasini ham 
yo`qotadi. Robiya ko`p yillar kutgan sevgilisi Kimsan urushdan qaytmagach, Qora 
amma iltijosi bilan Shomurodga tegishga majbur bo`ladi. Shu tufayli o`zini 
kechirolmaydi. To`ydan keyin Muzaffarni xursand qilish uchun sandiqdan bolaga 
atalgan kiyim-kechaklarni olayotib, bir vaqtlar o`z qo`li bilan Kimsanga atab 
tikkan qiyiqchalarni topib oladi:
“−Nochorman! – dedi o`krab. Sho`rim qursin! – Qaddini rostlab, qiyiqchani 
bag`riga bosgancha, yana muk tushdi.
−Kechiring meni! – dedi qiyiqchani yuziga bosib. U qiyiqchani labiga 
bosgancha ayanchli qichqirdi: - Boshimni qayoqqa olib ketay? – ikki qo`lini 
qiyiqcha aralash baland ko`tarib sochi changalladi. Qo`rqib ketdim.”
3
 
Robiyaning iztiroblari, faryod solishi, butun vujudi bilan to`lg`anishi qalbida 
bo`layotgan to`fonni anglatadi. Qizig`i shunda-ki, kichik Muzaffar hech narsaga 
tushunmaydi va Robi opasini xafa qilib qo`ygani uchun o`zini aybdor sanaydi. 
Tushuntirish qiyin bo`lgan holat! Robiyaning Kimsanga qilgan iltijolari 
kitobxonni larzaga soladi. Kitobxon o`zi bilmagan holda Kimsanga ham, Robiyaga 
ham, kichkintoy Muzaffar fojeasiga ham sherik bo`ladi. 
1
Hoshimov O`. Ikki eshik orasi. T.: “Meriyus” 2011, 471-bet.
2
O`sha manba, 39-bet. 
3
O`sha manba, 114-bet.


 50 
Romandagi asosiy ayol qahramonlardan yana biri – Shomurodning jufti 
haloli Ra’no eriga xiyonat qiladi. Ra’no turmush o`rtog`i urushga ketgan vaqtida, 
Umar zakunchining hiylasiga uchib, unga o`ynash bo`ladi. U urush to`zonlari 
ichida dovdirab, yo`ldan toyib hayot so`moqlariga kiradi. Ra’noning ikkilanish 
holatlari, so`ng aldanib chekkan alam va pushaymonlari, adadsiz qalb qiynoqlari – 
bunga o`xshash lavhalar tasviri kitobxonni larzaga soladi. U emizikli chaqalog`ini 
qoldirib, Zakunchi bilan Qo`qonga qochib ketadi. Unga bolang o`lgan deyishgan. 
Ra`no tasodifan o`g`li tirikligini eshitib, Toshkentga keladi va o`g`lining 
maktabiga boradi: “ – Sen Muzaffarsan-a? – dedi tovush titrab. – O`rtoqlaring 
aytishdi. Darsga kirmabsan?
- Ha! – dedim Abduvalidan ko`z uzmay. – Nimaydi? 
- O`g`lim! – xotin ingrab yubordi, qo`lidagi sumkasi tushib ketdi. 
- Muzaffar! Ketma-a... Tirik ekansan-ku!”
1
 
Asarda urush tufayli ikki o`g`lidan ayrilgan Orif Oqsoqolning rafiqasi 
Xolposh xola obrazi ham muvaffaqiyatli epizodlardan biri. U mohir tikuvchi
mehribon qaynona, fahm-farosatli ayol sifatida gavdalantirilgan. U ham urushning 
achchiq alamlaridan benasiba qolgan emas. Uning ikki o`glidan ayrilishi, kichik 
kelini Zuhraning boshqa bir yigit bilan qochib ketmoqchi bo`lgani va shunda 
Oqsoqol uni o`sha yigitga nikohlab berganidagi dramatik holatlari muallif 
tomonidan ustalik bilan ko`rsatilgan:
“Boyadan beri ayvon o`rtasida cho`zilib yotgan Xolposh xola yarq 
etib ko`zini ochdi. 
−Dod! – dedi to`lg`anib – Zokir! Bolam! Qandoq chidayman. Iloyo 
arvohing ursin, jon bolam! – Amallab qaddini rostladi-da, ko`zi to`la yosh bilan 
Zuhra kelinga yuzlandi. – U dunyo-bu dunyo kosang oqarmasin, juvonmarg! Kun 
ko`rib, kuni ro`shnolik ko`rmagin, iymonsiz!”
2
 
Asardagi Munavvar obraziga ham ayol qahramon sifatida alohida e’tibor 
qaratilgan. U juda pok qalbli, beg`ubor, o`qimishli qiz. Garchi urush bo`lgan 
1
Hoshimov O`. Ikki eshik orasi. T: “Meriyus” 2011, 348-bet. 
2
O`sha manba, 308-bet.


 51 
paytda, u hali go`dak bo`lgan bo`lsa-da, urush voqealari uning taqdiriga ham o`z 
muhrini bosadi. U bilib-bilmay, o`zi emikdosh bo`lgan akasini, Muzaffarni, sevib 
qoladi. Onasi Bashorat ularning muhabbatiga qarshilik qilgandagi ruhiy 
kechinmalari yozuvchi tomonidan mahorat bilan aks ettirilgan: “ – Oyi! – dedim 
shaxt bilan. Shu bir og`iz so`zda o`tinch ham, alam ham, nihoyat g`azab ham 
aralashib ketganiga o`zim hayron qoldim. – Oyi! Men uni yaxshi ko`raman, 
bildingizmi! Men usiz turolmayman! O`lib qolaman! Tushunsangiz-chi! – dedim 
yerni mushtlab.”
1
Ularning muhabbatining yakuni esa Munavvar hayotining 
gullagan bog`ini xazonga aylantiradi. U o`z joniga qasd qiladi. Bu voqea asardagi 
urushga umuman aloqasi bo`lmagan, ammo uning oqibatida, muhabbati barbod 
bo`lgan, ayanchli taqdir egasiga nisbatan kitobxonda achinish hissi paydo bo`ladi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling