Ingliz va o`zbek tillarida antonim so`zlar va ularning xususiyatlari


O`zbek tilida antonimlar va ularning hosil bo‘lish


Download 51.54 Kb.
bet4/5
Sana28.10.2023
Hajmi51.54 Kb.
#1728635
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ingliz va o`zbek tillarida antonim so`zlar va ularning xususiyat-fayllar.org (1)

4. O`zbek tilida antonimlar va ularning hosil bo‘lish
Antonimiya frazeologik birliklardan anglashiladigan lug’aviy ma’no asosida belgilanadi.
Sinonimiyada bo’lganidek, antonimik munosabat ham polisemantik frazeologik birliklarda har bir ma’noga nisbatan alohida belgilanadi. Polisemantik frazeologik birlikning bir ma’nosiga bir bo’lishi, boshqa bir ma’nosiga esa yo’q bo’lishi mumkin. Masalan, savol bermoq monosemantik frazeologik birligiga besh ma’noli javob bermoq iborasining birinchi ma’nosi antonim.
Frazeologik omonimiya. Til birliklari orasida shaklan teng kelish hodisasi – omonimiya - frazeologik birliklarda ham bor. Frazeologik omonimiya odatda ikki frazeologik birlik orasida voqe bo’ladi: qo’l ko’tarmoq I va qo’l ko’tarmoq II; call it a day I va call it a day II kabi. Bu yerda omonimiya ibora bilan ibora orasida voqe bo’ladi, keltirilgan frazeologik birliklar barcha muqobil shakllarida teng keladi: qo’l ko’tardim, qo’l ko’taradi yoki called it a day, had called it a day kabi. Shunga ko’ra bu frazeologik birliklarni omonimlar deyish mumkin.
Omonimik munosabatdagi frazeologik birliklarning leksik tarkibi ikki xil bo’ladi:
1) har ikki frazeologik birlik tarkibidagi bir component omonim bo’ladi, boshqa component esa ayni bir so’zning o’zi bo’ladi. Masalan, o’ng kelmoq I va o’ng kelmoq II frazeologik birligi tarkibidagi fe’l komponentlar ayni bir so’z bilan, ism komponentlar esa omonim so’zlar bilan; to make a getaway I va to make a getaway II frazeologik birligi tarkibidagi ism komponentlar ayni bir so’z bilan, fe’l komponentlar esa omonim so’zlar bilan so’zlar bilan ifodalangan.
2) Har ikki frazeologik birlik tarkibidagi barcha komponentlar ayni shu so’zlarning o’zi bo’ladi. Bunda ikki holat bor:
a) Frazeologik birliklar tarkibidagi so’zlar har xil leksik ma’nosi bilan qatnashadi. Masalan, dam bermoq I va dam bermoq II yoki to hold the keys frazeologik birliklar tarkibida fe’l komponentlar ayni bir leksik ma’nosi bilan, ot komponentlar esa boshqa-boshqa leksik ma’nosi bilan qatnashgan.
b) Frazeologik birliklar tarkibidagi so’zlar ayni bir leksik ma’nosi bilan qatnashadi. Bunday omonimiyani izohlashda so’z-komponentlarga suyanib bo’lmaydi, frazeologik birliklar asosida yotgan voqelikka, shu voqelikdan olingan obrazga suyaniladi. Masalan, ichagi uzildi I va ichagi uzildi II frazeologik birliklari tarkibidagi so’z-komponentlar ayni bir leksik ma’nosi bilan qatnashgan, ammo bu frazeologik birliklar asosida boshqa-boshqa obraz yotadi: birinchi frazeologik birlikda qattiq va uzluksiz kulganda ichaklar silkina silkina uzilib ketgudek bo’lishidan, ikkinchi frazeologik birlikda esa uzoq muddat ovqatlanmaslik natijasida ichaklarning torayib, ingichkalashib, uzilish darajasiga yetishidan obraz olingan.
Demak, frazeologik birliklar ma’no turlari jihatidan o’zbek tilida ikki turga va ingliz tilida uch turga ajratiladi. Shuningdek, frazeologik birliklar asosan belgi va harakat ifodalagani uchun ular grammatik jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi so’z turkumlariga ham mansub. Frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari natijasida ularda sinonimiya, antonimiya, omonimiya va polisemiya hodisalari kuzatilar ekan.
Antonimlar

  • Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland – past, uzun – qisqa); 2) affik-sal A. (suvli – suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz – tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.


  • Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.



Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y – ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan).

Antonim badiiy nutqda qo‘llanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi og‘rir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lug‘aviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.


Sinonimlar

  • Sinonimlar (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.


Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.


  • Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.


  • S.lar qatoridagi bir suz bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... S. qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim





Xulosa
Darhaqiqat, mamlakatimizda xalqimiz ma’naviy rivoji uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgan bir paytda, tilshunoslik fani ham shu maqsad uchun xizmat qilmog‘i darkor. Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlagan milliy tilshunosligimiz hozirgi paytda, jahon tilshunosligiga xos bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirgan holda tilning inson ijtimoiy faoliyatida tutgan o‘rnini aniqlash, uning kommunikativ mohiyatini hamda antropotsentrik xususiyatlarini tadqiq qilish yo‘lidan bormoqda.
Shu jumladan, zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan lingvistik qarashlar til birliklaridan nutqiy faoliyat vositasi sifatida foydalanish qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlash hamda lisoniy hodisalarning real muloqot sharoitlarida voqealanishi bilan bog‘liq xususiyatlarini belgilash maqsadini ko‘zlaydi. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi, bir tomondan, til tizimi va uning asosiy birligi bo‘lgan so‘zning semantik–struktur xususiyatlari tahliliga alohida e’tibor qaratiladi.
”Til- dil kaliti” kabi hikmatli so’zlarni xalqimiz bejiz aytmagan. Qanchalik ko’p til bilsak, shunchalik fikrlashimiz, dunyoqarashimiz ortib boradi. Chunki har bitta til o’rganishda bitta millatni, xalqni o’rganamiz va shuni o’rganishda, albatta, talaffuz muhim ahamiyatga ega. Agar talaffuz yaxshi bo’lsa gapni tushunish, tushuntirib berish ham yaxshi bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishimning I-bobida o’zbek tilida gap turlari va gap tartibi haqida so’z yuritilgan. Ingliz tilida tilshunoslik fanida nutqni o’rganishda ilmiy izlanishlarga e’tibor berish lozim. Asosiy manba hisoblangan ”grammatika”dagi gapdagi so‘zlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi , ularning har biri gapda biror grammatik funksiyani – gap bo‘lagi vazifasini bajarib kelishi ko’rib chiqilgan. Gap bo‘laklari ikkiga – bosh bo‘laklar (ega, kesim) va ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol)ga bo‘linishi o’rganib chiqilgan.
Ingliz tili fanida gap bo’laklarini o‘rganishda juda katta e’tibor berish kerak. Chunki chet tilini o’rganishda ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda so’z tartibinining ahamiyati va muammolarini tushuntirish, tarjima qilish, uning qanday turlari mavjud, lingvistik muammolari nimada ekanligini ko’rsatib berish va tarjimada grammatik muammolari bo’yicha qanday xulosaga kelish, bu muammolarni qanday hal eta olish nazariyalar va tasnif metodlari ingliz tilini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Demak, ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda grammatikaning tutgan muhim o’rnini anglatish va grammatik ko’nikmalarni shakllantirish, ularning bir tildan ikkinchi bir tilga grammatik bilim va ko’nikmalarga asoslanib, mustaqil tarjima qila olish va ishlash malakalarini rivojlantirish va shakllantirish, har bir talabaning o’z mutaxassisligiga oid bo’lgan mavzudagi matnni lug’at yordamida yoki lug’atsiz tarjima qila olishni, davlat tashkilotlari va korxonalarda ish jarayonida mavjud bo’ladigan tarjima ishlarini asliyatdan o’zbek tiliga o’girganda, qo’pol va tushunarsiz muammolarga yo’l qo’ymasligini ta’minlashdan iborat. Ingliz tili grammatikasini boshqa bilimlar bilan puxta o‘zlashtirib olsa, kelajakda chet el davlatlari bilan hamkorlik qilishda, tarjimon bo‘lishda aynan mana shu ingliz tili grammatikasi juda ham yaxshi tayanch bo‘la oladi. Shuningdek, sintaksis Sintaksis grammatikaning bir qismi bo‘lib, u so‘z birikmasi va gapni tekshiradi, uning asosi gap haqidagi ta’limotdir: gap qurish, so‘zlarni biriktirish qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo‘llanishi, gaplarning o‘zaro munosabati va boshqalar.
Sintaksis tilshunoslikning boshqa bo‘limlari bilan uzviy bog’liqdir. Masalan, morfologiyada so‘zlarning strukturasi o‘rganilsa, sintaksisda ularning aloqasi, bog’lanishi, birikish yo‘llari va vositalari tekshiriladi. So‘z leksik birlik sifatida leksikada ham o‘rganiladi, biroq uning haqiqiy ma’nosi gapda aniqlashadi. Shu bilan birga, gapni shakllantirishda ohang muhim ahamiyatga egaligi, bunda sintaksisning fonetik tizimga bog’liqligi namoyon bo‘lishi ko’rsatilgan.
Bitiruv malakaviy ishimning II-bobida Ingliz tilida so'z tartibi o’zbek tiliga qaraganda biroz muhimroqligi, gapdagi har bir soz'ning vazifasini ma'lum darajada mustaqil tuslanib ko'rsatilishini o’rganilgan. O’zbek tili so'zga so'z tartibi tuslanishi katta hajmdaligi sababli ingliz tilida so'zlarning deyarli tuslanishi o'zgaradi va gapdagi joylashish o'rnini bir-biriga bog'lab ko'rsatadi va ingliz tilida belgilangan so'z tartibi shakli o'zgarmaydi. Buni namunali misollar bilan yaqqol ko'rsatiladigan bo'lsak, biz gap bo'laklarini, asosan ega va to'ldiruvchining o'rnini o'zgartira olmasligimizni ko’rsatilgan. Gapdagi ega, kesim, va ikkinchi darajali gap bo’laklarining joylashuvi o’rganilgan.


Download 51.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling