Ta’kidlash joizki, dissertatsiya
dolzarb mavzuda yozilgan, yangi ilmiy fikr
va
xulosalarga boy, adabiyotlardan o‘rinli va samarali foydalanilgan,
fikrlarning
ilmiy uslubda ravon bayon qilinganligi kabi ko‘plab jihatlari bilan alohida
ahamiyatga ega.
Xulosa
sifatida
aytish
mumkinki,
Mamadjanova
Nargizaxon
Mahmudjanovnaning “Ingliz va o‘zbek tillarida
murojaat kategoriyasining
lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.06 –
Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik
va tarjimashunoslik
ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish
uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan
belgilangan talablarga javob beradi. Uning muallifi 10.00.06 –
Qiyosiy
adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib.
Rasmiy opponent:
filologiya fanlari doktori, professor
Xayrullayev Xurshidjon Zayniyevich