Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari


sifatida  e’tirof  etib,  quyidagilarni  dissertasiyaning yutuqlari sifatida


Download 64.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi64.3 Kb.
#1755499
1   2   3   4
Bog'liq
Nargiza Taqriz

sifatida 
e’tirof 
etib, 
quyidagilarni 
dissertasiyaning yutuqlari sifatida ta’kidlash mumkin: 
Murojaat kategoriyasi lingvistik maqomini belgilashda kommunikativ- 
pragmatik yondoshuv samaradorligi murojaat kategoriyasi nutqiy aktining 
ijtimoiy- kommunikativ aloqadagi verbal ifodasini ochib berish orqali isbotlangan. 
Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini turli lisoniy olam 
manzarasini shakllantirishga qaratilgan lingvopragmatik hamda lingvokulturologik 
xususiyatlari nutqiy aktlar nazariyasi hamda kross-madaniy tahlil usullari orqali 
ochib berilgan. 
Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi birliklarni 
qo’llashda nutq madaniyati, xususan, adabiy normalarning rasmiy, norasmiy 
hamda oddiy so‘zlashuvda qo‘llanish xususiyatlari adresant va adresatning 
pragmatik xususiyatlari, murojaatning pragmatik maqsadi va natijalari adresatga 
munosib murojaatni tanlashga ta’sir qiluvchi omillar asosida aniqlangan. 
Til va ijtimoiy omillar korrelyatsiyasining ingliz va o‘zbek tillarida murojaat 
kategoriyasini ifodalovchi birliklarning lingvopragmatik va lingvokulturologik 
xususiystlari hamda tillararo muqobillarini aniqlashdagi imkoniyati dalillangan.
Yuqorida ko‘rsatilgan yutuqlar bilan birga ayrim tavsiyalarimiz mavjud: 
1. Tadqiqotda ayrim texnik, imloviy va ishoraviy xatolar mavjud 
(14,67,76,87-b.). 
2. Uslubiy jihatdan g‘aliz jumlalar uchraydi (102, 113-, 121-betlar). 
3.Tadqiqotning III faslida turli tizimli tillarda murojaat kategoriyasini 
ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari tavsiflangan bo‘lib, faqat 
ingliz va o‘zbek tilida emas, boshqa xorijiy tildagi misollardan ham keltirgan holda 
ularning ekvivalentlari yoritib berilsa, chog‘ishtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Aytilganlar tavsiya xarakterida bo‘lib, ishning ilmiy-nazariy qimmatiga ta’sir 
etmaydi. 


Tadqiqotda 
taqdim 
etiladigan 
murojaat 
kategoriyasi 
funksional 
semantikasining tilda aks ettirilishini tadqiq qilish usuli boshqa turli so‘zlashuv 
nutq hodisalarini o‘rganishda foydalanilishi mumkinligi ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy bayondagi ravonlik, nazariy, faktik materialning izchil ifodasi 
tadqiqotchining ilmiy saviyasi va uslubi yetarli darajada shakllanganligi, tahlil 
qilingan har bir masalaga oid ilmiy adabiyotlarni puxta o‘rganib, ulardan ilmiy 
madaniyat talablari asosida foydalanganligini tasdiqlaydi.
Download 64.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling