Ingredientlar


Tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan noodatiy taomlar retsepti


Download 384.87 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi384.87 Kb.
#1305501
1   2   3
Bog'liq
parranda go\'shti

Tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan noodatiy taomlar retsepti




Kerakli mahsulotlar:

  • tayyor xamir – 900 gramm;

  • file – 700 gramm;

  • un – 3 osh qoshiq;

  • yog‘ – 2 osh qoshiq;

  • sariyog‘ – 75 gramm;

  • piyoz – 1 dona;

  • sarimsoq – 4 chinnigullar

  • qo‘ziqorin – 225 gramm

  • qaymoq – 450 mililitr

  • rayhon, ko‘kat, tuz va ziravorlar.



Tayyorlanish jarayoni:



  1. Tovuq filesi to‘rtburchak shaklda kesib olinadi. Piyoz mayda to‘g‘raladi. Sarimsoq va rayhon maydalanadi. Qo‘ziqorinlarni qaynatib olinadi.

  2. Pech 200 darajaga oldindan qizdiriladi. Xamirni 3 millimetr qalinlikda yoyib, 6 qismga bo‘linib, qoliplarga solinadi. Xamir sanchqi bilan teshiladi. Savatchalar usti qog‘oz bilan yopiladi va 15 daqiqa davomida pechga qo‘yiladi.

  3. Tovuq dastlab unga botirib, yog‘da qovurib olinadi. So‘ngra tuz va ziravorlar, qaymoq qo‘shib dimlanadi. Yumshoq bo‘lguncha pishiriladi.

  4. Qolgan sariyog‘ eritilib, qo‘ziqorinlar qovuriladi. Tovuqni rayhоn va qo‘ziqorin bilan aralashtirib, pishirilgan savatlarga solinadi va yana 10 daqiqa davomida pechga qo‘yiladi.

Tovuq, nok v ko‘k piyozli salat

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq – 1,8 kilogramm;

  • nok – 3 dona;

  • limon – 2 dona;

  • piyoz – 1 dona;

  • ko‘k piyoz – 1 dona;

  • zaytun moyi – 2,5 osh qoshiq;

  • tuz va ziravorlar.


Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 230 darajaga oldindan qizdiriladi. Tovuq 8 bo‘lakka bo‘linadi, terisi va qanotlari olib tashlanadi.

  2. Nok urug‘lari olib tashlanadi va 4 ta bo‘lakka bo‘linadi. Piyoz va ko‘k piyoz to‘g‘raladi. Bitta limonning sharbati siqib olinadi, ikkinchisi bo‘laklarga bo‘linadi.

  3. Bir piyola ichiga ziravor, zaytun moyi, tuz va qalampirni va piyozning yarmi solinadi. Tovuq va nok bo‘laklari qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi.

  4. Pechdagi pishirish varag‘ida 30-35 daqiqa davomida tovuq va nokni pishirib olinadi.

  5. Nok bilan pishirilgan tovuqqa limon sharbati bilan va ko‘k piyoz sepiladi. Limon bo‘laklari bilan bezatiladi.




Download 384.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling