Injener-geodezik izlanishlar deb nimaga aytiladi?


Idoraviy qurilish normalari deganda nimani tushunasiz?


Download 84.31 Kb.
bet16/27
Sana23.04.2023
Hajmi84.31 Kb.
#1385099
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
yo\'nalish bo\'cha

Idoraviy qurilish normalari deganda nimani tushunasiz?

Idoraviy qurilish normalari
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida idoraviy qurilish normalaridan foydalanilishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan idoraviy qurilish normalarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishi, tasdiqlashi, qayta ko‘rib chiqishi yoki bekor qilishi mumkin.
Idoraviy qurilish normalari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid bo‘lmasligi kerak.
Idoraviy qurilish normalari tasdiqlanishidan oldin shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib olinadi.


  1. Aholi punktlarining qanday turlari mavjud?

Aholi punktlarining turlari
Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi.
Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo‘linadi:
eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;
katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;
o‘rtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat bo‘lgan shaharlar.
Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga bo‘linadi:
katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat;
o‘rtacha — aholisining soni o‘n mingdan yigirma minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni o‘n minggacha kishidan iborat bo‘lgan shaharchalar.
Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga bo‘linadi:
yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;
o‘rtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat bo‘lgan qishloqlar va ovullar.



  1. Download 84.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling