Inklyuziv ta’lim siyosatining jahon miqiyosida huquqiy-me’yoriy asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLYuZIV TA’LIMNING YO’LGA QO’YILIShI. 6soat
Download 238 Kb.
|
Inklyuziv 2-3-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining nazariy asoslarini o’rganish bilan bir qatorda ko’zga ko’rinarli amaliy ishlar ham olib borilmoqda.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLYuZIV TA’LIMNING YO’LGA QO’YILIShI. 6soat.
Raja 1.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim muammosining ilgari surilishi va uning yechimlari. 2.Inklyuziv ta’limning O’zbekistondagi huquqiy asoslari. 3.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining nazariy asoslarini o’rganish bilan bir qatorda ko’zga ko’rinarli amaliy ishlar ham olib borilmoqda. Davlatimizning ustuvor siyosati yosh avlodni aqlan teran, Jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk har tomonlama rivojlangan komil ipson qilib voyaga yetkazishdan iborat. Jamiyatimizning bir bo’lagi bulgan maxsus yordamga muhtoj bolalar va o’smirlarni ijtimoiy kullab-quvvatlash, ta’lim tarbiya berish, kasb-hunarga yo’llash, soglom bolalar qatori o’rin olib, o’z qobiliyati va imkoniyatlaridan foydalana oladigan inson qilib voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining bir bo’ligi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun Uzbekiston Respublikasining "Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tugrisida"gi Qonuni (1991 yil 18 noyabr), "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" (1997 yil), "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun (1997 yil), "Kelajak avlod salomatligi uchun" Davlat dasturlarida (2000 yil), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-2009 yillarga mo’ljallangan "Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" haqidagi Qarori, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 noyabrda qabul qilgan "O’zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitasiya qilish bo’yicha 1996-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi"da sog’lom avlod tarbiyasiga davlat ahamiyatiga ega bo’lgan vazifa sifatida qarash lozimligi ko’rsatilgan. "O’zbekiston Respublikasi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabr № 422-XII Qonuni"ning 2-moddasida "Nogironlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa Qonun hujjatlari bilan mustahkamlab, quyidagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy, hamda shaxsiy huquq va erkinliklarga egadirlar. Nogironlarni kamsitish ta’qiqlanadi va qonunga muvofiq jazolanadi" deb qat’iy belgilangan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 noyabrda qabul qilgan "O’zbekiston Respublikasi nogironlarni reabilitasiya qilish bo’yicha 1996-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat Dasturi"da eng avvalo, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy, ijtimoiy reabilitasiya qilish, ularning yashash muhitini yaxshilash va sog’lomlashtirish, erta tashxisni yo’lga qo’yish , ta’lim-tarbiya berish va korreksion pedagogik ish olib borish, kasb-hunarga yo’naltirish, nogironlar bilan korreksion-pedagogik davolovchi ishlar olib borish uchun uchun kadrlar tayyorlash masalalar yoritilgan. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni joriy qilish ishlari dastlab 1996 yilning noyabr oyida BMTning YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda "Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar" mavzusida Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda Respublika seminari o’tkazilishi bilan amalga oshirila boshladi. 1998 yilning oktyabr oyida yana xalqaro YuNESKO tashabbusi bilan Buxoro shahrida yirik Konferensiya o’tkazilganligi aniqlandi. Konferensiya alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llash, reabilitasiya qilish, ta’limga jalb qilish, moddiy, texnikaviy yordamlarni tashkil qilish va ularni to’laqonli jamiyatga moslashtirishga oid turli tashkiliy uslubiy ishlarni amalga oshirishda Markaziy Osiyoda ko’p tarmoqli aloqalar o’rnatish maq sadida tashkil etilgan. Ushbu halqaro konferensiyada O’zbekiston Republikasi XTV va uning tasarrufidagi turli ma’muriy tashkilot vakillari ham ishtirok etib, o’z tajribalari bilan fikr almashdilar va respublikada ushbu muammoni hal qilish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu bois O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarni to’laqonli maxsus ta’limga jalb qilish va integrasiya usulida ta’lim olish 2001-2002 yillarda birmuncha faollashgan. Bunga asos Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, YuNESKO, YuNISEF, "Opereyshen Mersi", "Mersi Projekt" nodavlat xalqaro tashkilotlar va O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi milliy tashkilotlari, jumladan ‘‘UMR", "Ziyo", "Imkon", "Hayot", "Umidvorlik", "Yorug’lik", "Muruvvat"(Samarqand), "Mezon", "Mehrigiyo", "ShANS", "Nihol", "Korreksion pedagogik Reabilitasiya markazi" kabilar bilan xdmkorliqdagi loyihalar bo’yicha amalga oshirib kelingan ishlar, chora - tadbirlardir. 2000 yilning 5-6 may kunlari "Ta’lim hamma uchun milliy xarakat dasturi"ni ishlab chiqish va bu haqida targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish maqsadida YuNESKOning O’zbekistondagi nakolatxonasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida "Ijtimoiy nochor bolalarga ko’mak berishning samarali usullari va shakllari" deb nom olgan Xalqaro Forum Konferensiyasi o’tkazildi. Mazkur forumda ko’rilgan asosiy masala "Ta’lim hamma uchun" milliy rejasini ishlab chikish va O’zbekistonda inklyuziv ta’lim resurs markazini tashkil etishdan iborat bo’ldi. Shundan so’ng Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti oilan hamkorlikda 2001 yilning iyun "Inklyuziv ta’lim" mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan Respublika Ga’lim Markazi Maxsus ta’lim bo’limi qoshida "Inklyuziv ta’lim resurs markazi" tashkil etildi. "Inklyuziv ta’lim resurs markazi"ning Nizomi asosida Resurs markaz quyidagi vazifalarni qal etishi belgilandi: -ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ga’limini tashkil etishga ko’maklashish; -inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash; -joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish; -imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash, maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil etish, maslahatlar berish; -imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-xunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integrasiya asosida olib borish kabilar. Respublikamizda inklyuziv ta’limni joriy qilish, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish ayniqsa 2001 yilga kelib jadal sur’atda amalga oshirila boshladi. 2001 yil 21-23 noyabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan "Aloxida yordamga muxtoj bolalarni ma’naviy va estetik tarbiyalash" mavzusidagi xalqaro konferensiyada turli xorijiy mamlakatlar, Qozog’iston, Rossiya, xorijiy davlatlarning ekepertlari qatnashib, o’z fikr -muloxazalari bilan o’rtoqlashadilar. Konferensiyada qatnashgan shaxar va viloyat xalq ta’limi boshqarma vakillari, "Aholini ijtimoiy muxofaza qilish va mehnat vazirligi", "Sog’liqni saqlash vazirligi" mutaxassislari, Oliy ta’lim professor o’qituvchilari, malaka oshirish institutlari xodimlari, nodavlat jamoat tashkilotlari, nogiron bolalari bo’lgan ota-onalar, matbuot va axborot vositalari xodimlari qatnashib inklyuziv ta’lim borasida hozirgi kunda vujudga kelayotgan muammolar ustida to’xtalib, bahs-munozara yuritdilar. Bu konferensiyada imkoniyati cheklangan bolalarning qobiliyatlari, mehnat natijalari, san’at, sportda erishgan yutuqlari va mahoratlari namoyish etildi. Uning tahlili shuni ko’rsatdiki aloxida yordamga muxtoj bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishi ularni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yana bir bor ekspertlar tomonidan qayd etildi"-deb yozadi R.Shomaxmudova. Bundan tashqari, R.Shomaxudovaning ma’lumotlari inklyuziv ta’lim konsepsiyasini Uzbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vositalari orqali targ’ibot-tashviqot ishlari bir muncha faollashdi. 2002 yil 18 fevralidan boshlab imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi muammolarini hal etish uchun Resurs markaz va ijtimoiy nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik majlislari boshlandi. Uning tarkibini: - Sog’liqni Saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish, Xatq Ta’limi vazirliklari vakillari; - xalqaro tashkilotlari YuNESKO, YuNISEF, "Mersi Projekt","Opereyshn Mersi", "Bolalarni qutqaring", Bolalar kulgusi shisillari; - NNO vakillari tashkil etdilar. Mazkur Kordinasion majlislar 2002 yilning 11 aprel, 27 may, 8 ioyabr kunlari, 2003 yilning 2 may, 5 oktyabr kunlari, 2004 yilning 11mart, 29 noyabr kunlari, 2005 yilning 16 fevral, 4 may, 12 dekabr kunlari, 2006 yilning 16 fevral kunlari bo’lib o’tdi. 2002 yilning mart oyida esa "Kaunterpart Konsosium" va iodavlat tashkilotlar ("SKIDIF", "UMR", "Kamolot Qonun" va Uyushmalar bilan birgaliqda "Ijtimoiy ehtiyojlarni baholash " mlvzusida Aylana stol majlisi bo’lib o’tdi. Ushbu majlisda ko’rilga (|’osh masalalardan biri maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim niimiga kiritish edi. (Resurs markaz hisoboti). 2002 yilning 7 may kuni esa xalqaro tashkilotlar (YuNESKO, YuNISEF, "Mersi Projekt", "Opereyshn Mersi", "Bolalarni qutqaring", "Bolalar kulgusi") davlat va nodavlat tashkilotlar shmtirokida inklyuziv ta’lim Konsepsiyasini joriy qilish masalalari xususida yana bir Aylana stol o’tkazildi. 8 noyabrida o’tkazilgan Aylana stoldan ko’zlangan maqsad esa inklyuziv ta’lim 1IChIMINI joriy qilishda ota-onalar va mahallalar ishtirokini faollashtirishdan iborat. 2002 yilning 11-14 noyabr kunlari davomida esa Toshkent va Xiva shaharlarida Respublika hamda hududiy seminarlar bo’lib o’tdi. «Inklyuziv ta’limni joriy etish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida-deb yozadi R.Shomaxmudova 2003 yilning noyabr oyida inklyuziv ta’lim bo’yicha o’tkazilgan Respublika sminarida xalqaro tashkilotlari vakillari, xorijiy davlatlar isspertlari, mutaxassislar, olimlar, Xalq ta’limi vazirligi, joylardigi viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlarining pglimga mas’ul vakillari, Tashxis markaz raxbarlari, umumiy va maxsus ta’lim pedagog raxbarlari, jamoat tashkilotlar iakillari va boshqalar ishtirok etdilar. Mazkur seminarda ijtimoyi tashkilotlar ("Shans", "Ziyo", "Falak Nuri" va boshqalar) yumonidan inklyuziv ta’lim tizimining Uzbekistonda joriy qilinishini namoyish etildi». Natijada 2003 yil 2 mart kuni "Ta’lim hamma uchun" dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. "Ta’lim hamma uchun"dasturining Milliy rejasi YuNESKOning maslahatlari va moddiy ko’magi bilan 2000 yilgi Dakar shartnomalariga mos bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. Mazkur rejada Uzbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi -"Ta’lim hamma uchun" Milliy Rejasining kondeptual o’zagi asosida isloh etish muammolari va istiqbollari tahlil qilingan. Shuningdek YuNESKOning "Ta’lim hamma uchun" loyihasida bayon etilgan mezonlarga muvofiq ta’lim sohasidagi muammolar Rejada alohidai yoritildi. 2005 yilga kelib inklyuziv ta’lim tizimiga bo’lgan davlat siyosatining e’tibori yanada kuchaydi. 2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvakqat Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, vazifalari belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi: ruhiy rivojlanishi sustlashgan; harakat muvozanati buzilgan; - o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va o’smirlar; - nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar; zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar; zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar; - ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar; kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar va o’smirlar. «Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari bayon etildi. Shuningdek, mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan xamkorligi, xalqaro hamkorliqda qatnashish chususiyatlari batafsil bayon etilgan. "Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqat Nizomi" asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi huquqiy-ijtimoiy asoslari yaratildi: - bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining moddasiga asosan barcha bolalar umumta’lim jarayonida kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi belgilangan; har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos ravishda bilim olishi huquqiga ega; ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish; har bir bola tengdonshar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi; bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolaning ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi; bolani muhtojligi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda sa’lim metodini, o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda baholash; inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda janligini aniqlaydi, bolaga qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi; bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korreksion-pedagogik va ijtimoiy yordamni tashkil qiladi va hokazo. Yuqorida keltirilgan inklyuziv ta’limnig hukuqiy asoslarga gayangan holda bu ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish maqsadida 2005 yilning 14-15 dekabr kunlari Toshkent shahrida "Ta’lim hamma uchun" Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari" mavzusida yirik xalqaro Konferensiya o’tkizildi. Ushbu konferensiyada xalqaro tashkilotlarning Uzbekistondagi vakolatxonalarining vakilliri ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. YuNISEF tashkiloti iakili Reza Xosseyn, YuNESKO tashkiloti vakili Barri Leyn, "Mersi Projekt", "Opereyshn Mersi", Kosta Rika davlatlari halqaro vakillari shular jumlasidandir. "Ta’lim hamma uchun" Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallarida Konferensiyaning vazifalari quyidagilardan iboratlish aniqlandi: - "Ta’lim hamma uchun" Umummilliy dasturining mohiyatini targ’ibot qilish; Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limini tashkil etish bo’yicha me’yoriy metodik hujjatlarni ishlab chiqish; imkoniyati cheklangan bolalarni erta tashxis qilishning zamonaviy uslublarni muhokama qilish; -psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya, Tashxis markazlari, psixologik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish; - Sog’liqni saqlash, Mehnat va ijtimoiy muxofaza vazarligitasarrufidagi tashkilotlarning imkoniyati cheklangan bolalarnianiqlash hisobga olish, davolash, ijtimoiy himoyalash borasidagi faoliyatini jonlantirish; - imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, ularniijtimoiy himoyalash borasidagi davlat va nodavlattashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish; - inklyuziv ta’lim jarayonida uchraydigan to’siqlarni bartarafetish yo’llari bilan tanishtirish . Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: - korreksion ta’lim tizimi va mazmunini sifat jixatdanyangilash; - Respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishinihisobga olgan holda bosqichma-bosqich to’liq integrasiyaga amalqilish; - davlat normativ hujjatlariga inklyuziv ta’limni joriyetish bo’yicha qo’shimchalar kiritish yoki tadbirlar ishlab chiqishva tasdiqlash; - ta’lim muassasalari binolarini ularga mos ravishdarekonstruksiya qilish; - umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojlibolalar uchun zaruriy moddiy texnik ba’zani yaratish; - inklyuziv ta’limni tashabbuskorlik, mehr-muruvvat tarzida tashkil etish; maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida o’zgarishlar kiritish; umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo’yicha qayta tayyorlash; barcha pedagogika oliygohlarida va o’rta maxsus o’quv yurtlarida korreksion pedagogik kurslarni kiritilishi; korreksion Davlat ta’lim talablari va dasturlarni imkoniyati cheklangan bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirishirilgan, ishlab chiqish; umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o’quv metodik va ilmiy ommabop, ixcham turdagi o’quv adabiyotlar ia individual dasturlar yaratish; nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam berish; imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va korreksion ta’lim olishini ilmiy asoslari, standart galablar, o’quv metodik majmualarni yaratish va ta’minlash; kasb-hunarga o’rgatish, reabilitasiya qilish va bu ishda oilani bevosita ishtirokini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng qamrovli bajarish uchun davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-pedagogik resurs markazi, boshqarma, ilmiy labaratoriyalar tashkil qilish kabi tashkiliy, ilmiy-uslubiy, amaliy ishlarni bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining nazariy asoslarini o’rganish bilan bir qatorda ko’zga ko’rinarli pmaliy ishlar ham olib borilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish Respublikamizning ayrim viloyatlarida, jumladan Fargona, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatida tajriba-sinov ishlari boshlangan bo’lib, bu ishlarni amalga oshirishda nodavlat jamoalar, xorijiy tashkilotlar tashabbus ko’rsatmoqsa. Halqaro YuNESKO tashkiloti va Xalq ta’lim Vazirligi bilan hamkorliqsa O’zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida inklyuziv-korreksion ta’limning tayanch punktlari tashkil etildi. Ular iloxida yordamga muxtoj bolalar ta’limi bilan shug’illanuvchi, "Inklyuziv ta’lim" dasturini amalga oshiruvchi yagona punktlar hisoblanadi. Farg’ona viloyati Qo’qon shahri maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash "Ziyo" markazi umumta’lim maktablariga imkoniyati cheklangan bolalarni jalb etish YuNESKO loyihasi asosida 2004 yil o’z faoliyatini boshladi. Sinov - tajriba maydonlari uchun Farg’ona viloyati Qo’qon va Marg’ilon shahridagi 4, 5-sonli aqli zaif bolalar, 9-sonli zaif ko’ruvchi bolalar maxsus maktab internatlarida, 64-sonli falaj bolalar bog’cha majmuasi, 39-sonli nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chasi, 1,9-sonli umumta’lim maktablari, Andijon viloyati 5, 31 - sonli umumta’lim maktablari tanlandi. Tanlangan umumta’lim muassasalariga 10 dan ortiq maxsus ehtiyojli bolalar jalb etildi. Bundan tashqari xalqaro YuNISEF tashkilotiyaing "Inklyuziv ta’lim orqali bolaga do’stona munosabat o’rnatish" loyihasi asosida A.Avloniy nomidagi XTHMOKTMI maxsus ta’lim kafedrasi mudiri U.Fayziyeva boshchiligida RTM maxsus ta’limi bo’limi mutaxssislari bilan hamkorlikda Farg’ona, Xorazm, Andijon viloyatlarida va Qorqarpog’iton Respublikasida bo’lib, imkoniyati cheklangan ta’limdan chetda qolgan nogiron bolalarni aniqlash va ularni ta’limga jalb qilish maqsadida oilalarga, tashxis markazlariga, XTBlarda bo’lib, bolalarni ta’lim tizimiga kiritish | masalalari va ular uchun shart-sharoitlar yaratishga oid muammolar | ustida to’xtalib o’tib, umumta’lim pedagoglari va ota onalar uchun trenig-seminarlar o’tkazdilar. (2005-2006 yillar) "Inklyuziv ta’lim orqali bolaga do’stona munosabat o’rnatish" loyihasi asosida quyidagi natijalarga erishildi: 300 dan ortiq umumta’lim maktablari o’qituvchilari inklyuziv ta’lim borasida o’qitildi; 80 dan ortiq ota-onalar inklyuziv ta’limning asoslari va nogironlik sabablari xususida ma’lumot va bilimga ega bo’ldilar; 3 ta metodik tavsiya ishlab chiqilib, ulardan biri "Inklyuziv ta’lim asosida bolaga do’stona munosabatni; shakllantirish" masalalari xususida; Seminarda ishtirok etgan 330ta o’qituvchi va joylardagi "Tashxis" markazlari rahbarlari yordami bilan 558 ta ta’limdan chetda qolgan ya’ni uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tizimiga kiritildi. Loyiha asosida yuqoridagilardan tashqari quyidagi chora-tadbirlar ham ko’rildi: -711 nafar maxsus ehtiyojli bolaning oilasi, uy sharoiti, nuqsonining kelib chiqish sababalri bevosita oila sharoitida o’rganildi. Ota-onalarga nogiron farzanlariga uy sharoitida maktabga tayyorlash, ta’lim muassasalariga joylashtirish bo’yicha maslahatlar berilidi; -200 nafar bolaga umumta’lim maktablarida; -58 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalariga inklyuziv ta’lim sharoitida o’qish tavsiya qilindi; -90 nafar bolaga qisman integrasiya tavsiya qilindi; -100 dan ortiq bolalar maktab uzoqdaligi sababli uyda yakka tartibdagi ta’limda qoldirildi. Segregasion-yogshq tarzida o’qitilgan maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy hayotga moslashishlarida juda ko’plab qiyinchiliklarga duch ksladilar. Shuning uchun ham jahon miqiyosida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalarida o’qitish asosida tenghuquqlilikni ta’minlash, ijtimoiy hayotga erta va to’laqonli mslashtirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirila boshladi. Natijada ko’plab davlatlarda "Ta’lim hamma uchun" milliy Dastur Rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilina boshladi. Italiya, Norvegiya, Shvesiya kabi mamlakatlarda alohida ehtiyojli bolalar umumta’lim muassasalariga to’liq integrasiyalanib, maxsus-korreksion maktablarning yopilishiga erishdilar. Bundan tashqari jahon miqiyosida maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limi 51 ta davlatda to’liq ta’minlanganligi aniqlanib, 42 ta davlatning esa Ta’lim vazirligi rejasiga qo’yilgaligi va eksperimental ish olib borilayotganligi ma’lum bo’ldi. Download 238 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling