Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal


Download 234.5 Kb.
bet16/30
Sana02.05.2023
Hajmi234.5 Kb.
#1421291
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
инклюзив таълим1

«KUNGABOQAR»o’yini
O’yinning maqsadi: bolalar o’rtasida do’stona munosabat
muhitini shakllantirish
O’yin jixozlari: Gul bargi shaklida qirqilgan rangli qog’ozlar. Bolalarning har biri uchun o’z tamg’asifat rangli qog’ozdan yasalgan shakllar yoki nakleykalar. Xar bir bolaning foto surati. Yelim.
O’yinnig borishi
1).Bolalarga bugun yangi o’yin o’ynalishini ma’lum qilish. 2). Hamma bolalar uchun o’z shaklini rangli qog’ozdan qirqib olishiga yordam berish.3). Har bir bolaning fotusuratini bosh qismini dumaloq qilib kirqib olib, alohida A4 format qog’ozning o’rtasiga yopishtirish.
4). Har bola rasmining atrofiga oldindan tayyorlab qirqib chiqilgan gul barglarini xuddi kungaboqar guli kabi aylana qilib solishtirib chiqish (bunda bollar faol ishtirok etadilar);
5). -Bolalar qarang har biringizning rasmingizni gul ichiga joylashtirdik. Endi har kuni har biringizni mana shu rasmingizni doskaga osib qo’yaman. Qolgan bolalar esa bu rasm atrofidagi baglariga agarda rasmi ilingan bola unga biror bir yordam bersa yoki biror bir yaxshilik qilgan bo’lsa o’z tamg’asini uning kungaboqar guli barglariga yepishtirib qo’yib, rahmat aytadi. Biz kun yakunida har bir boladan bu tamg’ani nima uchun, qanday yordam berganligi uchun yopishtirganligini so’raymiz. O’yinimiz yakunlanganda har bir bolaning kungaboqarida shishtirilshan tamg’alarni sanaymiz. Qani kimning kungaboqar guli barglarida tamg’alar ko’p bo’larkin.
Mazkur o’yinlardan dars jarayonida, jismoniy daqiqalarda va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin.
Aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar inklyuziv ta’limi uchun taxminiy dars ishlanmasi
Dars turi: Yangi mavzuni bayon qilish. • Mavzu: Bosh bo’laklar.(Aqliy rivojlanishi orqada qolgan bola uchun - narsa-buyum nomini bildirgan so’zlar.)
Maqsad: Ta’limiy: Gapning bosh bo’laklari-ega va kesim haqida ma’lumot berish; aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolaga narsa-buyumlarning nomini bildirgan so’zlar, kishilarga kim? boshqa narsalar va hayvonlarga nima? deb so’roq berish lozimligini o’rgatish
Korreksion massad aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolaning nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, tafakkurini va idrokini rivojlantirish.

Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling