8
darajaga yetadi, 4-darsda charchashning birinchi alomatlari paydo bo‘ladi. 5-6
soatlarda esa o‘quvchining ish qobiliyati keskin kamaya boshlaydi. Shuning uchun
kuchli asab faoliyatini talab qiladigan matematika, fizika,
ona tili, xorijiy tillar,
kimyo kabi fanlarni imkoniyat darajasida 1-3 soatlarga qo‘yish lozim.
8. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini
hamda fanlardagi mavzular
integratsiyasini hisobga olgan holda, ayrim fanlarni
yoki turdosh fanlarni ketma-
ket 2 soatga qo‘yish mumkin. 5-9-sinf o‘quvchilari uchun ikkita darsni ketma-ket
o‘tkazish quyidagilar uchun ruxsat beriladi: laboratoriya darslari, nazorat ishlarini
o‘tkazish, mehnat darslari va jismoniy tarbiya darslari.
9. 5-9-sinf o‘quvchilari uchun ikkita asosiy va maxsus fan darslarini ketma-
ket o‘tkazishga, agar ular jismoniy tarbiya darslaridan keyin yoki 30 daqiqalik
dinamik tanaffusdan so‘ng o‘tkazilsa , ruxsat beriladi. 10-11-sinf o‘quvchilari
uchun ikkita darsni ketma-ket o‘tkazish asosiy va maxsus fanlar bo‘yicha
ruxsat
beriladi.
10.
Fanlar
chuqurlashtirilib
o‘qitiladigan maktab (sinf)larda va
ixtisoslashgan maktablarda maxsus fanlarning xususiyati va o‘quvchilarning
imkoniyatlarini hisobga olgan holda ketma-ket 2 soat qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: