Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 2-Mavzu: Inklyuziv ta’limda shaxsiy ta’lim rejasining o‘rni va ularni tuzish tartibi Reja


Download 227.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi227.8 Kb.
#1431804
  1   2   3   4   5
Bog'liq
65a3rHTcBzHNdwYP4oAmpfBW1LN8tmZN4MDCGtKq



INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI 
 
2-Mavzu: Inklyuziv ta’limda shaxsiy ta’lim rejasining o‘rni va ularni 
tuzish tartibi 
Reja: 
1. Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv 
rejalarining tahlili 
2. Moslashuvchan dars jadvallarini tuzish 
3. Dars jadvallarini tuzishga qo‘yiluvchi talablar 
Har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-
internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o‘quv ishlari bo‘yicha 
direktor o‘rinbosarlari nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch 
o‘quv rejalarining tahlilini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi 273-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari 
bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va 
maktab-internatlar) hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka 
tartibda ta’lim olishi uchun 2021-2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv 
rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘ini o‘rganib chiqishi talab etiladi. 
Mazkur buyruqda soatlar taqsimoti har xil ekanligini ko‘rish mumkin. 
Barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan bolalar bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch 
o‘quv rejalarida korreksion mashg‘ulotlar va ba’zi fan yo‘nalishlari farqlanadi.
Birinchi o‘rinda, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 
tayanch o‘quv rejalarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘r bolalar uchun mo‘ljallangan 
tayanch o‘quv rejalarida Amaliy fanlardagi soatlar farq qiladi. Amaliy fanlar 
tarkibiga kiruvchi fanlar: Musiqa madaniyati, “Tiflografika” (Tasviriy san’at va 
chizmachilik), Texnologiya, Jismoniy tarbiya. Bu fanlarning soatlaridagi farqlarni 
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish jarayonida 
albatta inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Keyingi farqlar korreksion 
mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Logopediya mashg‘ulotlari, 



predmet tasavvurini shakllantirish va ko‘ruv idrokini rivojlantirish, Ijtimoiy 
maishiy hayotga yo‘naltirish, Mo‘ljal olish va harakatlanish, Teri tuyishni va 
mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, Davolash gimnastikasi, Ritmika. Demak, 
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish jarayonida bu 
fanlarni ham inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak.
Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini ko‘rib 
chiqamiz. Zaif ko‘ruvchi bolalar va ko‘zi ojiz bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch 
o‘quv rejalaridagi farqlar unchalik ko‘p farqlarga ega emas. Ulardagi asosiy farqlar 
korreksion mashg‘ulotlarda ko‘zga tashlanadi. Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun 
mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalaridagi korreksion mashg‘ulotlari va ularning 
tarkibiga kiruvchi fanlar: Logopediya mashg‘ulotlari, predmet tasavvurini 
shakllantirish va ko‘ruv idrokini rivojlantirish, Ijtimoiy maishiy hayotga 
yo‘naltirish, Teri tuyishni va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, Davolash 
gimnastikasi, Ritmika. 
Aynan shu farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari inobatga 
olishlari kerak bo‘ladi. 
Ikkinchi o‘rinda, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 
tayanch o‘quv rejalarini ko‘rib chiqamiz. 
Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida 
Filologiya fanlaridagi soatlar farq qiladi. Filologiya fanlari tarkibiga kiruvchi 
fanlar: Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili/ rus tili. Bu fanlarning soatlaridagi 
farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish 
jarayonida albatta inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Keyingi farqlar 
korreksion mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Eshitish idrokini 
rivojlantirish va talaffuzni rivojlantirish, Musiqa va ritmika, Nutqiy muloqot. 
Demak, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish 
jarayonida bu fanlarni ham inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Aynan 
shu farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari dars jadvallarini 
tuzishda inobatga olishlari kerak bo‘ladi. 



Uchinchi o‘rinda, tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 
mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida faqatgina korreksion mashg‘ulotlari farq 
qiladi. Korreksion mashg‘ulotlarga faqat logopedik mashg‘ulotlari kiradi.
To‘rtinchi o‘rinda, nutqida nuqsonlari bo‘lgan bolala uchun mo‘ljallangan 
tayanch o‘quv rejalarida ham faqatgina korreksion mashg‘ulotlari farqlanadi. 
Korreksion mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Logopedik 
mashg‘ulotlar va Ritmika. 
Bundan tashqari, Respublika Tashxis markazi tomonidan 2021-yilning 
yanvar oyida inklyuziv ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalarga erishimli 
ta’limni tashkil etish maqsadida moslashtirilgan 52 dastur ishlab chiqilgan va 
albatta, moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvallarini tuzishda moslashtirilgan 
dasturlarni ham tahlilini o‘tkazish kerak.
Yuqorida berilgan fanlarning soatlaridagi farqlarni DTS asosidagi farqlarga 
solishtirib, undagi farqlarni tahlil qilib bo‘lgach o‘quv ishlari bo‘yicha direktor 
o‘rinbosarlari moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvallarini tuzishga ham kirishsa 
bo‘ladi.
Moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvallari bu – bir sinfda bolalarga 
moslashtirilgan holda ularga mos dasturlar asosida dars jadvallari. Bu kabi dars 
jadvallarida alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga alohida moslashuvchan dasturlar 
taqdim etiladi yoki ularga mos dastur asosida ish olib boriladi. Shu bilan birga, bir 
sinfda turli toifadagi bolalar ta’lim olganliklari uchun turli dasturlar asosida ta’lim 
oladilar va dasturlarga muvofiq dars jadvallari tuziladi. Sinfda nechta dastur 
yuritilsa shuncha dars jadvallari yuritilishi maqsadga muqofiqdir.
Moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvalini tuzishda o‘quv ishlari bo‘yicha 
direktor o‘rinbosarlari quyidagi ketma-ketlikka amal qilishlari kerak bo‘ladi: 
• Umumta’lim maktablari o‘quv rejalarining tahlili; 
• Moslashtirilgan dasturlarning tahlili; 
• Ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejalarining tahlili; 
• Barcha o‘quv soatlarining o‘zaro farqlari o‘rtasidagi tahlillar. 



O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining ishi birinchi muddatda 
qiyindek tuyuladi, ammo shablon yaratish asosida keyinchalik bu jarayonni 
tizimga solish mumkin. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari dars jadvallarini tuzishga 
qo‘yiluvchi talablarni ham mukammal ravishda bilishlari kerak.
Dars jadvali-o‘quv muassasi faoliyatidagi asosiy rasmiy hujjatdir. Ilmiy, 
metodik pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tuzilgan dars jadvali ta’lim 
muassasi faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. 
Dars jadvalini tuzishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini va ish 
qobiliyatining yuqori yoki past bo‘lgan soatlari, fanlarning murakkablik darajasi, 
o‘qituvchining dars yuklamasini hisobga olish kerak. 
Dars jadvalini tuzishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: 
1. Kichik maktab davrida (1-4-sinf o‘quvchilari) 6-7 yoshdan 10-11 
yoshgacha bola birinchi marotaba maktabga boradi, yangi sharoitga moslashadi. 
Bu davrda bolaning jismoniy o‘sishi bilinarsiz kechadi, lekin uning boshqa 
ko‘rsatkichlari yaqqol o‘zgaradi, ya’ni organizm a’zolari va tizimlari faoliyatining 
mukammallashuvi kuzatiladi. Mazkur davr bolalik va o‘smirlik davri orasidagi 
ko‘prik hisoblanadi. O‘rta maktab 5-9-sinf o‘quvchilari (11-12 yoshdan 14-15 
yoshgacha) davri shiddatli o‘sish va rivojlanish davri bo‘lib, jinsiy rivojlanishning 
boshlang‘ich va cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi. O‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham 
harakat-tayanch va markaziy asab tizimlarining mukammallashuvi davom etadi. 
Katta maktab (10-11-sinf o‘quvchilari, 15 yoshdan 18 yoshgacha) davrida bolalar 
nafaqat jismoniy, balki aqliy, ma’naviy va ijtimoiy jihatlardan ham rivojlanadi. 
2. Olimlarning ilmiy tekshiruvlari natijasida, maktab yoshidagi bolalar aqliy 
qobiliyatining bioritmologik optimumi 10-12-soatlar orasidagi intervalga to‘g‘ri 
kelishi aniqlangan. Bu soatlarda o‘quvchi berilgan materialni organizmning 
psixofiziologik imkoniyatlarini eng minimal darajada sarf qilib, maksimal darajada 
o‘zlashtirishi mumkin. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarning dars jadvalida 
asosiy fanlar 2-3-soatlarga o‘rta va yuqori sinflarda esa 2,3,4-soatlarga qo‘yilishi 



kerak. Ish qobiliyati oshishining ikkinchi cho‘qqisi soat 16-18larga to‘g‘ri keladi, 
ana shu vaqtda uy vazifasini bajarishga kirishish tavsiya etiladi. 
3. O‘quvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘quv haftasining turli kunlarida 
turlicha bo‘ladi. Haftaning o‘rtasida u yuqori darajada bo‘ladi, haftaning boshida 
(dushanba) va haftaning oxirida (juma) pasayib ketadi. 
Shuning uchun o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan fanlarning o‘quv yuklamasini 
hafta javomida shunday taqsimlash kerakki, uning eng katta hajmi seshanba va 
(yoki) chorshanba kunlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Chunki o‘quvchilar yangi 
materialni o‘zlashtirishining eng yuqori chegarasi haftaning o‘rtasidagi kunlarda 
samarali bo‘lishi psixolog olimlar tomonidan aniqlanib tavsiya etilgan. 
4. Nazorat ishlarini ham iloji boricha shu kunlarda o‘tkazish yaxshi samara 
beradi. Bu kunlarda dars jadvaliga murakkab fanlar yoki o‘rta og‘irlikdagi fanlar 
haftaning boshqa kunlaridagiga qaraganda ko‘proq hajmda kiritilishi lozim. 
Chorshanba kuni esa darslar birmuncha yengillashtirilsa, maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
5. Birinchi sinf o‘quvchilariga adaptatsiya jarayonini yengillashtirish uchun 
“bosqichli” o‘quv mashg‘ulotlari tartibli qo‘llanilishi kerak va bunda o‘quv 
yuklamasi asta-sekinlik bilan orttirib borilishi lozim. Sentyabr oyida 35 daqiqadan 
davom etadigan 3 ta dars, ikkinchi chorakda 35 daqiqadan davom etadigan 4 ta 
dars qo‘yilishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda asosiy fanlar bo‘yicha o‘tiladigan 
darslarda o‘quv ishlarining zichligi 80 %dan oshmasligi kerak. 
6. Maktablarda darslar soat 800 dan erta boshlanmasligi lozim. Jadvaldan 
tashqari darslarni o‘tkazish ta’qiqlanadi. Chuqurlashtirilgan dastur asosida 
o‘qitiladigan o‘quv muassasalarida o‘qish faqat bir navbat (smena) da tashkil 
qilinishi kerak. 

Download 227.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling