Inklyuziv ta'limning zamonaviy tendensiyalari


INKLYUZIV TA'LIM -IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABLARDA SOG‘LOM TENGDOSHLARI BILAN BIRGA TA'LIM OLISHI


Download 2.89 Mb.
bet2/6
Sana12.11.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1768479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TAQDIMOT Inklyuziv talim (1)

INKLYUZIV TA'LIM -IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABLARDA SOG‘LOM TENGDOSHLARI BILAN BIRGA TA'LIM OLISHI  

МAQSAD VA VAZIFALARI: O‘quvchilarning ta'limdagi tenglik huquqini kafolatlash


Ushbu ta'limning maqsadi va vazifalari:
ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixologo-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
o‘quvchilarning ta'limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish kabilardir.Bola bu qanday imkoniyatga ega bo‘lishidan qat'iy nazar har doim kattalar yordamiga muhtoj farzanddir. Uni alohidalash yoki alohida nom bilan “anamal bolalar”, ((ko‘r bolalar), (kar bolalar) va xakozo tushunchalar bilan ajratib ko‘rsatish insonparvarlik nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu tushunchalar imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning huquqlarini kamsitish bilan bir qatorda ota-onalarga ham salbiy ta'sir etadi.Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajada bajara oladilar.Shuning uchun ham tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo‘lish tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir.
INKLYUZIV TA'LIM ISHTIROKCHILARI
OILA
MAHALLA
MAKTAB JAMOASI
SINFDOSHLAR
XALQ TA’LIMI TIZIMI
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMI

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling