Inkor ma'noli inglizcha affikslar tahlili Affiksatsiya usuli
-lan. Ot, sifat va ikki sonidan yasaydi: ovqatlan, jonlan, sergaklan, shodlan, ikkilan. -lash
Download 220 Kb.
|
Inkor ma\'noli inglizcha affikslar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozitsiya usuli
-lan. Ot, sifat va ikki sonidan yasaydi: ovqatlan, jonlan, sergaklan, shodlan, ikkilan.
-lash. ot, sifat va bir sonidan: gaplash, birlash, qiyinlash, do‘stlash. -t\-it. Sifatdan kamsonli fe’l yasaydi: to‘lat, berkit. Shuningdek, fe’l yasovchi - qir undov so‘zlardan: hayqir, - sa,- ka ba’zi otlardan: suvsa, iska fe’l yasaydi. Biroq fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan fe’ldan fe’l yasalmaydi. Kompozitsiya usuli. Qo‘shma fe’llar komponentlarining qaysi turkumga oidligiga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) ot + fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llar; 2) fe’l + fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llar. Birinchi tipdagi fe’llarning asosiy qismlaridan biri sifatida qilmoq, aylamoq, etmoq, bo‘lmoq so‘zlari ishtirok etadi: bayon qilmoq, kashf etmoq, kasal bo‘lmoq kabilar. Ular ko‘pincha fe’l yasovchi affikslar bilan yasalgan fe’llarga ma’nodosh bo‘ladi: kasal bo‘lmoq-kasallanmoq, hozir bo‘lmoq-hozirlanmoq kabi.1 Fe’l bo‘lmagan so‘zning qilmoq, erimoq, aylamoq, bo‘lmoq fellaridan biri bilan birikishidan hamma vaqt ham qo‘shma fe’llar hosil bo‘lavermaydi. Masalan, o‘qituvchi edi, o‘qituvchi bo‘ldi shaklidagi birikuv tarkibidagi fe’llar ot kesimga qo‘shiladigan bog‘lamalardir. O‘zbek tilida ikki fe’lning birikuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llar uncha ko‘p emas. Masalan, olib kelmoq, sotib olmoq, terib bormoq kabi qo‘shma fe’llar shular jumlasidandir. Bu qo‘shma fe’llarni ko‘rib qolmoq, o‘qib chiqmoq,ishlay boshlamoq singari ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan ko‘makchi fe’lli birikmalardan farqlash lozim. Affiksatsiya usuli. Bu usulga ko‘ra, ot, sifat, son, olmosh va fe’lning sifatdosh, harakat nomi shakllariga maxsus ravish yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan ravishlar yasaladi. Ravishlar, asosan, quyidagi yasovchi qo‘shimchalar vositasida yasaladi: -cha: ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ravishlardan ravish yasaydi: inglizcha, vaqtincha, yaxshilikcha, yangicha, sencha, shuncha, istagan-cha, yugurgancha, hozircha, butunicha, ko‘pincha, keyincha. Ravish yasovchi -cha affiksi to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘zak-negizga qo‘shilib kela olganidek, ba’zi so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchilardan keyin qo‘shilishi ham mumkin: ista+gan+cha, butun+i+cha, o‘z+i+cha, biz+ ning+cha. -larcha affiksi yordamida yasalgan ravishlar ma’no tomonidan –cha affiksi bilan yasalgan ravishlardan deyarli farq qilmaydi. Biroq –larcha asosan, ot va sifatlardan ravish yasaydi: o‘rtoqlarcha, bolalarcha, vaxshiylarcha, aybdorlarcha, yovuzlarcha. Bu affiks sifatga qo‘shilgan-da belgi bildiruvchi so‘z otga xos ma’noga ega bo‘ladi: telbalarcha, mardlarcha. -chasiga, ma’no jihatdan –cha, -larcha affikslariga nisbatan harakat belgisining to‘liq o‘xshashligini bildiradi va ot hamda ba’zi sifatlardan ravish yasaydi: dehqonchasiga, qishloqchasiga, samarqandchasiga, ochiqchasiga, mardchasiga. -iga\-siga: ot, sifat, olmosh, ravish va ravishdoshlardan ravish yasaydi: qatorasiga, uzunasiga, tikkasiga, ko‘tarasiga, ko‘ndalangiga, shunaqasiga. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling