Inkor ma'noli inglizcha affikslar tahlili Affiksatsiya usuli


Download 220 Kb.
bet4/26
Sana21.06.2023
Hajmi220 Kb.
#1642208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Inkor ma\'noli inglizcha affikslar tahlili

Semantik usul. Boshqa turkumga mansub so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari ham uchraydi. Sifatga ko‘chish, ya’ni adyektivatsiya hodisasi quyidagi so‘zlar asosida sodir bo‘ladi: a) otning sifatga ko‘chishi orqali: tilla bola, asal qiz, oltin davr, kumush qish; b) fe’lning sifatdosh shakllarining sifatga ko‘chishi orqali: kelishgan yigit, turar joy, oqar suv, kelasi yil, o‘tgan zamon; g) ravishning sifatga ko‘chishi orqali: o‘zbekcha kitob, oqilona maslahat, tez odam. Bundan tashqari so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari juft va takror qo‘llanishi asosida ham yuz beradi: oldi-qochdi gap, tolim-tolim yoki tol-tol soch, yo‘l-yo‘l ko‘ylak. Fe’llar, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.
1-§. Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan fe’l bo‘lmagan so‘zlarga maxsus yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib fe’llar yasaladi. Fe’l yasovchi affikslar cheklangan bo‘lishiga qaramay, ular vositasida yasalgan fe’llar anchagina miqdorni tashkil etadi: -la. Bu affiks quyidagi so‘zlardan fe’l yasaydi:1) otdan: qatiqla, gulla, metrla; 2) sifatdan: oqla, yaxshila, tozala;3) olmoshlardan: senla, sizla; 4) ravishdan: tezla, sekinla; 5) taqlid so‘zdan: taqqilla, gursilla; 6) undovlardan: ohla, dodla.
- a. Ot, sifat va taqlid so‘zlardan: sana, osha, ata (ot+a), yasha (yosh+a), qiyna, shildira, yaltira. -y\-ay. Ot, sifat va ravishdan: kuchay, qoray, toray, sarg‘ay, pasay, susay, ko‘pay, ozay.
-r\-ar. Faqat sifatlardan fe’l yasaydi: qizar, oqar, ko‘kar, eskir.
-ik\- iq. Ba’zi ot, sifat, son, ravish va undov so‘zlardangina fe’l yasaydi: yo‘liq, zo‘riq, birik, hayiq.
-ir\-ur. Ot va undov so‘zlardan: gapir, tupur.
-sira. Ot va olmoshlardan yasaydi: suvsira, qonsira, sensira, sizsira.
-i. Ot va sifatdan fe’llar yasaydi: changi,boyi, tinchi.
- illa. Taqlid so‘zlardan: taqilla, shig‘illa, miltilla.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling