Inkor ma'noli inglizcha affikslar tahlili Affiksatsiya usuli


Download 220 Kb.
bet7/26
Sana21.06.2023
Hajmi220 Kb.
#1642208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Inkor ma\'noli inglizcha affikslar tahlili

Semantik usul. Tilimizda ba’zi turkumiga mansub so‘zlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda yoki hech qanday vositasiz ravishga ko‘chishi mumkin. Xususan, kelishik affikslari vositasida quyidagi turkumga mansub so‘zlar ravishga ko‘chadi: 1) otlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: oraga, orada, oradan, tubdan, tongdan, tongda, orqadan, orqaga, chetdan, chetga, chetda; 2) sifatlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: uzoqqa, uzoqdan, uzoqda, yaqinda, yaqindan, yaqinga,chindan, pastdan, quyiga, quyida, yolg‘ondan; 3) ko‘rsatish olmoshlari o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda ravishga ko‘chadi: unda- bunda, o‘shanda, shundan, bundan; 4) bo‘lishsiz shaklidagi schifatdoshlar chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan holda: shoshmasdan, indamas-dan, charchamasdan, yiqilmasdan; 5) bir soni jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: birdan, birga, birda. Bundan tashqarierta, indin, kecha, burun kabi otlar; yaqqol, tugal, bafurja, uzluksiz, to‘xtovsiz kabi sifatlarosha, o‘ta, qo‘sha, qayta kabi ravishdoshlar; shartta, tappa, chippa kabi taqlid so‘zlar hech qanday vositasiz tug‘ridan-to‘g‘ri ravishga ko‘chib yangi ma’noga ega bo‘ladi.
Morfologiya- yunoncha «shakl», «so‘z» va «ta’limot» degan ma’noni anglatuvchi termin bo‘lib, u grammatikaning (grammatika- yunoncha «yozuv san’ti» demakdir) muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Morfologiya so‘z turkumlari, ularning grammatik ma’no-lari, kategoriyalari hamda so‘z shakllari tizimsi haqidagi ta’limotdir. Demak, morfologiyada so‘z grammatik birlik sifatida o‘rganiladi. Tildagi har qanday grammatik birlik esa grammatik ma’no va shakl kasb etadi. So‘zning grammatik ma’nosi. Ma’lumki, so‘z lug‘aviy ma’nodan tashqari grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatib, uning ma’lum bir grammatik shaklga egaligini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no deyiladi. Masalan, qalam, suv, tosh, uy so‘zlarining har biri uchun taalluqli bo‘lgan lug‘aviy ma’nodan tashqari, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no, ya’ni ularning ot turkumiga mansubligi, narsalik tushunchasi, bosh kelishik va birlik shakldaligi kabilar mazkur so‘zlarning grammatik ma’nosini tashkil qiladi. Demak, so‘zning lug‘aviy ma’nosi xususiy (ya’ni har bir so‘zning o‘zigagina xos bo‘lgan ma’no), grammatik ma’nosi esa umumiydir. So‘zning grammatik shakli. So‘zning nutq jarayonida muayyan grammatik ma’no ifodalovchi tarkibi uning grammatik shaklini tashkil etadi. Masalan, gullar so‘zida undan anglashilgan lug‘aviy ma’nodan tashqari mazkur narsaning ko‘pligi ham anglashiladi. Ko‘plik ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shiluvchi grammatik ma’no bo‘lib, bu ma’no –lar shakl yasovchi affiksi orqali ifodalangan. So‘zning grammatik shakli nol ko‘rsatkichli va birdan ortiq shakl yasovchi affikslar ishtirokida ifodalanishi mumkin. Masalan: talaba so‘zi birlik, bosh kelishik shaklida; talabalarimizning so‘zi esa ko‘plik, 1-shaxs egalik va qaratqich kelishigi shakillaridadir. O‘zbek tilida otning bosh kelishik va birlik shakli (kitob), fe’lning bo‘lishli shakli (o‘qi) hamda uchinchi shaxs, o‘tgan zamonning –di affiksi orqali tuslanuvchi shakli (bordi), ba’zan buyruq-istak maylining ikkinchi shaxsi (tur, o‘tir) nol ko‘rsatkichli shakldir.3
So‘z shakli bevosita grammatik ma’no ifodalovchi shakl yasovchi vositalar bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur vositalarning ishtirokiga ko‘ra so‘zning grammatik shakllarini yuzaga keltiruvchi quyidagi usullar farqlanadi: 1) sintetik usul maxsus grammatik shakl hosil qiluvchiaffikslar vositasida yuzaga keluvchi so‘z shakllarini o‘zida umumlashtiradi. O‘zbek tilida sintetik usul orqali o‘zak yoki negiz+nol \ o‘zak yoki negiz + sintaktik shakl yasovchi\ o‘zak yoki negiz + lug‘aviy shakl yasovchi\ o‘zak yoki negiz + lug‘aviy shakl yasovchi+ sintaktik shakl yasovchi kabi sodda va murakkab qoliplar asosida so‘z shakllari hosil qilinadi. Masalan: kitob+0, o‘qi+0, ishla+di+k, bog‘bon+lar+dan, o‘qi+yap+man, uy+cha, katta+roq, tez+gina. So‘z shakli hosil qilishda ishtirok etuvchi asos (o‘zak) qo‘shma, juft so‘z bo‘lishi mumkin: O‘zbekiston Vazirlar Mahkama+si+ga, Kattaqo‘rg‘on+dan, ota-ona+lar+dan ; 2) analitik usul mustaqil va yordamchi so‘zlarni o‘zaro biriktirish, juftlash, takrorlash orqali bir xil grammatik ma’no hosil qiluvchi so‘z shakllarini o‘zida umumlashtiradi. Bunda yordamchi so‘z birikadigan mustaqil so‘zning o‘zi ham biror grammatik shaklga ega bo‘ladi va ular birgalikda yaxlit bir so‘z shaklini hosil qiladi: do‘st+im uchun, uka+m bilan, yoz+ib ko‘r, bil+ib ol, ayt+a boshla, gapir+a ket, o‘q+ib tashla. Shuningdek, ota-ona, eson-omon kabi juft so‘zlar, ombor-ombor, yura-yura kabi takroriy so‘zlar ham umumlashtirish, ko‘plik, takror kabi yaxlit grammatik ma’noga egaligi bilan ularning har biri alohida so‘z shaklini tashkil etadi. So‘zning grammatik shakliga xos bu kabi qismlar birligidan uning morfologik tarkibi vujudga keladi. Masalan, yuqorida keltirilgan ishladik so‘zining morfologik tarkibi asos+ zamon shakli yasovchi affiks +tuslovchi affikslardan iborat: ishla+di+k. So‘zning morfologik tarkini shakllantirishda asos bo‘luvchi qism tub asosli yoki yasama asosli(negiz) bo‘lishi mumkin: bog‘+lar+dan - tub asoslibog‘bon+lar+dan-yasama asosli.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling