Innovatsion faoliyatda intellektual mulk


Download 35.14 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi35.14 Kb.
#218659
  1   2
Bog'liq
INNOVATSIOn faoliyatda intellektual mulk


INNOVATSION FAOLIYATDA INTELLEKTUAL MULK

MUNDARIJA

KIRISH

REJA


1-Bob Innovatsion faoliyat va uning nazariy asoslari.

1.1 Innovatsion faoliyat haqida umumiy tushuncha .

1.2 ‘’Innovatsion faoliyat ‘’va ‘’innovatsion marketing’’tushunchalari korxona faoliyatida.

2-Bob Intellektual mulk

2.1 Intellektual mulk tushunchasi va obyektlari

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi iqtisodiyotda intelektual mahsulot axborot va ilmiy-texnik , innovatsion faoliyat ulushining o‟sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi.

Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‟lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatimizda ko‟p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik

asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo‟q. Bozor islohotlarining amalga oshirilishi mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga a‟zo bo‟lishi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va rolining o‟sishi tomon o‟zgarishi , yangi texnologiyalar va capital bozori o‟rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo‟liga o‟tishi dolzarb ahamyat kasb etmoqda. Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat ilmiy asosda amalga oshirilishi mumkin, shu sababli faol harakat qilayotgan har bir shaxs , u qaysi faoliyat sohasida band bo‟lmasin fan va texnikaning rivojlanish va umumiy qonuniyatlari yangiliklarni sarali qo‟llash usullari haqida tasavvurga eg bo‟lishi , yangiliklar kiritish nazariyasi innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini ya‟ni innovatsion strategiyaning asosiy qoidalarini , shuningdek , mos keluvchi darajada innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur.

Milliy va xalqaro tajribadan ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko„p jihatdan innovatsion faoliyatga bog„liq. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Shu bois bugungi kunda innovatsiyalar har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Alohida qayd etish lozimki, fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar natijasida davlat ilmiy-texnika dasturlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining eng dolzarb masalalarini yechishga yo„naltirish, ilmiytexnika loyihalarini ekspertizadan o„tkazishni boshqa davlatlarda mavjud bo„lmagan - ochiq muhokama tarzida o„tkazish, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini manfaatdor korxonalarning mablag„larini jalb qilgan holda moliyalashtirish kabi mexanizmlar joriy qilindi. Hozirgi kunda uzoq muddatli (5 yilgacha), yangi bilimlarni shakllantirishga yo„naltirilgan fundamental tadqiqotlar, o„rta muddatli (3 yilgacha) amaliy tadqiqotlar hamda qisqa muddatli (2 yilgacha) innovatsion ishlanmalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari tanlovlar asosida shakllantirilmoqda. Eng muhimi, “fundamental tadqiqotlar” - “amaliy tadqiqotlar” - “innovatsiya ishlari” zanjiri bo„yicha mujassamlik darajasini ta'minlaydigan mexanizm ishlab chiqilib, undan samarali foydalanilmoqda. Ayni paytda innovatsiya sohasida erishilayotgan yutuqlar salmog„ini oshirishga, ushbu sohaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida “Innovatsiyalar va innovatsion faoliyat to„g„risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi bejizga ilgari surilmagan. Darhaqiqat, innovatsiya faoliyatini, ya'ni ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyati, yangicha qurilma, yangi usul, yangi moddalarni yaratish va ulardan foydalanish, mavjud qurilmalar, usullarni yangicha yo„sinda qo„llash maqsadida intellektual faoliyatning e'tirof etilgan natijalari (patent, guvohnoma, nou-xau)ni yaratish va foydalanishga yo„naltirish bilan bog„liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimini yaratish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.



    1. Innovatsion faoliyat haqida umumiy tushuncha.

Yangilik ishlab chiqarish va boshqaruv tizimiga joriy qilingandan so‟ngbozorda iste‟mol qilinadigan yangi mahsulotga aylanadi va uni sotishdan iqtisodiy ijtimoiy yoki boshqa turdagi samaralar olinadi,- u yangi toifaga –innovatsiyalarga aylanadi.

“Innovatsiya” tushunchasi birinchi bo‟lib fanga Avstriyalik(keyinchalik Amerikalik) olim Yozef SHumpeter XX asrning birinchi o‟n yilligida kiritilgan. U o‟zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asarida (1911) Y.SHumpeter ilk bora innovatsiya masalalarini ko‟rib chiqdi va innovatsion jarayonga to‟liq tavsif berdi. Y.SHumpeter innovatsiyadagi 5 xil o‟zgarishni ajratib ko‟rsatdi:

1)yangi texnika va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha

bozor ta‟minotidan foydalanish

2)yangi xususiyatlarga ega bo‟lgan mahsulot joriy qilish

3)yangi xomashyodan foydalanish

4)ishlab chiqarishni tahlil qilish va uning moddiy-texnika ta‟minotida

o‟zgarishlar

5)yangi sotuv bozorlarining paydo bo‟lishi.

U iqtisodiyotda innovator markaziy shaxsga aylanishini isbotlab bergan.Y.SHumpeterning fikricha innovatsiya bu – is‟temol tovarlarining yangi turlari , yangi ishlab chiqarish va transport vositalari yangi bozorlar va sanoatda tashkilotlar shaklini joriy qilish va faoliyatda foydalanish maqsadidagi o‟zgarishlardir.Innovatsiyalarning bundan tashqari hozirgi kungacha bir necha ta‟riflari mavjud 1- jadvalda ko‟rsatib o‟tilgan .

1-jadvalda keltirilgan ta‟riflarni tahlil qilib , umumlashtirgach quyidagicha

xulosa chiqarish mumkin:

1.Ob‟ektlar, tizimlar,korxonalar va butun jamiyatning bir holatdan boshqa

holatga , yanada mukammal va yangiliklar kiritishni nazarda tutadigan holatga

o‟tishi bo‟yicha cheksiz sonly muayyan vaziyatlar cheksiz sonly ifoda va ta‟riflar bo‟lishiga imkon yaratadi.

2.Yanada mukammalroq holatga o‟tishda yangiliklar – o‟ylab topish, ishlab

chiqish va ixtiro qilish lozim bo‟lgan yangi vositalar , usullar , mahsulotlar,

texnologiyalar ko‟zda tutiladi.

3.Innovatsiya yangi bilimlarning amalga oshirilgan yig‟indisi sifatida amaliy

qo‟llanishi mos keluvchi sohalarda samara berishi lozim.

Xalqaro standartlarga muvofiq INNOVATSIYA (yangilik kiritish) bozorda joriy qilingan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon ko‟rinishida yoki ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashuvda namoyon bo‟ladigan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida tavsiflanadi. Yangi g‟oya izlab topishning asosiy usllari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin :

 Sinov va xatolar usuli

 Nazort savollari usuli

 Aqliy hujum

 Morfologik tahlil

 Sinektika

 Yeti karra izlash strategiyasi

 Ixtirochilik masalalarini hal qilish usuli.Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bo‟gliq qo‟shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo‟naltirilgan jarayondir. “Fan va texnologiyalar rivojlanishning muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‟g‟risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‟mitasining, O‟zbekiston Respublikasi moliya vazirligining, O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligining, O‟zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O‟zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qarorida quyidagi ta‟rif taklif etiladi: ”Innovatsion faoliyat – yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish, ishlab chiqarishda o‟zlashtirish va amaliy qo‟llash bo‟yicha ishlar bajarish va xizmatlar ko‟rsatish”.

Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagi faoliyat turlarini kiritish mumkin:

 Amaliyotda qo‟llash uchun mo‟ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish bo‟yicha ilmiy – tadqiqotchilik, tajriba- konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish;

 Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki

takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;

 Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko‟rishni amalga oshirish;

 Xarajatlar o‟zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo‟llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish;

 Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo‟yicha faoliyat;

 Innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish;

 Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

 Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy – texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xarid qilish;

 Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot , texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo‟llash bo‟yicha ekspertiza , maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko‟rsatish;

 Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish. Innovatsion faoliyat subyektlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

 Innovatsion faoliyat bilan shug‟ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar; Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;

 Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellectual mulk egalari:korxona loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

 Innovatsiyalar amalga oshirishda kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondler, korporatsiyalar, lizing firmalari va b.;

 Innovatsion jarayonga xizmat ko‟rsatadigan va uning infratuzilmasini ta‟minlaydigan vositachilar:konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va b.;

 Innovatsion faoliyatni boshqarish , muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‟zini-o‟zi boshqarish organlari. Subyektlar o‟rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munsabatlar vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari quyidagilar hisoblanadi:

 Muayyan innovatsiyalarni o‟zlashtirish natijalari va texnologiyalarni belgilab beradigan innovatsion loyihalar;

 Yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy – iqtisodiy va ekologik samarani ta‟minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o‟zlashtirish;

 Fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar. Innovatsion faoliyat deb ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat sifatini oshirish nomenklaturasini kengatirish va yangilash, ularni tayyorlash texnologiyasini oshirish takomillashtirish va istiqbolda o‟zlashtirish hamda ichki va tashqi bozorlarda samarali realizatsiya etish maqsadida ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarining ishlatilishi va tijoratlashuviga aytiladi.Innovatsion faoliyat o‟zida bir qator ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini qamrab olib, ular bir butunlikda innovatsiyalarga aylanadi.

Innovatsion faoliyatning asosiy ko‟rinishlari quyidagilardir:

 Ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil etish. U o‟z ichiga yangi texnologik jarayonniyaratish uchun zarur bo‟lgan ishlab chiqarish asbob-uskunasi, vositalari hamda ulardagi o‟zgarishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish va sifat nazorati jarayonlari, metodlari va standartlaridagi yangiliklarni qo‟lga kiritishni qamrab oladi.

 Ishlab chiqarish oldi tadbirlari.Ularga mahsulot yoki texnologik jarayon modifikatsiyasi, yangi texnologiya va asbob – uskunani qo‟llash maqsadida xodimlarni qayta tayyorlash ishlari kiradi.

 Yangi mahsulotlar markretinggi. U yangi mahsulot sotuvi bilan bog‟liq bo‟lgan bozorni boshlang‟ich o‟rganish , mahsulotlarni turli bozorlarga moslashtirish, reklama kompaniyasini o‟tkazish kabi faoliyat turlarini ifodalaydi.

 Chetdan nomoddiy texnologiyani qo‟lga kiritish. Ular patent , litsenziya, nou-xau, savdo belgilari, konstruksiya, modellar va texnologik mazmundagi xizmatlar shaklida bo‟lishi mumkin.

 Moddiy texnalogiyani qo‟lga kiritish. Texnologik mazmuniga ko‟ra innovatsion korxonada mahsulot yoki jarayon innovatsiyalarini tadbiq etish bilan bog‟liq bo‟lgan mashina va asbob-uskunalarni xarid qilishni bildiradi.

 Ishlab chiqarishni loyihalashtirish. Mazkur faoliyat ishlab chiqarish jarayonlarini va texnologik tadbirlarni aniqlash maqsadida reja va chizmalarni tayyorlashga yo‟naltiriladi. Innovatsion faoliyatning poydevori ilmiy-texnik faoliyat bo‟lib, u fan va texnikaning barcha sohalarida ilmiy-texnik bilimlarni yaratish, rivojlantirish, tarqatish va amalda qo‟llash nazarda tutiladi. Ilmiy-texnik faoliyat tushunchasi

YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan bo‟lib, fan va texnika statistikasida xalqaro standartlarning muhim kategoriyasi hisoblanadi. YUNESKO tavsiyalariga muvofiq ilmiy-texnik faoliyat statistika obyekti sifatida uch ko‟rinishda namoyon bo‟ladi:

 Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar;

 Ilmiy-texnik ta‟lim va kadrlar tayyorlash;

 Ilmiy texnik xizmatlar Ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirishda ilmiy ishlar mashtabi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi, quyidagilarni mujassamlashtiradi:

 Ilmiy- texnik yo‟nalish-mustaqil xarakterdagi yirik ilmiy ish bo‟lib, fan va texnikaning muayyan tarmog‟ining muhim vazifalarini yechishga bag‟ishlanadi. Ilmiy yo‟nalishga yechim toppish qator ilmiy tashkilotlar sa‟i –harakatlari bilan amalga oshadi.

 Ilmiy-texnik muammo – ilmiy-texnik yo‟nalishning bir qismi bo‟lib, yo‟nalish yechimining yo‟llaridan birini bildiradi. Ilmiy ish maqsadli ilmiy texnik dastur ko‟rinishida yechilishi mumkin va unda resurslar, ijrochilar, ijro muddatlari kabilar aks ettiriladi.

 Ilmiy mavzu – ilmiy tashkilot doirasida hal etilayotgan muam bir qirrasi. U qoida bo‟yicha , moliyalashtirish,rejalashtirish va ish hisobotlarida asosiy birlik sifatida ishtirok etadi. Mavzu maqsadi - patent yoki iqtisodiy ishlar tadqiqotlari aniq vazifasini samarali yechishdir. Mavzu murakkabligiga bog‟liq ravishda bosqichlar va ost bosqichlarga bo‟linishi mumkin.

1.2 ‘’Innovatsion faoliyat’’va ‘’innovatsion marketing’’ tushunchalari korxona faoliyatida.

‘’Innovatsion faoliyat’’va ‘’innovatsion marketing’’korxona faoliyatida o’zaro bog’liq bo’lib, istalgan korxonada innovatsion marketingni tashkil qilmasdan turib

innovatsion faoliyatdan foydalanib bo’lmaydi ѐki innovatsion marketing texnologiyalari joriy qilinmas ekan, uning innovatsion faoliyati samarali bo’lmaydi.Hozirgi zamonning mashhur menejment nazariyachisi P. Druker marketing va innovatsiyaatamasini bir-biriga bog’lab quyidagi fikrlarni aytgan: “Har qanday kompaniyaga foyda olibkeluvchi narsa bu- marketing va innovatsiya hisoblanib, qolgani urinishlarning hammasi esaxarajat yoki zarardir”.

Marketing va innovatsiya tushunchalari hozir kunning yangiligi emaski, bu tushunchalarnio’tgan asrda ham tadbirkorlar va siѐsatchilar o’z faoliyatlarida qo’llab kelib, dolzarbligini ta’kidlabo’tganlar. O’sha vaqtda bu bo’yicha umumiy tushunchalar bo’lsada, “innovatsion marketing”nima ѐki innovatsiya haqida so’z ketganda yangi ko’rinishdagi oziq-ovqat va iste’mol tovarlari,texnika va texnologiyalarga oid, shu g’oyalarni ijtimoiy ko’rinishda bo’lishi, mahsulot ѐkixizmatlarni oson va samarali tijoratlashtirish degan fikrlar olg’a surilgan.XXI-asr, ya’ni axborot asriga kelib butun dunѐ olimlari-yu hamda tadbirkorlari marketing vainnovatsiyani biri-biriga yaqin aloqador deb to’laqonli tan olinganligi hamda zamonaviykorxonalar faoliyatida innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligihammamizga ma’lum. Bozordagi murosasiz raqobat sharoitida mahsulot ѐki korxonanidavomiyligini ta’minlash uchun innovatsion marketing faoliyatining quyidagi ko’rinishlarivujudga kelgan; boshlang’ich innovatsion g’oyalarni qidirish va innovatsion salohiyatni aniqlashbo’yicha tadqiqotlar o’tkazish, yangi mahsulot realizatsiyasi va yangi faoliyat (xizmat) turiniyaratish ѐki barcha innovatsion jaraѐnlarni boshqarish bo’yicha yangi usullar ishlab chiqish,sotishni muvofiqlashtirish uchun yangi sharoitlar yaratish bo’yicha chora-tadbirlarini kiritishlozimligini aytib o’tishimiz mumkin.Bugungi kunda “Innovatsion marketing” marketing faoliyatida yangi paydo bo’lganyo’nalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarishtexnologiyalarni joriy etish hamda ushbu innovatsion g’oyani tijoratga tayѐrlashni amalgaoshiradi. U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan usul va vositalar majmuidan foydalanadi. Innovatsion marketing texnologiyalarini o’zvaqtida qo’llash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bog’liq tavakkalchilikni kamaytiradi, chunki ular potentsial talabni baholash, maqsadli bozor segmentinianiqlash va ishlanmalarni davom ettirish kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi degansavollarga javob berishga imkoniyat yaratadi.Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish strategiyasini ishlabchiqish va yangi mahsulotni bozorda mustahkam o’rin egallashini ta’minlash, an’anaviymarketingdan farqli ravishda innovatsion marketingning vositalari asosida innovatsiyalar bozorinitadqiq etish, bozorni kuzatish, bozor kon’yunkturasini tahlil qilish, talabni shakllantirish,iste’molchilar xulq-atvori bo’yicha bozor segmentlarini ishlab chiqish ѐtadi.

Xizmat ko’rsatishda esa “innovatsion marketing”, ayirboshlash natijasida yangiliklargabo’lgan ehtiѐjni qondirish orqali foyda olishga yo’naltirilgan inson faoliyati majmuini tushunmoqlozim. Bu faoliyat yangiliklarga ehtiѐjni aniqlashdan tortib yangi innovatsion xizmatlarni yaratish,bozorga kirib borish, xizmatlarning haѐtiylik davri, amaliѐtda qo’llash, innovatsion xizmatlarnisotib olish uchun xaridorlarni qiziqishini orttirish, yangiliklarga bo’lgan talabni va ularni yaratilishistiqbollarini aniqlash kabi vazifalarni o’z ichiga oladi. Xizmat ko’rsatish innovatsiyasi vaxizmatlar innovatsiyasi ilm-fan va amaliѐtga yetarli darajada qo’llanilmagan keng tushunchali atamadir.

Innovatsion mahsulot va innovatsion xizmatning asosiy farqli belgilardan biri shundaki,innovatsion xizmat yangilik bozordagi muvaffaqiyati tegishli texnik bilimlarni amalga oshirishjaraѐnini innovatsion mahsulotga nisbatan kamroq talab qiladi. Innovatsion xizmatnitijoratlashtirishda texnikaga nisbatan ko’proq iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi jaraѐnlarni qamraboladi.

Yuqoridagi ko’rib o’tilgan olim va mutaxassislarning innovatsion marketingga berganta’rif va tavsiflarini tahlil qilar ekanmiz, ular tomonidan asosan innovatsion mahsulotni bozorgasiljitish bilan bog’liq marketing faoliyat nuqtai nazardan ѐndashilganligining guvoxi bo’lamiz.

Lekin, fikrimizcha biz, marketingni iqtisodiy faoliyat sifatida olib ko’radigan bo’lsak, undaqo’llaniladigan yangi vosita va usullar ham innovatsion faoliyat bo’lib yuzaga chiqadi. Bundankelib chiqib, innovatsion marketingga quyidagicha mualliflik ta’rifini keltirishni lozim topdik.Innovatsion marketingga, bir tomondan, innovatsion mahsulotni siljitish, ikkinchi tomondan, harqanday mahsulotni innovatsion vositalar ѐrdamida siljitishga yo’naltirilgan faoliyat sifatida ta’rifberishimiz mumkin. Demak, innovatsion marketingga berilgan ta’rifdan kelib chiqib mahsulotnisiljitishda marketingning u yoki bu vositasidan foydalanishimiz mumkin.

Ushbu marketingning vositalari mahsulot siljitish holatidan foydalanish quyidagicha ifoda etiladi:

- an’anaviy marketing vositalaridan innovatsion mahsulotlarni siljitishda foydalanish;

- an’anaviy maxsulotni innovatsion marketing vositalari bilan siljitishda foydalanish;

- innovatsion marketingdan ham an’anaviy mahsulotlarni ham innovatsion mahsulotlarnisiljitishda qo’llash.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, har bir faoliyatda yangicha qarash, yangi usullarda xomashyolarni yaratish va ishlab chiqarishga sarflash, iste’molchilar ehtiѐjini to’laqonli qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish, innovatsion mahsulotni siljitishgacha bo’lgan barcha jaraѐnlarning har birida innovatsion marketingni o’zida namoyon qiladi.

Zamonaviy bozor sharoitida innovatsion marketing innovatsion faoliyatning bir turi sifatida yuzaga kelar ekan, bunda, yangi mahsulot va xizmat turlarini ishlab chiqish jarayonlarini o’zlashtirishda ko’proq e’tibor ushbu innovatsion mahsulotlarni baholashga emas, balki bozorni o’rganishga qaratiladi. Bu esa o’z navbatida innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning yangi mahsulotlari yoki ko’rsatadigan xizmatlarini samarali va muvaffaqiyatli bozorga siljitishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Investitsion loyihalarni ishlab chiqish jarayonidagi muhim faoliyat sohalaridan biri bo’lib marketing hisoblanadi. Marketing tadqiqotlari asosan talab va raqobat tahlili, haridor xattiharakatlari va iste’molchi extiyojlari, raqobatdosh mahsulotlar tahlilidan iborat.

Talab va bozor tahlili buyicha ishlar quyidagi tarzda tashqil qilingan bo’lishi lozim:

1) maqsadli bozor to’zilishini baholash;

2) iste’molchilarni va bozorni segmentlashtirishni tahlil qilish ;

3) sotish yullarini tahlil qilish ;

4) raqobatni tahlil qilish ;

5) ijtimoiy-iqtisodiy sohani tahlil qilish ;

6) korporativ (ichki) tahlil;

7) marketing ma’lumotlarini baholash;

8) xulosalar, imkoniyatlar va tavakkalchiliklar.

Mahsulotning assortimenti va hajmi asosan bozor talablari va taklif qilinayotgan marketing stategiyasiga bog’liq bo’ladi. Loyihadagi sotish dasturi belgilanganidan keyin ishlab chiqarish dasturi batafsil ishlab chiqiladi.Turli texnologik, ishlab chiqarish va tijorat muamolari tufayli aksariyat loyihalar ishlab chiqarish quvvatidan asta-sekin chiqib ketadi. Tarmoqning xususiyati va mahalliy shart-sharoitlarga bog’liq ravishda dastlabki yillarda ishlab chiqarish va sotish xajmi umumiy quvvatning 50–70% ni tashqil qiladi. Ishlab chiqarish dasturida oxirgi mahsulotni chiqarish darajasi belgilangandan keyin har bir bosqich uchun materiallar va ishchi kuchining muayyan extiyojlarining miqdori belgilanadi. Texnologiya va qurilmalarni tanlash – bunday tanlash ushbu loyiha uchun mos keladigan variantni tanlash va texnologik muqobillarni baholashga asosan bo’lishi lozim. Ishlab chiqarish dasturi va korxona quvvati belgilanganidan so’ng loyihaning asosiy investitsion extiyojlari uchun kattalik tartibidagi dastlabki baholashni tuzish mumkin.

Ishlab chiqarish dasturi belgilanganidan, texnologik jarayonlar va asbob-uskunalar tanlanganidan so’ng mehnat resuslari belgilanadi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi turli toifadagi mehnat resurslari: muxandis-texnik hodimlar, asosiy va yordamchi ishchilarni taqozo qiladi. Loyihaning kapital harajatlarini baholash texnologiya, mashina va asbobuskunalar, bino va inshootlar, boshqa turdagi ishlar va harajatlar sarfini baholash asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish dasturi belgilanib, texnologik jarayonlar va asbob-uskunalar tanlab bo’linganidan keyin mehnat resurslariga bo’lgan extiyoj belgilanadi.

Innovatsiyalar marketingi konsepsiyasi butun marketing xizmati, bozorni tadqiq qilish va

korxonaning raqobat strategiyasini ishlab chiqishning asosini tashkil etadi. Innovatsiyalarni

qidirib topishning boshlang’ich bosqichida marketing bo’linmalarining birinchi darajali

vazifasini bajarish:

1. Talab va raqobatning darajasi;

2. Xaridorning xulqi va uning afzalliklarining dinamikasi;

3. Raqobatlashuvchi mahsulotlarning mavjudligi va yangilik bozorida raqobatlashib

qolish imkoniyatini o’rganishdan iboratdir.

Marketing strategiyasi, bozorning tahlili va operativ marketing quyidagi 6 printsipli

bosqichlardan iborat bo’ladi.

- umumiqtisodiy tahlil;

-iqtisodiy holatning tahlili;

-bozorni tadqiq qilish;

- yangilikning kirib borishi strategiyasini ishlab chiqish;

- marketingning operativ tadbirlari;

- marketingga xarajatlar va undan olinadigan daromadlarni baholash.

2.2 Intellektual mulk tushunchasi va uning obyektlari.


Download 35.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling