Startap-loyiha tashabbuskori – startap-loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif taqdim etgan loyiha rahbari yoki jamoa.
Tajriba-konstruktorlik loyihasi – tajriba, konstruktorlik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, rivojlantirish bilan bog‘liq loyiha.
Tashabbuskor ilmiy tadqiqot loyihalari – fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy faoliyat sub’ektlarining tashabbuslari asosida qabul qilinadigan, alternativ loyiha takliflari talab qilinmaydigan ilmiy tadqiqot loyihalari.
Tashkiliy innovatsiya – bu firmaning ish amaliyotiga yangi tashkiliy uslubni joriy etish.Tashkiliy innovatsiyalarga firma birinchi marta foydalanayotgan ish amaliyotini tashkil qilish, ish joylari yoki tashqi aloqalarni tashkil etishi mumkin.
Tematik ilmiy tadqiqot loyihalari – ilmiy faoliyatning ilg‘or yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari asosida ishlab chiqiladigan, moliyaviy hajmi ko‘rsatilgan, mavzu doirasida olinadigan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan muntazam ravishda e’lon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot loyihalari.
Texnologik innovatsiyalar – bu yangi mahsulot va jarayonlarni ishlab chiqarish va joriy etish, shuningdek, mahsulot va jarayonlarni sezilarli takomillashtirish; texnologik jihatdan yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqarish (ko‘rsatish) usullarini ishlab chiqarishga joriy etish.
Tovar belgisi – bu biror ishlab chiqaruvchining tovar va xizmatlarini boshqa ishlab chiqaruvchining o‘xshash tovar va xizmatlaridan farqlash uchun mo‘ljallangan grafik tasvir, raqam, harf yoki so‘zlarning birikmasidir.
Foydali model– bu moslamaga taalluqli texnik yechim. Ishlab chiqarish vositalarining konstruktiv bajarilishi va iste’mol qilish predmetlari hamda ularning tarkibiy qismi foydali modellarga kiradi.Agarda foydali model yangi va sanoatda qo‘llaniladigan bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |