Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


Innovatsion xizmatlar bozori subyektlarining tarkibi


Download 245.92 Kb.
bet10/16
Sana09.10.2023
Hajmi245.92 Kb.
#1696494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va ta

Innovatsion xizmatlar bozori subyektlarining tarkibi

Subyektlar

Funksiyalari

Mahalliy davlat va boshqaruv idoralari

Innovatsion xizmatlarni qo’llab-quvvatlash, innovatsion xizmatlardan foydalanish

Akademik muassasalar

Kelgusida innovatsiyaga aylantirsh uchun fundamental va tajriba asoslarni yaratish

Oliy o’quv yurtlari (OO’Y)

O’qitish va bilimlarni tarqatish OO’Y qoshidagi innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar orqali innovatsiya faoliyatini olib borish

Tarmoq ITI konstruktorlik binolari

Yirik va kichik biznes korxonalari, boshqa buyurtmachilar, shuningdek o’z tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalar negizida innovatsion faoliyat olib borish

Kichik va o’rta innovatsion korxonalar

Murakkab bo’lmagan innovatsion ishlanmalarni olib borish va ta’minlash

Texnoparklar, innovatsiyamarkazlari

Kichik va o’rta innovatsion korxona va korxonalar uchun xizmatlar ko’rsatish. Yuqori texnologiyali va ilmiy sig’imga ega mahsulotlari
marketingini ta’minlash

Kichik biznes subyektlari

Murakkab bo’lmagan innovatsion ishlanmalarni olib borishni ta’minlash.Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, amaliyotga tadbiq etish

Yirik korxona va korxonalar

Yangi mahsulotlarni tijorat mahsulotlariga aylantirish, yangi innovatsion mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, amaliyotga tadbiq etish. Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish va moliyalashtirish

Konsalting firmalar

Innovatsiya faoliyati subyektlariga konsalting xizmatlarini ko’rsatish

Innovatsion xizmatlar bozorini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan hududiy siyosatni shakllantirishda mazkur bozorni haraktga keltiruvchi eng asosiy subyektlardan hisoblangan biznes tuzilmalarining funksiyalari hamda rolini aniqlab olish juda muhim.
XXI asr dastlabki kunlaridanoq dunyo rivojlanishining barcha jabhalarida iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy jarayonlar, demografiya, geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar yangi sifat o’zgarishlaridan darak bermoqda. Shu narsa tobora yaqqol ko’zga tashlanib bormoqdaki, geostrategik holat, fan va texnika yutuqlari, kadrlar va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud obyektiv omillardan samarali foydalangan mamlakatlar rivojlanish borasida ancha ilgarib ketgan. Bu mamlakatlar ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlar yangicha tizimini shakllantirib, odamlar hayot tarzini yanada yuqori darajaga yetkazib oldi. Ushbu ijtimoiy tizimga AQSH va G’arbiy Yevropaning bir qator mamlakatlari, sharqda esa Yaponiya misol bo’la oladi.
Fan-texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalana olmagan mamlakatlar vujudga kelgan sharoitlarga moslasha olmay rivojlanish yo’lida ancha ortda qolib ketmoqda. Bunday tendensiyalar oldindan mavjud. Bu tendensiya yanada kuchayib, uning ta’siri ostida iqtisodiyoti rivojlanmagan mamlakatlar faol xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar doriasidan chetga chiqib qolmoqda. Bu mamlakatlar global xarakterga ega bo’lib, o’ta murakkablashgan munosabatlar tizimida teng huquqli hamkor bo’la olmaydilar.
Hududiy innovatsion xizmatlar bozorining rivojlanish darajasi va mufaqqiyatli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan zarur infratuzilmaning yaratilganligi bilan bog’liq. Innovatsion xizmatlar bozorining infratuzilmasi degandainnovatsiya mahsulotlari va xizmatlar bozorini to’laqonli faoliyat yuritishini ta’minlaydigan subyektlar, resurslar va maslahat xizmatlar majmuasini tushunish mumkin.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish haqida yuqorida shakllantirilgan asos jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o’sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada bir qator sabablarga ko’ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo’lmaydi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e’tiborini jalb qilish o’zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan xorijiy firmalar strategik ittifoq va hamkorlikka qadam qo’yishini aniq tasavvur etish lozim.




  1. Download 245.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling