Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari
-rasm. Innovatsion xizmatlar bozorini shaklantiruvchi asosiy elementlar11
Download 245.92 Kb.
|
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va ta
5-rasm. Innovatsion xizmatlar bozorini shaklantiruvchi asosiy elementlar11
Mazkur baza innovatsion xizmatlar bozori barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur rag’batlantiruvchi omillarni qo’llab-quvvatlash hamda bozor ishtirokchilari o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi lozim. O’z navbatida hudularda innovatsion xizmatlar bozori bir qator asosiy shartlar va tamoyillarga javob berishi zarur, xususan: texniktexnologik, tashkiliy-iqtisodiy darajaga muvofiq bo’lish, iqtisodiy ishlab chiqarish kuchlari darajasiga mutanosibligini ta’minlaydi; universallik (iqtisodiyotning barcha tarkibiy qismlari va darajalari uchun xos bo’lgan umumiy tamoyillarga asoslanishi) bilan hududiy o’ziga xoslikning (hududiy ixtisoslashuvni hisobga olish, bevosita hududning o’zida, uning strategik manfaatlari hisobga olgan holda shakllantirilishi) uyg’unligini ta’minlashidan iborat. Innovatsion xizmatlar bozorining asosiy subyektlari innovatsion mahsulot va xizmatlar yaratuvchilar (odatda, ilmiy-tadqiqot muassasalari, o’quv yurtlari, innovatsiyamarkazlari, konstruktorlik byurolari, tajriba korxonalari va boshqalar) va innovatsion mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilar hisoblanadi. Innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va innovatsion mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilardan tashqari, innovatsion xizmatlar bozorining yana bir ishtirokchisi sifatida innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va undan foydalanuvchilarning o’zaro aloqasini ta’minlashga xizmat qiluvchi vositachi korxonalarni ko’rsatish mumkin. Bunday korxonalarga innovatsiya markazlari, patent-litsenziya korxonalari, axborot-konsultativ xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, marketing agentliklari kabilarni kiritish mumkin. Garchi mazkur korxonalarning asosiy vazifasi ushbu aloqani ta’minlashdan iborat bo’lsada, ayrim hollarda ular innovatsiyalar bozorida talab mavjud bo’lgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishni moddiy yokiboshqa reurslarni jalb etgan holda raqobatlantirish yo’li bilan ularga egalik qilish va kelgusida ularni sotish vazifalari bilan ham shug’illanishlari mumkin. Bunday korxonalar odatda innovatsion bozor keng rivojlangan, innovatsion ishlanmalar ehtiyoj yuqori bo’lgan hududlarda faoliyat yuritadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan hududiy innovatsion xizmatlar bozori subyektlari tarkibiga kiritilishi mumkin subyektlarning tizimlashtirilgan holati keltirilgan (4-jadval). 4-jadval Download 245.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling