Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


Download 245.92 Kb.
bet5/16
Sana09.10.2023
Hajmi245.92 Kb.
#1696494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va ta

Mualliflar

Ta’rif

Abramishin A.Y
Voronina T.P
Molchanova O.P
Tixonova Y.A
Shlenov YU.V

Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnik va boshqa resurslar yig’indisi

Kovalyov G.D

Ishlab chiqarishda yangiliklar yaratishga yo’naltirilgan yangi va takomillashgan mahsulotlarni olish texnologiyalarini joriy qilishga zarur bo’lgan o’z ichiga intellektual, moddiy va moliyaviy resurslarni qamrab olgan innovatsion resurslar majmui

Sarev V.V
Kanorovich A.A
Chernish V.V

Korxona oldida turgan ilmiy-texnik rivojlanish muammolarini hal qilishga mo’ljallangan kadrlar, moddiy-texnik va axborot resurslarining yig’indisi

Mazen A.

Korxonaning innovatsion faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini ifodalovchi ko’rsatkich

Lisin B.K
Fridlyanov V.N

Innovatsiyalarni joriy qilish va yangiliklarni kiritishni ta’minlash bo’yicha ilmiy-texnik, texnologik, infratuzilmaviy, moliyaviy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa imkoniyatlardir

Gunin V.N
Baranchiev V.P
Fatxuddinov R.A
Gorfinkel V.YA
Chernishev B.N
Porshnev A.G

Korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yicha tayyorgarligi o’lchovi

Boven A.A.
Cherednikova L.Y
Yakimovich V.YA

Korxonani ham o’zining (ITTKI bo’limlarida o’z kuchi bilan yaratilgan) ham birovning (patent, litsenziya, nau-xau ko’rinishida sotib olingan) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik darajasi

Jids G.I

Nafaqat yangiliklarni yaratish, balki ularni samarali qo’llash bo’yicha ijtimoiy ishlab chiqarishning tayyorgarlik darajasi

Shlyaxto I.V

Nafaqat yangiliklarni yaratish imkoniyati, balki ularni izchillik bilan jahon andozalar darajasida samarali qo’llashga tayyorgarlik imkoniyati

Bazilevich A.I

Ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, moliyaviy va boshqa faoliyat sohalarida innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish qobiliyati

Kochetkov S.V

Amalda mavjud resurslar doirasida qo’yilgan innovatsion maqsadlarga erishish qobiliyati

Yuldoshev N.K.
Mirsaidova SH.A
Goldman Y.D

Innovatsion salohiyat – o’z ichiga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, aqliy, axborot, ilmiy-texnik resurslarni oluvchi turli xildagi majmuadir

Zaynutdinov SH.N.

Innovatsion salohiyat mamlakatning texnika va texnologiyasi yangilanishi, unda ilmiy texnika rivojlanishi darajasini, diversifikatsiya siyosatining kuchayishini anglatadi

Bizning fikrimizcha, innovatsion salohiyat – subyektning qaysi tarmoq, sohada faoliyat ko’rsatishidan, mulkchilik shaklidan, tashkiliy huquqiy maqomida qat’iy nazar istalgan bir xo’jalik yurituvchi subyektning yangi ishlanmalarini ishlab chiqish, kashfiyotlar yoki ixtirolarni, foydali modellarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish bo’yicha mavjud barcha intellektual kadrlar, axborot, moddiy-texnik va boshqa resurslari yig’indisidan iborat bo’ladi (2-jadval).
2-jadval

Download 245.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling