Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


-rasm: Innovatsion faoliyatni shakllanishga ta’sir etuvchi omillar9


Download 245.92 Kb.
bet8/16
Sana09.10.2023
Hajmi245.92 Kb.
#1696494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va ta

3-rasm: Innovatsion faoliyatni shakllanishga ta’sir etuvchi omillar9
Sanoat korxonasida innovatsion faoliyat salohiyatini oshirish uchun har bir tarkibiy qismni tizimli ravishda takomillashtirilib borishini ta’minlash lozim.
Fikrimizcha, innovatsion faoliyatning samaradorligi va innovatsion faoliyat salohiyati holatini u yoki bu tarkibiy qismning mavjudligi hamda sifatini aniqlab beradi.
Innovatsion faoliyat salohiyati biron-bir tarkibiy qismining yo’qligi yoki etishmasligi, uni qayta ko’rib chiqish va rivojlantirish zarurligini taqozo etadi. Sanoat korxonasi innovatsion salohiyatini rivojlantirishni faqatgina uning tarkibiy qismlarini rivojlantirish orqaligina amalga oshirish mumkin. Shu sababli, har qanday korxona innovatsion salohiyatini oshirish uchun uning birinchi darajali tarkibiy qismlarini rivojlantirishi lozim (4-rasm).

4- rasm. Innovatsion faoliyat salohiyatni bevosita tarkibiy qismlari10
Davlat innovatsion siyosati haqida gapirganda doimo innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash haqida yodda tutish lozim. Agar iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida “kadrlar hamma narsani hal qiladi” qoidasi aksariyat holatlarda to’g’ri bo’lib chiqsa, iqtisodiyotning ko’p ilm talab qiladigan sektorlarida ushbu fikrning ahamiyati bir necha marotaba ortadi.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda bilim vositalari birinchi darajali, eng muhim aktivlar hisoblanadi. Oqibatda yetarli darajada bilimlarga ega bo’libgina qolmay, ularni amaliyotda qo’llay oladigan, bilimlar eskirib borishi bilan ularni uzluksiz yangilab beradigan malakali mutaxassislar tayyorlash juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion salohiyatni kuchaytirish katta hajmda investitsiyani jalb etishni talab qiladi. Hozirda iqtisodiy rivojlangan davlatlar yangi texnika va texnologiyani yaratishga, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga YaIMning 5-7 foizini sarflaydi. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, korxonaning innovatsion salohiyati korxonaning barcha jihatlari, ya’ni yangilikni yaratish va undan amaliyotda foydalanish qobiliyatini ifodalaydi.
Mamlakat hududlarini rivojlantirishning eng asosiy vazifalaridan biri yarim hududlarni turli omillar ta’sirida rivojlanishida boshqalarga nisbatan jiddiy ortda qolishi, ya’ni hududlar o’rtasida rivojlanish bo’yicha differensiyaning kuchayib borishini bartarf etish yoki oldini olishdan iborat. Mazkur vazifani amalga oshirishda innovatsion xizmatlar bozorining salohiyatini ham jalb etish mumkin. Bu obyektiv sabablarga ko’ra (resurslar kamligi, geografik joylashuvning noqulayligi va h.k.) rivojlanishda ortda qolayotgan hududlarda turli mexanizmlar orqali innovatsion xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish orqali mazkur hududning raqobatbardoshligini ta’minlash yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu tariqa hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojantirish ularning raqobatbardoshligini hamda barqaror rivojlanib borishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo’libgina qolmay, mamlakat hududlarining mutanosibrivojlanishini ta’minlaydi.
Innovatsion xizmatlar bozorining yuzaga kelishi uchun zarur bo’lgan eng asosiy elementlar qatoriga quyidagilarni kiritishmiz mumkin (5-rasm).


Download 245.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling