Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar


Download 245.92 Kb.
bet3/16
Sana09.10.2023
Hajmi245.92 Kb.
#1696494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va ta

Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar

Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo’yicha innovatsiyalar o’z ichiga quyidagi jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish, mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va xususiyatlar qo’shish orqali uni takomillashtirish, xizmatlar bilan ta’minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin.
Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo’yicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o’z ichiga oladi3.
Innovatsion faoliyatda agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog’liq bo’lmasa, bular texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi. Tashkiliy va boshqarish bo’yicha o’zgartirishlar (boshqarishning ilg’or usullariga o’tish, jiddiy o’zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, korxonaning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli o’zgartirilgan yo’nalishlarni amalga oshirish) hamda sifat standartlarini joriy etish bilan bog’liq bo’ladi.
Shu sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarning hisoblashicha, korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga rag’batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi deb hisoblashadi. Innovatsion bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg’otishi mumkin degan yolg’on tasavvur vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real foyda va resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion siyosat zarur bo’ladi. Mahalliy kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlari bu faoliyat jarayonlarida faollikni oshirishi lozim.
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strukturasi dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog’liqdir. Bu yerda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi”.
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketmaketlikdagi zanjiri bo’lib, uning davomida yangilik oddiy bir g’oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib etadi”4 va xo’jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko’rinishida aks ettirish mumkin:

Download 245.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling