1-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari.5
Korxonaning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini, ularning ko’lami va qamrovini aniqlovchi omil sifatida korxonaning inson kapitali (intellektual, ta’lim saviyasi va kadrlar malakasi) maydonga chiqadi, ish o’rinlarining texnik jihozlanganligi, ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish – bular barchasi korxonaning asosiy resurslaridan hisoblanadi.
Bir qator bajarilgan ilmiy ish natijalarida turli olimlar tomonidan innovatsion salohiyat tushunchasi korxona, soha, mintaqa va davlat tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarning umumlashgan xususiyatlarini qayd etish maqsadida qo’llaniladi. Turli olimlar tomonidan “innovatsion salohiyat” tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan (1-jadval).
V.P. Baranchieva va V.N.Guninaning ilmiy ishlarida innovatsion salohiyat – korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yicha tayyorgarligi o’lchovi deb talqin etiladi.
1-jadval
“Innovatsion salohiyat” tushunchasiga berilgan ta’riflar
Do'stlaringiz bilan baham: |