Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari
Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarkibiy qismlar6
Download 245.92 Kb.
|
2 5301259145402387441
Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarkibiy qismlar6
Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko’rinadiki, innovatsion salohiyat xodimlar, moliyaviyiqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiytexnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari – bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi. Innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi tashkiliy innovatsiyalar – bu biznesni yuritishda, ish o’rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va transaksion xarajatlarni qisqartirish, korxona tomonidan ishchilarning ish o’rinlari (ish vaqtlari) bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnat samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo’lmagan aktivlarga yo’l topish yoki yetkazib berish narxini kamaytirish yo’li bilan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va Bomollar innovatsiyalarni turlarga ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi innovatsiyani model ko’rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga ko’ra, innovatsiyalarning mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati asosiy e’tibor markazi bo’lgan. Romerning fikricha esa innovatsiyalarni turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me’zon sifatida keltirilgan. Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi tashkiliy usullarini ishlab chiqishni bildiradi va ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish; xodimlarning saviyasini oshirishga va ko’chib yurishini kamaytirishga mo’ljallangan o’qitish tizimini yo’lga qo’yish; ishlab chiqarish va yetkazib berishni to’liq boshqarish, jumladan yetkazib berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni, shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish. Innovatsion faoliyatda ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha innovatsiyalar – bu korxonaning alohida faoliyat turi doirasida yoki turli faoliyatlari (tarkibiy bo’linmalari) o’rtasida ishlarning bajarilishi bo’yicha xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi usullarini yo’lga qo’yishdir. Shuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya’ni faoliyatning turli yo’nalishlarini integratsiyalashtirish bo’yicha yangi konsepsiyalarini joriy etishdir. Korxona innovatsion salohiyatining tarkibiy qismlari innovatsion salohiyatni o’rganish asosida biz innovatsion salohiyatni aniqlashda quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin: innovatsion faoliyatni amalga oshirishga jalb qilinishi mumkin bo’lgan resurslar majmui sifatida; innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati sifatida; innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida; innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida. Fikrimizcha, quyidagi yondashuvlar o’zaro ta’sir kuchiga ega, innovatsion faoliyatga, qobiliyatga ega bo’lish bir qator imkoniyatlarning mavjudligi bo’lsa, o’z navbatida bu innovatsion salohiyatni amalga oshirishga imkoniyat va zarur bo’lgan tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi muhim shartlardan biri hisoblanadi (3-jadval). 3-jadval
Download 245.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling