Innovatsion iqtisodiyotni samarali boshqarish va uni moliyalashtirish
Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zarurati
Download 95.89 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta
Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zaruratiHozirgi kunda viloyatlarda ko’plab fundamental tadqiqotlar va texnologik ishlar, ilmiy-ishlab chiqarish bazasi, intelektual kadrlar mavjud. Ammo, olib boriladigan tahlillar shuni ko’rsatib turibdiki, etarli innovatsion salohiyat bo’lsa ham yangi taraqqiy etgan texnologiyalar sust ravishda tadbiq etmoqda. Innovatsion faoliyat sub‘ektlariga marketing, axborot, huquqiy va boshqa ko’mak beradigan innovatsion infratuzilmalar sust tashkil etilmoqda. SHuningdek, innovatsion sohaning holati, innovatsion mahsulot va xizmatlarga bo’lgan talab va taklif to’g’risida axborot bazasi lozim darajada rivojini topmagan, bu esa innovatsiya bozorining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Innovatsion marketing ilmiy-texnik va yangi g’oya, ishlama va texnologiyalarni hamda yaratilgan intellektual mulkni chuqur va har tomonlama o’rganib uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishga transfera qilish. Innovatsion marketing resurslari zamonaviy ilmiy-texnik axborotlar hisoblanib, ular iqtisodiy qimmat turadigan iste‘mol bozori hisoblanadi. Ularni qidirish, tanlash, maqsadga yo’naltirilgan ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va bular orqali o’z biznesini tashkil etish lozim bo’ladi. Innovatsion marketingni asosiy o’rganadigan yo’nalishlari iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, sotsial, psixologik, huquqiy faktorlari innovatsion jarayonlarga o’z ta‘sirini ko’rsatadi: ishlab chiqarish korxonalardagi innovatsion guruhlarni ishlari tezlik bilan tarqalishi innovatsion texnologik bilimlarni yuksalishiga, raqobatbardosh bosimlarni boshqa klaster bo’limlarga o’tib korxona faoliyatini iqtisodiy o’sishiga olib keladi; yangi bilimlarni va texnologiyalarni tezlik bilan rag’batlantirilishi ishlab chiqarishda bo’limlarni shakllantirishga sababbo’ladi. Oxirgi o’n yilliklar davrida yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo’lgan davlatlarda klaster strategiyalari rivojlanib bormoqda. Bu esa dunyo ilm-faniga yangi g’oyalarni va ishlamalarni yaratish bo’yicha katta saboq bo’lmoqda. Shuning uchun bugungi kunda ishlab chiqariladigan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari darajasini oshirishda zamonaviy yangi nanotexnologiyalar, asbob uskunalar, laboratoriyalar uchun aniqlikni va tezlikni oshirish uchun yangi usullari mavjud. Klasterlar asosan yuqori bilim darajasi, talablariga raqobatbardoshlik mezonlariga javob beradigan markazlarda tashkil topmoqda. Hozirgi vaqtda klaster talablari bo’yicha olib borilayotgan ko’p ishlar iqtisodiy tomondan rivojlangan davlatlarda kuzatilmoqda. Klaster asosan yangi g’oyali ilm-fan yutuqlarini har tomonlama mutaxassislar ishtirokida tashkil etilishi mumkin bo’lgan texnologiyalar va texnikalar orqali olingan yangi assortimentdagi tovarlarni yoki xizmatlarni zudlik bilan ishlab chiqarishga tadbiq etilishini ta‘minlaydigan, bozor "chuqurligini" yangi talab uchun zarur bo’lgan raqobatbardosh tovarlar bilan ta‘minlashga yo’naltirilgan va foydani olishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bunday zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy-tadqiqot ko’rsatkichlari bilan isbotlangan va xalq xo’jaligida ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bunday ishlarni kichik biznes sub‘ektlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Klaster talablari siyosatini markazida esa har tomonlama o’zaro faoliyatlar bo’yicha bog’lanish orqali qatnashuvchilarni bir-biriga xizmat yuzasidan bo’lgan e‘tibori va sadoqati birgalikda bajarilayotgan ishlarni tez va muvaffaqiyatli bo’lishini ta‘minlaydi. Klaster sistemasini tashkil etishda kichik va katta ishlab chiqarish korxonalar orasidagi gorizantal bog’lanish esa bozorda bir guruhga oid tovarlarni zamonaviy talablariga mosligini ta‘minlaydi. Zamonaviy klasterlar, odatda bir yo’nalishga yo’naltirilgan bir qancha ishlab chiqarish bo’laklaridagi shu sohaga tegishli bo’lgan firmalarni maqsadga yo’naltirilgan zanjirni bo’laklari hisoblanib doimo ular ma‘lum bir mahsulotlar yaratishga ixtisoslashgan bo’ladi. Innovatsion texnologiyani xalq xo’jaligiga tadbiq qilishda iqtisodiy samaradorlikni quyidagi usullarda baholash mumkin: yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash; yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida ishlab chiqarishida yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun texnik chora- tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur. Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi uslubiy qo’llanmalarda izohlab berilgan. Unga ko’ra quyilagilarga e‘tibor qaratilgan: - kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo’yicha namunali metodika; - xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; - korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi; - boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini; - mehnatni ilmiy tashkil etish, ya‘ni MIT bo’yicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; - atrof-muhitni muhofaza etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika. Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli ilmiy texnik mahsulot hozirgi iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga aylanmoqda. Aholining turmush farovonligi o’sishi, mamlakatning iqtisodiy o’sish sur‘ati, ta‘lim, fan va madaniyatning rivojlanishi, mudofaa qobiliyati bevosita yuqori texnologiyali kompleksni tarkibiy va texnologik jihatdan qayta tuzishga bog’liq bo’lmoqda. Bu sohada yuqori malakali ilmiy, tadqiqotchi va muhandis kadrlar salohiyati katta rol o’ynaydi. Respublikaning ilmiy-innovatsion sohadagi hozirgi holati xo’jalik aylanmasi ilmiy-texnik faoliyatning natijalarini jalb qilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari talablarga mos kelmaydi. Amaldagi holat fan va texnologiyalarni rivojlantirishda yangi ustuvorliklarni rivojlantirishda yangi ustuvorliklarni ishlab chiqishni talab etadi. Innovatsion jarayonlarni rivojlantirish mavjud ehtiyojlar qondirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi: jamoat ishlab chiqarish tarkibini o’zgartiruvchi va uning samaradorligini oshiruvchi texnik va boshqa yangiliklarning moddiy ne‘matlarga tezkor o’zgartirishni ta‘minlash maqsadida innovatsion jarayonlarning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish; ilmiy-texnik rivojlantirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni asoslagan tartibda tanlab olish va resurslardan foydalanish ustuvorliklari bilan muvofiq halda ularni oqilona ta‘qsimlash; innovatsion faoliyatni rivojlantirish markazlari, ilmiy korxona va muassasalardagi rolini kuchaytirish; ilmiy-innovatsion salohiyatni―fan-ta‘lim-ishlab chiqarish‖ o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni kuchaytirish; mahsulot raqobatbardoshligini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta‘minlash maqsadida ishlab chiqarishda fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini o’zlashtirish; bozor konyukturasini dinamikasini hisobga olgan holda innovatsion jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash; barqarorlashtirish va texnologik inqirozdan chiqishga ko’maklashuvchi yangiliklarni yaratish va ulardan foydalanish bo’yicha innovatsion faoliyatni faollashtirish yo’li bilan etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan tubdan yangilash; iqtisodiyotning real sektorida raqobatbardoshli, murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish sohasidagi mahsulotlarni chiqarishga ko’maklashuvchi innovatsion texnologiyalardan ishlab chiqarishda foydalanish; chet ellik hamkorlar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotlarni chiqarishni tashkil etish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish bo’yicha qo’shma korxonalarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib berishni ko’zda tutuvchi tashqi iqtisodiy qo’llab-quvvatlashni faollashtirish zarur. Hozirgi kunda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim bo’ladi (5-rasm). Innovatsion faoliyat Innovatsion faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlash Innovatsion faolllashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar Ilmiy-texnik sohasidakichik innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari bo‘yicha qonunchilik tashabbuskor loyihalarni ishlab chiqish Innovatsion loyihalar bo‘yicha intellektual mulkchilikni himoya qilish, intellektual mulkchilik sohasida yagona patent-litsenzion siyosatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy- me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish Innovatsion- investitsion infratuzilmalari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish Mintaqaviy axborotlashtiris hni rivojlantirishni ta‘minlash bo‘yicha qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish Download 95.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling