Innovatsion iqtisodiyotni samarali boshqarish va uni moliyalashtirish
Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari
Download 95.89 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta
Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalariInnovatsion faoliyatning nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan atroflicha tadqiq etilgan. Xususan, Avstriyalik olim Y.Shumpeter innovatsion o’zgarishlarni besh yo’nalishga bo’lgan bo’lib, yangi texnika va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishni yangi bozor asosida ta‘minlash, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulot turlarini yaratish, yangi xomashyolardan foydalanish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va yangi innovatsion tovarlar bilan ta‘minlash, yangi iste‘mol bozorlarini ochish. Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag’lar jami kapital investitsiyaning yangi g’oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o’zlashtirish va joriyetishgataalluqli bo’lganqismidir. Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o’zining moddiy va nomoddiy ko’rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga egabo’lgan, bunga erishish uchun ma‘lum sarf- xarajatlarni talab qiladiganxo’jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o’tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi ob‘ektlardan biri hisoblanadi. Innovatsion faoliyat yakunlangan ilmiy-tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga: bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog’liq qo’shimcha ilmiy-tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo’naltirilgan jarayon ekan, unga quyidagi faoliyat turlarini kiritish mumkin: amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish; yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qaytajihozlash; yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish; xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgai texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotchiqarish; yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat; innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish; innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; sanoat mulki ob‘ektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xaridqilish; yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish; innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil qilishdan iboratdir. Innovatsion faoliyat sub‘ektlari quyidagilardan iborat: innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar; innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar; innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari bo’lib, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, ―nou-xau‖, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar; innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar bo’lib, banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalar; innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan va uning infratuzilmasini ta‘minlaydigan vositachilar esa konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari; innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliyo’zini-o’zi boshqarish organlari; sub‘ektlar o’rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munosabatlar vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari (natijalari) quyidagilar hisoblanadi: muayyan innovatsiyalarni o’zlashtirish natijalari va texnologiyalarni belgilab beradigan innovatsion loyihalar (biznes-rejada o’z aksini topadigan oraliq natija); yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samarani ta‘minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o’zlashtirish; fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar). Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida innovatsiya va ilmiy texnika sohasidagi siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirishga ta‘sir etuvchi, innovatsiya va ilmiy-texnika taraqqiyotini rag’batlantirishning huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarini yuzaga chiqarish. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va sanoat korxonalarini texnologik jihatdan qayta qurollantirishning asosiy vositasi davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Mazkur dasturning maqsadi quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: natijalari o’rta muddatli sharoitlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon beruvchi, ilmiy va texnologik innovatsiyalarni davlat tomonidan tashkillashtirish va moliyaviy qo’llab-quvvatlash; ilmiy-texnika tadqiqotlari, amaliy-texnik tadqiqotlar, texnologiyalar raqobatbardosh mahsulotni sanoat ishlab chiqarishsiklining uzluksizligini ta‘minlash; dastur doirasida ishlab chiqilgan va o’zlashtiriladigan, progressiv, resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalar bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirishga hamkorlik qilish; ilmiy innovatsiya va sanoat sohalarida yangi ish o’rinlarini yaratish. Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga olishi zarur: davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini ishlab chiqish; belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning funksiyalarini shakllantirish; boshqaruv funksiyalarini to’liq amalga oshirishda tartibga solish ob‘ekti va axborot beradigan axborot tizimini shakllantirish; davlat boshqaruv organlarining qo’llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo’ladi balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o’rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to’g’ridan- to’g’ri qo’llabquvvatlash; innovatsion jarayonlarning sub‘ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etish; iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy-texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatsiyalash, statistika, xorijiy tajribani o’rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o’z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta‘minoti infratuzilmasi hamda ular asosidaqaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta‘minlashdan iborat. Innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati ko’proq darajada uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy qo’llab-quvvatlash usullari bilan belgilanadi. Yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo’lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishning turli-tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning turli-tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni kengaytirish. Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy resurslarni davlatning xususiy manbalardan to’playdilar. G’arbiy Evropaning ko’pgina mamlakatlari uchun moliyaviy resurslarni ITTKI uchun davlat va xususiy kapital o’rtasida teng taqsimlanishi xosdir.Ma‘lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi, patentlar va litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Etakchi sanoati rivojlangan mamlakatlarda ITIga xarajatlar YAIM ning 3% yaqinini tashkil qiladilar. Moliyalashtirish tizimi orqali innovatsion faoliyatni rivojlantirish mumkin. Innovatsion faoliyatda korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik innovatsion biznes, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv jarayonlarida ishtirok etadilar. Download 95.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling