Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari
Download 31.55 Kb.
|
inn.iqt 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan, yangi g‘oyalar innovatsion jarayonning barcha bosqichlarida paydo bo‘lishi va ishlab chiqilishi mumkin, ya’ni bunda fundamental tadqiqotlar innovatsiyalarni paydo qiluvchi yagona va asosiy kuch sifatida qaralmaydi.
Ikkinchidan, interaktiv modellar, innovatsion jarayonning bosqichlari o‘rtasida vazifasi innovatsion jarayonlarning davomiyligini qisqartirgan holda, ularning mustaqil yoki bog‘lanish darajasi zaif bo‘lgan qismlarga bo‘linishining oldini olish bo‘lgan “teskari aloqalar tuguni” - deb ataluvchi sifat jihatdan yangicha tavsifga ega bo‘lgan aloqalarni vujudga kelishini ko‘zda tutadi. Ushbu model doirasida yangi mahsulotni loyihalash, uning ustida marketing amaliyotini amalga oshirish va ishlab chiqarish bir paytning o‘zida parallel ravishda amalga oshirilishiga imkon beriladi. Teskari aloqalarning o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, ular nafaqat tizim doirasida amal qiladi, balki uni tashqi muhit, bozor, iste’molchilar va shuning bilan bir qatorda boshqa iqtisodiy subyektlar bilan ham bog‘laydi. Uchinchidan, tadqiqot natijalari innovatsion jarayonning barcha bosqichlarida turli shakllarda qo‘llaniladi, ya’ni. innovatsion jarayonning barcha bosqichlarida texnologiyani tijoratlashtirish mumkin. To‘rtinchidan, boshqariluvchi chiziqsiz model innovatsion jarayon menejerlari va innovatsion mahsulot iste’molchilarining o‘rniga katta e’tibor qaratadi. Innovatsiyalar bo‘yicha menejerning faoliyati innova-tsion jarayonning barcha bosqichlarini qamrab oladi va ular shu asosda o‘zlarining boshqaruv faoliyatlarini tashkil etadilar. Yuqorida tilga olib o‘tilgan eng so‘ngi pozitsiyaga katta e’tibor qaratish talab etiladi. Kompaniyalarning innovatsion taraqqiyotini ongli ravishda boshqarish uchun bunday mutaxassislarning birgina innovatsion taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini bilishlari kifoya qilmaydi. Ular texnologiyalar transferti va tijoratlashtirish, intellektual mulkdan foydalanish va uning manfaatlarini himoya qilish, innovatsion loyihalarni boshqarish, biznesni rejalashtirish, bashoratlash, yangi mahsulot va texnologiyalarning tijoriy qiymatini baholash kabi masalalar borasida ham etarlicha aniq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Korxonalarda innovatsion jarayon modellarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, hayotiylik tsiklining turli bosqichlari uchun samarali biznes modellarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, bugungi kunda taraqqiyotning “moslashuvchanligi” va “tezligi” ni kafolatlash maqsadida “tizimli integratsiyalashuv va tarmoqlar yaratish” ga alohida urg‘u beriladi. Biznes – jarayonlar korxonani boshqarish jarayonida axborot tizimlaridan tobora keng foydalanilayotganligi asnosida elektron shakl-tamoyilga o‘tib bormoqda. Tashqi muhitda asosiy e’tibor “biznes ekotizimlari” ga qaratiladi. Birgalikda marketing tadqiqotlari va ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish borasida strategik hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi asnosida - ochiq innovatsiyalar paradigmasiga o‘tib borish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Download 31.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling