Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari
Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes-modellar
Download 31.55 Kb.
|
inn.iqt 2
3. Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes-modellarKo‘plab tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, kompaniyalar yangi g‘oyalarni taklif etadigan va bozorga chiqishni ta’min etadigan, bir so‘z bilan aytganda, sanoat sohasidagi yangi bilimlarni tijoratlashtirish bosqichiga olib chiqishni ta’min etadigan uslublar (modellar) bugungi kunda fundamental o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazmoqda. Asosan chiziqli modelga asoslangan dastlabki yondashuvlarga ko‘ra kompaniyalar o‘z g‘oyalarini o‘zlari rivojlantirishlari va takomiliga etkazishlari, so‘ngra uning asosida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishlari va shu mahsulot bilan bozorga chiqishlari, bozorda mahsulotni keng tarqatishlar, shundan so‘ng sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish, uni moliyalashtirishlari va qo‘llab-quvvatlashlari va ushbu barcha jarayonlarni birgina o‘zlari amalga oshirishlari kerakligini ko‘zda tutadi. Faqatgina katta imkoniyatga ega, ilmiy-tadqiqot bazasi, kuchli va uzoq muddatli ilmiy - tadqiqot dasturlari mavjud kompaniyalargina, bozorda chindan ham raqobatlasha olishlari mumkin. Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiyalar” paradigmasi, deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqatgina o‘zlarining ichki imkoniyatlariga tayanib ish ko‘rishga majbur qiladi. Ular ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta sarmoya kiritganliklari bois, bozorga ildam kirib borish tavsifiga ega bo‘lgan kashfiyot va ixtirolarga ega bo‘ladilar. Bunday kashfiyotlar mazkur kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish evaziga mahsulot va xizmatlar savdosining katta hajmini qo‘lga kiritish va ulardan yuqori daromad olishni ta’min etadi. Bu esa ularga ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yanada katta miqdorda sarmoya kiritish evaziga navbatdagi yangi kashfiyot va ishlanmalar yaratish imkonini beradi. Ichki ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining natijasi sifatida yuzaga keluvchi intellektual mulk o‘ta jiddiy muhofaza qilinganligi bois, boshqa kompaniyalar ushbu g‘oyalardan foyda olish maqsadida foydalana olmaydilar. “Yopiq innovatsiyalar” paradigmasi doirasida ITTKI larni boshqarish quyidagicha ko‘rinishga ega. Ushbu paradigmaning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, innovatsiyalar bilan bog‘liq barcha jarayonlar “ichki echim va qarorlar” ga asoslangan holda kompaniya chegarasida amalga oshadi. “Yopiq innovatsiyalar” modeliga asoslangan mazkur paradigma deyarli butun XX asr davomida ishonchli tarzda amal qilib keldi, ammo so‘nggi yillarda yopiq innovatsiyalarning asosiy tamoyillariga putur etkazuvchi bir qator omillar paydo bo‘ldi. Buning natijasida innovatsion jarayonlar tobora ochiqlik kasb etib bormoqda. Bunga sabab omillar sifatida 2000-yillarning boshida vujudga kelgan quyidagi o‘zgarishlarni keltirib o‘tishimiz mumkin: Sanoatlashgan jamiyatdan bilimlar jamiyatiga o‘tish, ushbu holatda bilimlar ishlab chiqaruvchi jamiyat institutlari, xususan universitetlar innovatsiyalar va taraqqiyotda muhim o‘rin tutadilar; Ishlab chiqarishni tashkil etishning yirik shakllaridan bozor o‘zgarishlariga nisbatan bir muncha barqaror va doimiy rivojlanishga moyil bo‘lgan kichik ishlab chiqarish shakllariga o‘tish; Bir paytning o‘zida ham nazariy ham amaliy tavsifga ega bo‘lgan biotexnologiya, kompyuter texnologiyasi va nanotexnologiyalar kabi sohalarda ko‘p o‘lchamli bilimlarning paydo bo‘lishi bu jarayonlarda bir vaqtning o‘zida ko‘plab mutaxassislarning ishtirok etishini talab etadi; Bir kompaniya doirasida to‘plangan bilim va ma’lumotlar, hatto patentlangan ishlanma va ixtirolar ham ko‘pincha moliyaviy, moddiy, mehnat va vaqt resurslarining tanqisligi bois to‘laqonli tarzda foydalanilmasdan qolib ketadi. Bu esa nafaqat kompaniya uchun, balki jamiyat uchun ham amalda foyda keltirishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarning amalda ishlatilmasdan qolib ketish xavfini kuchaytiradi; Ochiq intellektual mulk bozorining faol rivojlanishi; Yangi ish joyiga katta miqdorda bilim va g‘oyalarni olib keladigan tajribali va kasbiy jihatdan malakali kadrlar mobilligining doimiy o‘sib borishi; Yangi firmalar (start-ap kompaniyalar) barpo etishda xususiy venchur kapitali o‘rnining ortib borishi natijasida tadqiqotlar natijalarining tijoratlashish bosqichiga o‘tishi tezalashadi, bu kompaniyalarning yopiq tashqi chegaralarining buzilishiga zamin yaratib beradi.; Ko‘plab tovar va xizmatlarni bozorga olib chiqish muddatlarining vaqt o‘tgani sari qisqarib borishi sababli yuzaga keluvchi murakkabliklar , buning natijasida texnologiyalarnirg xizmat muddati tobora qisqarib bormoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning bir paytning o‘zida amalda bo‘lishi sharoitida yopiq innovatsiyalar modeli ish bermay qoladi. Asosiy texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va ITTKI larini birgalikda amalga oshirish uchun “ochiq innovatsiyalar” modeliga o‘tishni belgilovchi strategik hamkorlikni yaratish talab etiladi. “Ochiq innovatsiyalar” atamasi dastlab Genri Chesbro tomonidan ilmiy muoamalaga kiritilgan (“Ochiq innovatsiyalar. Texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishning yangi yo‘li” kitobida 2003 yil). Ochiq innovatsiyalar ichki innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan axborot oqimlaridan foydalanishni, shuningdek, innovatsiyalardan yanada samarali foydalanish uchun bozorlarni kengaytirishni nazarda tutadi. Ochiq innovatsiyalar nazariyasi tadqiqotlarni amalga oshirish va ishlanmalarni ishlab chiqish jarayonlarini ochiq tizim sifatida baholaydi. Kompaniya nafaqat o‘zining ichki ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarining natijasi sifatida yangi g‘oya va mahsulotlar bilan bozorga kirib borishi, balki hamkorlikda boshqa tashkilot va korxonalar bilan ham bozorda o‘z faoliyatini kengaytirishi ham mumkin. Ochiq innovatsiyalar modelida kompaniya nafaqatgina o‘zining ichki ITI ishlanmalaridan tashqari boshqa tashkilotlar bilan ham xamkorlik qiladi. Qo‘shimcha qiymatni qo‘lga kiritish uchun tashqi kanallar orqali ichki g‘oyalarni bozorga olib chiqishi ham mumkin, ya’ni kompaniya bunda mavjud biznes shakllari bilan chegaralanmaydi. Kompaniyadan tashqarida g‘oyalarni bozorga yangi mahsulot yoki xizmat sifatida olib chiqish mexanizmi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: avvaldan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning mutaxassislaridan tashkil topgan yangi kompaniyalar; litsenziyalash; xodimlarni tashqaridan jalb qilish; yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda ustuvor texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish va rivojlantirish. Bundan tashqari, teskari aloqalar ham mavjud, ya’ni yangi g‘oyalar dastlab firmalarning tadqiqot markazlari tashqarisida paydo bo‘ladigan va keyinchalik kompaniya ichkarisida qabul qilinadigan va foydalaniladigan va buning natijasida kompaniyaning chegaralari tobora shaffoflashib boradi. Quyidagi jadvalda G. Chesbro tomonidan yopiq va ochiq innovatsiyalar tamoyillarining o‘zaro taqqoslanishi keltirib o‘tilgan. Download 31.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling