Innovatsion jarayonning mohiyati va shakllari
Yopiq innovatsiyalar tamoyillari va ochiq innovatsiyalar tamoyillarinio‘zaro taqqoslash
Download 31.55 Kb.
|
inn.iqt 2
Yopiq innovatsiyalar tamoyillari va ochiq innovatsiyalar tamoyillarinio‘zaro taqqoslash
| Yopiq innovatsiyalar tamoyillari
| Ochiq innovatsiyalar tamoyillari
| Sohaning ustasi bo‘lgan iqtidorli insonlar bizda ishlaydilar.
| Har doim ham, barcha iqtidorli insonlar bizda ishlayvermaydilar. Biz kompaniyamizichida va ompaniyamizdan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi iqtidorli insonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishimiz lozim.
| Ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlaridan foyda olish uchun biz o‘zimizni kashf qilishimiz, uni mahsulot darajasigacha etkazib ishlab chiqarishimiz va yakuniy natijani ta’min-lashimiz kerak.
| Tashqi ITTKI innovatsion qiymatning asosiy qismini yaratishlari mumkin, ichki ITTKI esa mazkur qiymatning ma’lum bir qismini olish uchun zarurdir.
Yopiq innovatsiyalarga ega bo‘lgan kompaniyalarning asosiy jihatlari: g‘oyalarning asosiy qismi kompaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan g‘oyalar; xodimlar mobillik darajasining pastligi; venchur kapitali hajmining kichikligi; nisbatan yangi kompaniyalarning ozchiligi va ularning zaifligi; mazkur kompaniyalarning faoliyatida universitetlar o‘rnining ahamiyatsiz darajada ekanligi. Ochiq innovatsiyalarga ega kompaniyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: kompaniya faoliyatida tashqi g‘oyalardan keng foydalanilishi; xodimlar mobillik darajasining yuqoriligi; innovatsion jarayonlarda venchur kapitalining faol ishtiroki; yangi-kompaniyalar sonining ko‘pligi; universitetlar bilan yaqindan hamkorlik qilish. Biotexnologiya, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, kompyuterlar ishlab chiqarish, dasturiy ta’minot, kommunikatsiyalar, bank va sug‘urta xizmatlari singari sohalardagi ko‘plab kompaniyalar bugungi kunda bir paradigmadan boshqa bir paradigmaga o‘tish jarayonini boshidan o‘tkazmoqdalar. Yuqorida tilga olib o‘tilgan sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yirik kompaniyalardagi nnovatsiyalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlashtirilgan laboratoriyalar chegaralaridan tobora tashqariga chiqmoqda. Shunisi aniqki, ochiq innovatsiyalar modeli tadqiqotlar va ishlanmalar sohasida mutlaqo o‘zgacha tamoyillarni va kompaniyalar faoliyat yuritishi borasida boshqacha biznes-modellarni ishlab chiqishni talab etadi. Bugungi kunda biznes innovatsion salohiyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi tashqarida bo‘lgan innovatsion faoliyatning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Shunga qaramasdan atom energetikasi sanoati, harbiy-sanoat kompleksi kabi tarmoqlar mavjudki, ular yopiq innovatsion model sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘plab sanoat tarmoqlari bugungi kunda ochiq innovatsiyalardan foydalanish jarayoniga o‘tish bosqichida xarakat qilmoqdalar. Iqtisodiyotning ushbu sohalaridagi innovatsiyalarni shakllantirish markazi yirik markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan bugungi kunda keng rivoj topayotgan startap kompaniyalarga, universitetlarga va shuningdek innovatsion jarayonlarning vositachisi bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonga siljib bormoqda. Shu bilan kompaniyalar innovatsion faoliyatni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik va birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Joel Vest va Skott Gallagerlar ochiq innovatsion tizimning uch asosiy: motivatsiya, integratsiya, innovatsiyalardan samarali foydalanish vazifasini ajratib ko‘rsatishadi. Shuningdek, mualliflar ochiq innovatsiyalarni rivojlantirishning to‘rtta asosiy strategiyasini belgilab ko‘rsatdilar: Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirishni umumiy fondga birlashtirish orqali tashkil etish; Innovatsion mahsulotning komponentlarini alohida kompaniyalar tomonidan ishlab chiqish; Turli ommaviy innovatsion mahsulotlarni yaratishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ishlanmalarni erkin sotish; Yirik firmalarda innovatsiya sohasida qaror qabul qilish jarayonida byurokratik to‘siqlarni sezilarli darajada kamaytirish. Shu tariqa, innovatsion jarayonni boshqarish modeli sifatida ochiq innovatsiyalardan iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida tobora kengroq foydalanilmoqda. Alohida ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini saqlash xarajatlarining yuqoriligi bois, kompaniyalar ochiq innovatsion markazlarni yaratishga, hamkorlikda ishlanmalarni yaratishga katta e’tibor qaratmoqdalar. O‘zining ichki muhiti bilan cheklanib qolgan kompaniya innovatsion ishlanmalarning yaratilishiga takroriy sarf-xarajatlarni amalga oshirish hisobiga o‘zlarining barcha resurslarini sarflab tugatadilar. Yaratilgan ishlanmalar va ilmiy- tadqiqot ishlarining natijalaridan o‘z vaqtida foydalanilmasligi innovatsion g‘oyalarning ixtirochilari va ilg‘or texnologiyalarning yo‘qotilish xavfini kuchaytiradi. Kompaniyada mavjud bo‘lgan innovatsion jarayon modeli ham tegishli biznes -modelini yaratishni nazarda tutadi. Shubhasiz, innovatsiyalarni tijoratlashtirish, ularning innovatsiyalarga aylanishi, birinchi navbatda, hayotiy va raqobat sharoitida yashovchan biznesni shakllantirishni talab etadi. Garvard biznes maktabi professori Genri Chesbro bu borada shunday fikr bildiradi: “Texnologiyaning o‘zida hech qanday o‘ziga xos ichki qiymat mavjud emas - uning qiymati mazkur texnologiyaning bozorga muvaffaqiyatli kirib borishini ta’min etadigan biznes- model bilan belgilanadi”. O‘z navbatida, texnologik yangiliklarning tijoratlashuvi tashkiliy innovatsiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirishni talab qiladi. Ushbu holatda, tashkiliy innovatsiya deyilganda mos innovatsion biznes-modelning asoslanishi nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion biznes- model - bu innovatsiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish jarayonida kompaniyaning imkoniyatlarini bozor imkoniyatlari bilan bog‘lashning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan mexanizmdir. Download 31.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling