Innovatsion loyihaning mohiyati va ahamiyati Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy mezonlari
Loyihaning hayotiylik davri bosqichlari
Download 87.5 Kb.
|
Innovatsiya loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya obektlariga quyidagilar kiritishimiz mumkin
Loyihaning hayotiylik davri bosqichlari
Investitsion g‘oyani shakllantirish bosqichlari – bu o‘ylangan harakat rejasidir. Bu bosqichda investitsiya obyyekti va subyekti aniqlanadi. Investitsiya subyekti – investitsiyadan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardir. Investitsiya obektlariga quyidagilar kiritishimiz mumkin: yangi mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilayotgan, kengaytirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan korxonalar, bino, imorat – inshootlar; -alohida vazifani hal etishga qaratilgan qurilish kompleksi va rekonstruksiya qilinuvchi obyyektlar. Bu yyerda investitsiya kiritiladigan obyyekt yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Investitsion loyihalarda quyidagi investitsiya shakllari qo‘llaniladi: pul mablag‘lari va unga tenglashtirilgan maqsadli jamg‘arma, oborot mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar masalan aksiya yoki obligatsiya zayem, garov kredit va hokazolar; yyer; imorat, inshoot, mashina va qurilmalar, o‘lchov asboblari va boshqalar; pul yekvivaliyentiga yega bo‘lgan mulk huquqi. Amaliyotda investitsion loyihalar imkoniyatlarini tadqiq qilishda quyidagilar ko‘zda tutiladi: yeksport va importni hisobga olgan holda oldindan mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan talabni o‘rganish; mahsulotni bazis, joriy va bashorat qilingan narxi darajasini baholash; qatnashchilar tarkibi va loyihani amalga oshirishni tashkiliy – huquqiy shakllari yuzasidan takliflar tayyorlash; oldindan tijorat samaradorligini baholash va umumlashgan normativlar bo‘yicha ko‘zlangan investitsiya hajmiga baho berish; texnik iqtisodiy asosnoma bo‘yicha oldindan bahoni tayyorlash. investitsion imkoniyatlar natijasi asoslarini tasdiqlash. loyiha qidiruv ishlari shartnoma hujjatlarini tayyorlash. Investitsion imkoniyatlarni tadqiq etishning maqsadi – bu imkoniyatli investor uchun investitsion takliflarni tayyorlash hisoblanadi. Agar bu yyerda investorda ehtiyoj yo‘q bo‘lsa, unda barcha ishlar ishlab chiqaruvchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling