Innovatsiya-ziyo
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
trolleybus, 'tramvaykabi.
O'zbek tilidagi urg'u, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi, ammo ayrim o'zlashgan so'zlarda urg'u so'zning oldingi bo'g'inlarida bo'lishi ham mumkin: 'hamma, 'jami, ha'misha, a f suski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo'lish adabiy talaffuz m e’yoriga amal qilish imkonini beradi. Urg'u, aw alo, xosligiga ko'ra 2 xil: a) so'z urg'usi; b) m a’no urg'usi. 48 So‘z bo‘g‘inidan biriga tushib, uning ma’no va talaffuzini belgilab beradigan urg‘u so‘z urg‘usidir: zako'vat, ol'ma (ot), 'olma (fe'l). Unli tovush urg‘u oladi. 0 ‘zbek adabiy tilida urg‘u ko’pincha oxirgi bo’g ’inga tushadi. 0 ‘zakka qo‘shimcha qo’shilganda ham urg‘u oxirgi bo‘g‘inga ko‘chaveradi. Masalan: pax'ta, paxta'kor, paxtakor'lar. Biror tovushning urg‘u olishi nutq a'zosining harakati va nafas kuchiga bog’liq. Masalan: xiz'matchi. Urg’usi bilan farqlanuvchi so‘zga misol keltiramiz: agro'texnik (ot) - agrotexnik (sifat); aka'demik (ot) - akade'mik (sifat); at'las (ot) - 'atlas (ot (xarita); ban'da (ot) - 'banda (ot); bog"lar (ot) - 'bog 'lar (fe’l); bolagi'na (ot) - bo 'lagina (ot); bos 'та (sifat) - ' bosma (fe’l); bo'tin (ot) - 'botin (fe’l); bo'tir (sifat) - 'botir (fe’l); em'pirik (ot) - empi'rik (sifat); ener'getik (ot) - energe 'tik (sifat); eti'k (ot)~ e'tik (sifat); fi'zik (ot) - fi'zik (sifat); geo'fizik (ot) - geofl'zik (sifat); geo 'ximik (ot) - geoxi 'mik (sifat); gidro 'texnik (ot) - gidrotex 'nik (sifat); 'graflk(ot) - gra'ftk3 (sifat); gul'lar (ot) - 'gullar (fe’l); ' hozir (ravish) - ho 'zir (sifat); ish 'lar (o t)- ' ishlar (fe’l); ish 'chi (ot) - 'ish-chi (ot); 'klassik (ot) - klas'sik (sifat); 'kredit (ot) - kre'dit (ot); 'lirik(ot)- li'rik (sifat); mate'matik(ot)- matema'tik(sifat);meta'fizik (ot) - metafi 'zik (sifat); me 'xanik (ot) - mexa 'nik (sifat); 'mistik ( o t) - mis 'tik (sifat); mo 'da (sifat) - moda (ot). mosla'ma (ot) - 'moslama (fe’l); ol'ma (ot) - 'olma (fe’l); or'ganik (ot) - orga 'nik (sifat); ro 'mantik (ot) - roman 'tik (sifat); so 'ya (ot) - 'soya (ot) sur'ma (ot) - 'surma (fe’l); ta'ktik (ot) - tak'tik (sifat); te 'xnik(ot) - tex'nik (sifat); tort'та (ot) - 'tortma (fe’l); to'za (sifat) - to'za (ravish) ya'ngi (sifat) - yangi (ravish). Yuqoridagilar omonim so‘z hisoblanadi. Imloviy m e’yor. Orfografiya grekcha “to’g’ri yozmoq” demakdir. So‘z o ‘zak-negizi va qo’shimchasini yagona tarzda yozish haqidagi qoida yig’indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos. Orfoepiya va alifbo (grafika) bilan uzviy bog’liq. Rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo’lgan adabiy tilda so’zni bir xilda - yagona tarzda yozishni yo’lga qo’yish uchun imlo to ’g ’risida qonun qabul qilinadi. “O ’zbek filming asosiy imlo qoidalari” 1995-yil 24- avgustda qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat. 49 Imlo to‘g ‘risidagi qonunni ishlab chiqish murakkab jarayon bo‘lib, bir nechta tamoyilga tayaniladi. Bu orfografiya tamoyil (prinsip)i deyiladi. Orfografiyaning 5 tamoyili mavjud: 1) fonetik yozuv; 2) morfologik yozuv; 3) shakliy yozuv; 4) tar ixiy-an ’ anaviy yozuv; 5) farqlash yozuvi. Orfografiya tamoyili asli va talaffiizi muvofiq kelmaydigan holat uchun ishlatiladi. Masalan, kitob so'zining talaffiizida b tovushi p tarzida eshitiladi. Demak, so‘zdagi tovushning ash va talaffiizi farq qilganligi va so‘z o‘zlashma bo‘lganligi uchun imloda shakliy yozuv qoidasiga tayaniladi. Yoki men so'ziga -ning qo'shilganda asl holat menning bo‘lishi kerak edi. Talaffuz esa mening ko'rinishida. Demak, bunda tovushni tushirib yozishga asos bo‘lgan qoidaga tayaniladi. Talaffiizi va imlosi bir xil so'zga yozuv qoidasi ishlatilmaydi. Fonetik yozuv. 0 ‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish fonetik yozuv deyiladi. Masalan, ong o‘zagidan -la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi о o'm iga a talaffiiz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling