Innovatsiya-ziyo


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

keltirmoqda.
2. 
Abdulla Qahhor yozish и yoqda tursin, bunday holda hatto 
birovga dastxat ham bermas edilar. Umuman yozuvchilik ular uchun 
nihoyatda muqaddas ish edi.
Me’yoriy varianti: Abdulla Qahhor yozish и yoqda tursin, bunday 
holda hatto birovga dastxat ham bermas edilar. Umuman, yozuvchilik 
uning uchun nihoyatda muqaddas ish edi.
60


Morfologik me’yorning buzilishiga doir original misollami 
Abdulla Qahhor hajviyalarida o‘qiymiz: Pojamiy “gugurtni yerga 
tashlamang” dedi, rejissorimiz esa “gugurtning yerga tashlamang” 
dedi. Qanday chiroylik!
N utqning aniqligi. Nutqning aniqligi deganda, ishlatilgan til 
birliklarining o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq 
kelishi tushuniladi. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri bo‘lib, 
qadimdan m a’lumki, g‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham 
aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar.
Agar nutqning to'g'riligini ta’minlashda faqat lisoniy omillaming 
to‘g ‘ri qo‘llanilishi zaruriy belgi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi 
deganda, uning shakllanishiga xizmat qiluvchi nolisoniy holatlar ham 
nazarda tutiladi. Bu, eng aw alo, tilning tafakkur bilan birligidir. 
Chunki nutqning aniqligi tushunchasi ostida tabiat va jamiyatdagi narsa 
va hodisalar bilan ulaming nutqdagi atamasi orasidagi mutanosiblik 
tushuniladi. Shu m a’noda B.N.Golovin aytganidek, “aniqlikni 
“nutq—^tafakkur—>voqelik” zanjiri asosida belgilash mumkin”. 
Borliqdagi voqea-hodisalar har bir tilda o‘z ifodasiga ega. Lisoniy ifoda 
yordamida ular inson tomonidan anglanib, idrok etiladi, fikr 
almashinadi. Nutqning aniqligi deyilganda, til va borliqning nutqdagi 
aniq muvofiqligi tushuniladi: “...Agar inson tafakkurining eng yuksak 
yutuqlari, eng chuqur bilimlari so‘zda aniq va ochiq-oydin 
ifodalanmagan bo'lsa, ular baribir odamlarga noma’lum bo'lib 
qolaveradi. Bizning vazifamiz aytadigan fikrimizning boshqalar 
tomonidan qabul qilinishiga erishishdan iborat. Qabul qilish esa ko'p 
jihatdan o 'z nutqimizni qanday ifoda qilishimizga bog'liq”. 
Ko'rinadiki, nutqning aniqligi - nutqiy madaniyatning, nutq 
mas’uliyatining muhim sharti. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 
Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, G'afiir G'ulom, Oybek, Abdulla 
Qahhor, Abdulla Qripov kabi o'zbek so'z ustalarining tilga va so'z 
qo'llashga munosabati shu mas’uliyat mahsuli. Ayniqsa, Abdulla 
Qahhor fikrlari biz uchim ulkan saboq.
Abdulla Qahhor yozuvchi M a’ruf Hakimning “Qahramonning 
o'Umi” hikoyasini tahlil qilar ekan, Botir beliga qator beshta bomba 

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling