qo 'liga yelimga о ‘xshagan bir narsa yopishganligini sezdi: qorong'ida
nima ekanini bilolmay qoldi - Jenya... yigitning ko'ziga uzoq tikilib
qoldi. Bir paytda bo‘layotgan ushbu voqealar ifodasidagi mazmunni
qiyosiar ekan, “qo'lga tekkan qon ko'rinmagan qorong'ida ko‘z
ko'rinadimi?” deydi Abdulla Qahhor.
Adib yana yozadi: “Adabiyotda yolg'onning katta-kichigi yo‘q.
Hammasi ham baravar zarar. “Uchrashuv” (M.Hakim)da mana bunday
yolg'on gap bor: “
Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko'kni bulut
bosgan. Bironta ham yulduz y o ‘q edi/”
Shundan besh satr pastda
“Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq ufqdan chiqib
ketayotgan bulutlaming ko'rinishi xunuk edi”. Uzoq ufqdan chiqib
kelayotgan bulutlami ko'rish uchun havo qisman bo'Isa ham,
ochiq
bo'Iishi kerak. Bu yerda yo “ko'kni bulut bosgan”i, bironta ham yulduz
yo'qligi yolg'on yoki “uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlar”
to'g'risidagi gap behuda”.
Ko'rinadiki, yozuvchi M a’ru f Hakim yozgan narsalardagi
ziddiyatlar uning nutqining borliq bilan
muvofiq kelmayotganligini
ko'rsatmoqda, “Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin, - deydi
B.N.Golovin, - bu so'z va uning ko'pchilik tomonidan qabul qilingan
ma’nosi hamda uning nutqda qo'llanishi bilan muvofiq kelishi.
Ko'rinadiki, aniqlik
nutqning xususiyati sifatida, eng aw alo, til
sistemasidagi lug'aviy daraja bilan bog'lanadi.
Boshqacha aytganda,
nutq aniqligi termini ostida voqelik va uning tildagi ifodasi bo'lgan
lug'aviy birlik - so'z o'rtasidagi o'zaro moslik anglashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: