Innovatsiya-ziyo


Majnun bo 'lib yig ‘lab qichqirdi


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

Majnun bo 'lib yig ‘lab qichqirdi ( H.Olimjon). 
gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyning kitobini oldim qo‘limga) bir-biriga 
bog'liq bo'lib, tejash uchun kitob so'zi tushirib qoldirilgan. Natijada 
Fuzuliy so'zi shaxs m a’nosini emas, kitob so'ziga xos m a’noni 
ifodalagan.
Metonimiya turli ko'rinishda bo'ladi:
1) o'ringa munosabatiga ko'ra: birstakan (suv) ichdim, bir iarelka 
(ovqat) yedim, qishloq uyquda;
2) vaqtga ko'ra: o'nga (yosh) kirdim, yarim yillik (imtihon) 
topshirildi;
3) muallif va asar orasidagi munosabatga ko'ra: Pushkinni (asar) 
o'qidim vahokazo.
Metonimiya asosidagi ko'chma m a’no - fikrni lo'nda va ta’ sirchan 
bayon qilish vositasi. Misollar: l.Darsdan keyin A.Qodiriyni s o ‘rab 
olish umidida sinfdan o g ‘aynim bilan birga ularnikiga bordim 
(O.Yoqubov). 2. Uningperosi qasos o'ti bilan yonardi (A.N.Tolstoy).
3. Mazkur gaplaming hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli.
Sinekdoxa. Sinekdoxa yunoncha synecdoche so'zidan olingan 
bo'lib, “birga anglash” demakdir. Qism bilan butun munosabati asosida 
ma’no ko'chirish sinekdoxa usulidir. Sinekdoxa metonimiyaning bir 
ko'rinishi deb ham yuritiladi. Ammo undan farqli ravishda sinekdoxada 
miqdoriy tavsifga asoslaniladi. Masalan, bosh, iuyoq so'zi (ya’ni, qism) 
orqali hayvon (ya’ni, butun) tushuniladi. Yurak, tirnoq so'zi (ya’ni, 
qism) orqali odam (ya’ni, butun) anglashiladi. Sinekdoxada butun 
orqali qism ham anglashishi mumkin. Masalan, Besh qo barobar emas 
gapida qo'l (ya’ni butun) so'zi orqali barmoq so'zining ma’nosi 
anglashilmoqda. Nikolay zamonida ostonam tuyoq ко ‘rmagan (Oyb.) 
gapida qism (tuyoq) orqali butun (mol) ifodalanayotir. Misollar: 1. 

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling