Innovatsiya-ziyo
“Nutq madaniyati” kursining boshqa fanlar bilan o‘zaro
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
“Nutq madaniyati” kursining boshqa fanlar bilan o‘zaro
munosabati. Madaniy nutq salohiyatiga erishish va ta’limda uni 14 ta’minlashga ko‘maklashish boshqa fanlar bilan aloqador ish ko‘rishni taqozo etadi. Zero, nutq madaniyati ihotalangan hodisa emasligi tayin. Nutq madaniyati sohasi boshqa fanlarda ham bo’lgani kabi bir qator fanlar, fan sohalarming materiallari va yutuqlariga suyanadi. “Nutq madaniyati” ta’Iimida falsafa, pedagogika, metodika, psixologiya, axborot texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, etika, estetika fanlari yutuqlariga tayanilsa, nutq madaniyatini egallashda ulardan falsafa, pedagogika, metodika, psixologiya, axborot texnologiyalari birinchi darajali fanlar doirasida turmaydi. Sohaning boshqa fanlar bilan aloqasi ikki yo‘nalishda qaror topadi: - nutq madaniyati ta’limi yo‘nalishi; - nutq madaniyatini egallash yo‘nalishi. Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatda, tilshunoslikning fonetika, morfologiya, leksikologiya, sintaksis, uslubshunoslik sohalari, adabiyotshunoslik fani bilan, ikkinchidan, esa mantiqshunoslik, psixologiya, falsafa, estetika va etika kabi ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqada. Nutq madaniyati sohasi fan sifatida falsafa fani bilan aloqador. Chunki falsafa nutq madaniyati ta’limining ilmiy metodikasini, metodologik asoslarini belgilab beradi. Nutq jarayoni, ya’ni gapirish, eshitish va tinglash, tilni bilish holatlari, nutqni qabul qilish, tushunish sharoitlari, nutqdagi ayrim o'ziga xos ko‘rinishlari, ichki nutq kishining shaxsiy taraqqiyotida, ayniqsa, uning yoshligida nutqning shakllana borishi kabi masalalar psixologiya fani tomonidan o‘rganiladi. Demak, tilshunoslik til qonuniyatlari, tilning qurihshi xususiyatlarini o ’rgansa, psixologiya nutqning inson ruhiyati bilan bog‘liq jihatlarini o ‘rganadi. Nutqning psixik faoliyat bilan aloqador tomonlarini o‘rganishda tilshunoslik psixologiya fani tajribalariga suyanadi. Nutq madaniyati mantiq - tafakkur qonunlari va fikrlash shakllariga oid ta’limot bilan ham bog‘liq. Masalan, har doim to‘g ‘ri, o‘rinli va ta’sirchan so‘zlash bevosita mantiqiy tafakkur bilan betgilanadi. Mantiqiy tafakkurning darajasi nutqning mantiqiyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Zero, nutq va mantiq so‘zlarining o ’zakdoshligi ham buni asoslaydi. Nutqning madaniyligi shaxsning etik, estetik saviyasiga juda ham bog'liq. Bu esa nutq madaniyati sohasining yuqorida zikr etilgan har 15 ikki yo‘nalishida ham etika va estetika fenlari bilan aloqadorligini ko‘rsatadi. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling