Innovatsiya-ziyo


  “Nutq madaniyati” kursi doirasida o‘rganiladigan asosiy


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

2. 
“Nutq madaniyati” kursi doirasida o‘rganiladigan asosiy 
masalaiar. Belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda 
0‘quv kursi qator masalaiar bo’yicha bahs yuritadi. Ular nutq va 
muloqot madaniyati bilan bevosita yoki bilvosita bog’langan nazariy va 
amaliy muammolardir. Xususan, nutq va uning shakllari doirasida:
13


- nutq muloqotning bir ko'rinishi ekanligi;
- nutq madaniyati tushunchasi;
- nutqning og‘zaki va yozma, rasmiy va norasmiy turlarining 
o'ziga xos jihatlari;
- nutq madaniyati va uslubiyatning o ‘zaro aioqadorligi va 
munosabati, o‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari;
- nutq va mantiq munosabati;
- nutq, notiqlik va voizlik tushunchalari haqida so‘z yuritiladi.
Muloqot madaniyatini yuksaltirishda notiqlik va nutq madaniyati
tarixidan lavhalar berish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan bu 
masala doirasida:
- antik davrda notiqlik va nutq madaniyati;
- Sharqda notiqlik va nutq madaniyati masalalari;
- zamonaviy notiqlik sirlari, muloqot madaniyatiga daxldor sara 
qarashlar, amaliy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi. Bu masalalar 
talabalar uchim namuna vazifasini o‘tab, ulardan ibrat olishga undaydi.
Madaniy nutq o‘ziga xos m e’yor va qoidalarga ega. Shuning uchun 
ushbu masala doirasida:
-m adaniy nutqning talaffuz m e’yorlari;
- madaniy nutqning imloviy m e’yorlari;
- madaniy nutqning punktuatsion me’yorlari;
- madaniy nutqning leksik va grammatik m e’yorlari;
-m adaniy nutqning uslubiy m e’yorlari;
- madaniy nutqning pragmatik me’yorlari bilan tanishtirish 
talabalaming muloqot kompetensiyalari rivojlanishida katta rol 
o‘ynaydi.
Madaniy nutqning asosiy kommunikativ sifatlari haqidagi bilim va 
malakalami rivojlantirish madaniy nutqning asoslaridandir.
Ma’liunki, madaniy nutqda tilning o ‘ziga xos unsurlari ishtirok etib, 
nutqning ko‘rki va sifatini ta’minlaydi. Shu boisdan nutqda tilning 
tasviriy vositalari, ko‘chimlar (metafora, metonimiya, sinekdoxa, 
vazifadoshlik, ironiya, sarkazm), uslubiy figuralar (takror, inversiya, 
ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq) haqida yengil nazariy 
bilimlar berilib, ularning qo‘llanishini avtomatlashtirish darajasi 
mukammallashishiga ko’maklashiladi.

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling