Innovatsiya-ziyo


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

Internet saytlari:
1. www.ziyo.net
2. www.thinsan. com
3. www. uforum.uz
4. www.literature.uz
93


FIKRNI TURLINUTQIY SHAROIT VA VAZIYATGA MOS 
IFODALASH MASHQLARI
Reja:
1. Nutqning nutqiy sharoitga mosligi.
2. Nutqning tinglovchiga mosligi.
Mashg‘ulot annotatsiyasi
Pragmatik kompetensiya til imkoniyatlaridan nutq sharoiti
vaziyatiga mos ravishda foydalanishini bildiradi. Nutqiy faoliyatda 
nutq uslublari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), 
shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, 
salomlashish, so'rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq 
strategiyasi, taktikasi kabilar bevosita real nutqiy vaziyat bilan bogTiq 
ravishda reallashadi. Ona tilining keng imkoniyatlaridan aniq nutqiy 
vaziyatda, nutq uslubida oqilona, samarali foydalana olish malakasiga 
ega bo'lishga erishish pragmatik salohiyatning negizini tashkjl etadi.
Har bir kishi muayyan muloqot vaziyatida o‘z maqsadiga muvofiq 
ravishda ko‘plab variantdosh til hodisalaridan ayni shu vaziyat uchim 
mosini tanlab qo‘llash malakasiga ma’lum darajada ega. Masalan, bir 
kishi ikkinchi bir kishini o‘z oldiga kelishga undamoqda. Bu “Bu yoqqa 
kel!”, “Bir kelgin!”, “Bir kelib ket!” “Kelasanmi!” “Kelaqol!”, 
“Keling-da!’\ “Hoy, bu yerga!” “Ey, bu yoqqa!”, “Menga qara(ng)!’\
“Birdaqiqa!” “Mumkinmi?” “FalonchiGon/xon/aka/opa)!” kabiyuzlab 
ifodalar, har xil imo*ishoralar yordamida voqelanish imkoniga ega. 
Lekin ular qanday nutqiy vaziyatda, kimga nisbatan ishlatilishi, qanday 
samara berishijihatidankeskin farqlanadi. Bunda so‘zlovchiningushbu 
sharoit, vaziyat uchun kamroq quvVat sarflab, qo‘proq samaraga 
erishishini ta’minlaydigan til birligini tanlash kompetensiyasi ishga 
tushadi. Boshqacha aytganda, kishida tilning “Bu yoqqa kel!” 
xazinasidan nutq vaziyati, sharoitiga muvofiq foydalanish layoqatining 
rivojlanganlik darajasi muloqot natijasi va samarasiga jiddiy ta’sir 
qiladi.

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling