Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 1.26 Mb.
bet26/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Mentalitet hatto bir mafkura boshqasiga o‘zgarganda ham o‘zining asosiy parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon bo‘ladi.
Mentalitet – bu xalq madaniyatining keng maydondagi kvint-esseksiyasidir. “Mentalitet” kategoriyasi, odatda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasining tarkibini psixologik tahlili mentalitet tushunchasini muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning integral tasviri sifatida tushunish imkonini beradi. Bu tahlil I.G.Dubrov, V.I.Kukushkin, A.S.Pamarin, V.S.Barulinlar tomonidan o‘tkazilgan. Boshqacha aytganda mentalitet jamiyatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi, jamiyat dunyoqarashining asosiy o‘lchovi sifatida tushuniladi.
Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda bo‘ladi:

  • ishlab chiqarish qurollari va mehnatning jamoaviy natijalari;

  • ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar;

  • til va muloqot.

Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda hali fanda mentalitet tushunchasi tor va keng ma’noda tushuniladi.
Keng ma’noda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilish o‘ziga xosligi sifatida o‘zining tabiat va ijtimoiylashtirishni qabul qilishga o‘zicha dunyoga munosabatda bo‘lish imkonini beradi.
Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy majburiyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani e’tirof etadi. Oila:

  • milliy axloqiy normalarni o‘zlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning qadriyatlariga ko‘nikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi.

  • millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yo‘li orqali alohida shaxslar ongi va ruhiy olamiga kirishini ta’kidlaydi.

  • milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi.

  • o‘zining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi.

  • milliy odatlar, urf va an’analarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi.

Oilaning barcha sanab o‘tilgan xususiyatlari o‘zbek oilasida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
O‘zbek xalqi shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib ta’lim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan. Bunday qadriyatlarga avvalo o‘z yurtining o‘tmishiga hurmat, milliy an’analarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga mehnat faoliyatining xarakteri va yo‘naltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish darajasi, madaniy ta’lim darajasi ta’sir qiladi.
Milliy xislatlar shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi- milliy odat va an’analar hisoblanadi.
Axloqiy qadriyatlar asosida o‘zbek oilasida rostgo‘ylik, vazminlik kabi xislatlar shakllanadi. O‘zbek oilasining pedagogik va psixologik xususiyatlari alohida e’tiborga loyiq. Chunki ular hayot tarzi, ma’naviy axloqiy muhit, tarbiyaviy tamoyillarni belgilab beradi. Bularga milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy amallarga hurmat, bolalarni yaxshi, xayrli ishlarni qilishga undash, o‘z so‘zida turish, kattalarning yoshlarga namuna bo‘lishi, sabr-toqatli bo‘lish, yosh xususiyatlarining inobatga olinishi, munosabatlarning hamkorligi, o‘zaro hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi.
Bir qator tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlar asosida biz shunday xulosaga keldikki, tarbiyaviy ta’sirlarning natijalari o‘zbek millatining o‘ziga xos xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni esa shartli ravishda ikkiga bo‘lsak bo‘ladi:

  • xarakterli-ishonuvchanlik, hissiyotlik, sodiqlik, sabrlilik, bolalarni sevish;

  • axloqiy-tarbiyalanganlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, mehribonlik, insoniylik, insoflilik, g‘amxo‘rlik, saxiylik. vatanparvarlik.

An’analar iqtisodiy va ma’naviy borliqning tarkibiy unsuri sifatida qaysidir ma’noda bizning hayotimizni kelajak bilan bog‘laydi. Har bir rivojlanish bosqichida an’analarning mazmuni va ahamiyati aniq ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va vazifalar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari-maishiy, ijtimoiy, san’at sohasining zaruriy tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, an’ana va odatlar odamlarning har bir davrdagi ko‘p asrli qarashlarini mujassamlashtiradilar. Aksariyat hollarda an’analarning kelib chiqishi muhim tarixiy hodisalarga borib taqaladi.
Xalqda faqatgina insonlarni tashqi va ichki holatda birlashtiruvchi shu qadriyatlar qadrlanadi. An’analar qanchalik qadimiylik ega bo‘lsa, shuncha ishonch bilan ularning ahamiyati va uning jamiyat institutlari tomonidan qabul qilinishiga e’tibor qaratsa bo‘ladi.
An’analar o‘z ifodalarini topish bo‘yicha nihoyatda milliylik xususiyatiga egadirlar, biroq tarixiy rivojlanish mobaynida ular boshqa xalqlari tomonidan ham boyitiladi va shu paytning o‘zidayoq umumxalq, xalqaro qiyofaga ega bo‘lishadi. An’ana va odatlarga ikki o‘zaro bog‘liq ijtimoiy vazifa xosdir:
a) shu jamiyatda o‘rnatilgan munosabatlarni barqarorlashtirish vositalari,
b) bu munosabatlarni yangi avlod hayotida amalga oshirish. Bu vazifalar turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: agar an’analar bu hayotda qanday harakat qilish lozimligini aniq belgilab qo‘ygan bo‘lsa, unda an’analar, yurish-turishning umumiy me’yorlari yoki tamoyillarini ilgari surishadi.
Hozirgi kunda o‘zbek xalqining mentaliteti milliy istiqlol g‘oyasiga asoslanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning fikricha quyidagilar milliy mentalitetning asosiy tushunchalari hisoblanadi:

  • Vatanga muhabbat:

  • ona tiliga muhabbat:

  • milliy axloqiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlar:

  • oila:

  • mahalla:

  • islom dini:

  • ta’lim va ma’rifatning o‘rni:

  • umuminsoniy qadriyatlarga tayanish.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling