Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 1.26 Mb.
bet2/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
Navoiy innovatsiyalar instituti rektori
___________B.F.Yalg‘ashev
2022 yil “___” ________



BOLALARNING IJTIMOIY
MOSLASHUVI
O‘QUV – USLUBIY MAJMUA



Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Ta'lim sohasi:

110000 – Ta’lim

Ta'lim yo‘nalishi:

60110200 – Maktabgacha ta’lim


NAVOIY – 2022


Ijtimoiy pedagogika fan sifatida




REJA:

  1. Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.

  2. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

  3. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika.

  4. Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari.

  5. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.

  6. Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim.



Tayanch iboralar: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti, ijtimoiy tarbiya metodikasi, ijtimoiy tarbiya psixologiyasi, ijtimoiy tarbiya nazariyasi, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy falsafa.


Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to‘ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko‘pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir. XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy materiallar manbai hisodlanadi.
Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro‘y bera boshladi. Uning qayta “tug‘ilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmagani bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab oluvchi ta’rifni berish ancha murakkab hisoblanadi.
Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qiladilar.
Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika”dir.
V.D.Semenov “Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan, deb hisoblaydi.
I.P.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud:
“Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir”.
M.A.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o‘zi ob’ektiv bilimlarini tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, ya’ni “Pedagogika” va “Sotsiologiya”ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog‘liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni keyingi yillarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, kasb-hunar pedagogikasi, pedagogika tarixi va boshqa bir qancha fanlar mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo‘ldi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o‘rganadi. Biroq ular o‘ziga xos yo‘nalishlarni va xususiyatlarni tadqiq etadi. Bu fanning o‘ziga xos xususiyati “ijtimoiy” so‘zida mujassamlashtiilgan.
“Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq barcha jarayonlar tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o‘sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatga qo‘shilishi(integratsiya) bilan bog‘liq xodisalarni alohida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari va boshqalar) ijtimoiylashuv deyiladi.
Shunday qilib, agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay ularning o‘ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashish ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning o‘ziga xos vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling