Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 1.26 Mb.
bet5/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan, mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari hamda texnologiyalar bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersak ham bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan iborat. Bu bo‘limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo‘yicha muayyan tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy falsafa falsafa, etika, sotsiologiya va pedagogika fanlarining to‘qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan, ijtimoiy tarbiya va uning vazifalariga ta’rif beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiyaga nisbatan umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat sifatida tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi hamda viktimiolgiya ma’lumotlarini inobatga olib individual, guruhli, ijtimoiy sub’ektlar nima ekanligini va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling