Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, guruhlarga birlashish sabablarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Shu bilan birga o‘z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo‘ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, “Mehribonlik uylari”, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash va boshqalar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning kompleks xarakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo‘ladi.
Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i haqidagi masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi. Bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo‘ladi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil etadi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya – jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv muammolarini o‘rgana turib, sotsiologik ma’lumotlarga murojaat etadi va ulardan o‘z o‘rnida foydalanadi. (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |