Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 1.26 Mb.
bet40/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Mavzu bo’yicha ma’lumot:
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta‘sirlar hamda ichki kuchlar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi. Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yetakchisi bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib olishi mumkin. Bu o‘z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o‘zlashtirishdayetakchi vazifani bajaradi.
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros ―katta‖), mezo – (mesos -o‘rta‖) va mikro (micros ―kichik‖) omillarini farqlaydilar.
Makroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy plan etar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mezo omillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta‘siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikro omillar - yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta‘lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya‘ni bola o‘sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling