Innovatsiyalar vazirligi buxoro innvatsiyalar universiteti
Download 442.62 Kb.
|
TURNIK
Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarida jismoniy tarbiya. Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamlakatlarida qadimgi an’analaming uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyataing sekin rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Hindiston. O‘rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari Hindistonda keng tarqalgan. Bunda kurash, kamondan o‘q otish, yugurish, ot o‘yinlaridan foydalanildi. Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yoga, marosim o‘yinlari va boshqa mashqlar ommalashgan. Xitoy. Dehqonlaming «sariq ro‘mollilar» deb nom olgan qo‘zgcolonlari III-V asrlarda davom etib kelgan. Hukmdorlar aholidan qurollami yig‘ib olgan va ularni ishlatishni taqiqlagan edi. Shu sababli xalq orasida qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. VI asrda Xitoy ushu gimnastikasi tez rivoj topdi. Bunda qo‘l va oyoqlami ishlatib jang qilish, kaft va uning qirralari bilan urish amalga oshirilgan. Min sulolasi hukmronligi davrida ushu keng rivojlangan edi. Unda 20 xildan ortiq qurollar va tayoqlar qo‘lIanilgan. Lekin o‘q otish qurollarining paydo boiishi bu turlar taraqqiyotini ancha pasaytirgan edi. ShUnga qaramasdan, ushu mashqlaridan davolash maqsadida foydalanish davom etgan. Xitoyda ot ustida chavgon va hindlarga xos xatxa-yoga bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib turilgan. Yaponiya. O‘rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madaniyatning rivojlanishi Samuraylar institutining tashkil etilishi bilan bevosita bog'liq bo‘lgan. Samuraylar kichik yer egalarining harbiy-feodal tabaqasi bo‘lib, ulaming jismoniy tarbiya tizimi xilma-xil kurash turlari: sumo, jiu-jitsu va karate, kendo - bitta yoki ikkita qilich bilan jang qilish san’ati, noginata - nayza bilan kurashish, piyoda va otda yugurishda kamondan o‘q otish, marosim bellashuvlar, turli xil to‘p o'yinlari kabimashqlardan iborat bo‘lgan. Markaziy Amerika xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlargacha bu mintaqada inklar, mayya va atsteklar davlatlari mavjud bo‘lgan. XII asrlarda bu mamlakatlarda ma’lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo‘lgan. Bunda davlat miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Download 442.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling