Innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Seysmomustahkam bino poydevorlarini loyihalashning umumiy qoidalari


Download 161.24 Kb.
bet11/12
Sana05.04.2023
Hajmi161.24 Kb.
#1273457
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mamatqulov 21-19 (2) (2)

Seysmomustahkam bino poydevorlarini loyihalashning umumiy qoidalari
Zilzila paytida binolarning qulashi mislsiz falokatlarga olib keladi, shu boisdan ulaming seysmik mustahkamligiga jiddiy e’tibor talab etiladi. Bino loyihalanayotganda hisob va hayot sinovlaridan o‘tgan ma’lum konstruktiv choralar amalga oshirilsa, inshootning zilzilaga qarshiligi ortadi.
Yirik panelli binolarni yuqori darajada industrlashtirish imkoniyatlari katta bo'lganligidan binokorlikning bu uslubi seysmik va noseysmik tumanlarda keng qo‘llaniladi. Bino vaznining yengilligi (g'isht devorli binolarga nisbatan 1,2—2 baravar yengil) devor materialining mustahkamligi, yuk ko'taruvchi konstuksiyalaming soddaligi va ularni planda bir me’yorda tarqalganligi yirik panelli uylaming afzalliklaridan bo'Iib, seysmik zonalarga jadal sur’atlar bilan kirib kelishiga keng y o i ochib berdi. Poydevorning chuqurligi noseysmik tumanlardagi kabi olinadi. Yuk ko'taruvchi devorlar ostiga lenta poydevor ishlash maqsadga muvofiqdir. Poydevorlar monolit yoki yig'ma betondan ishlanishi mumkin. Binoning ostki devorlari poydevor yoki yerto'la devorlaridan chiqib turgan armaturalarga mahkamlanadi. Agar poydevor yig'ma bo'lsa devor ostiga monolit temir-betondan yostiq ishlanadi. Agar yerto'la bo'lmasa yig'ma beton bloklari ustiga 100 mm qalinlikda yotqizilgan temir-beton kamaryordamida bir-biriga bog'lanadi. Kamar ustiga tashqi va ichki devorlar o'rnatiladi. Chiqarib qoldirilgan armaturalar kavsharlanadi, so'ng 200 markali beton bilan yaxlitlanadi. Yerto'la devorlari qalinligi 140 mm, beton markasi 200 bo'lgan panellardan tiklanadi. Panel chetlaridan chiqib turgan armaturalar ularni vertikal va gorizontal choklar bo'yicha qo'shni elementlarga mustahkam bog'lanish imkonini beradi.


2.3. Qurilishda qo’yiladigan barcha umumiy iqtisodiy talablar
Baholash tamoyillari bozorda ko'chmas mulk holati tahlil qilinadigan nuqtayi nazarlarni shakllantiradi va belgilaydi. Qiymat baholangan vaqtda, baholash obyektini turli nuqtayi nazarlardan tartib bilan ko‘rib chiqish va tahlil etish amaliyotda keng qo'llaniladi. Baholash tamoyillari — foydalanuvchilarning, mulkchilik komponentlarining o'zaro munosabatlarini, ko'chmas mulk bozorini va mulkdan eng yaxshi va samarali foydalanish nuqtayi nazarlarini aks ettiradi. Foydalanuvchining nuqtayi nazarini aks ettiruvchi vaziyat asosida quyidagi tamoyillar yotadi: - foydalilik tamoyili; - o'rindoshlik tamoyili; - kutish tamoyili.
Foydalilik tamoyili — muayyan ko'chmas mulkning foydalanuvchi ehtiyojlarini qoniqtirish qobiliyatidir. Ko‘chmas mulk muayyan foydalanuvchi uchun uning iqtisodiy, shaxsiy singari ehtiyojlarini amalga oshirish foydali bo'lgan taqdirdagina qiymatga ega bo’ladi. Masalan, agar kimdir ko‘chmas mulk uchun pul to’lashga tayyor bo’lsa va shu bilan birga mulkdorga daromad keltirsagina bu ko‘chmas mulk foydalidir. Ko'chmas mulk o‘z egasini faxrlantirsa yoki mulk egasining oilaviy ehtiyojini qoniqtirsagina foydalidir.
O'rindoshlik tamoyili shundan iboratki, bunda ko'chmas mulkning eng yuqori bahosi, o‘xshash foydalilikka ega boshqa obyekt sotib olinadigan eng kam summa bilan belgilanadi. O‘ziga xos, tadbirkor xaridor mahalliy bozorda bir xil foyda keltiruvchi o‘xshash obyekt qiymatidan ko‘proq pulni obyekt uchun to’lamaydi. Bunday xaridor yangi obyekt qurilishi qiymatidan ko‘proq mablag‘ni mulk uchun sarflamaydi.
Kutish tamoyili bolajak foydalarga va ularning hozirgi qiymatiga nisbatan foydalanuvchining nuqtayi nazarini belgilaydi. Kelgusi foydalarni kutish ulaming miqdorini va o‘ziga xos tomonlarining o‘zgarishi ehtimoli bilan bog’langan bo’lib, bu o‘z navbatida, mulkning haqiqiy qiymatiga ta’sir etishi mumkin. Kutish tamoyillarining asosida vaqt mobaynida pul qiymatining o'zgarishi nazariyasi yotadi.

Download 161.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling