Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti «tarix» fakulteti
I. BOB. Eron ahamoniylari haqida umumiy ma'lumot
Download 46.97 Kb.
|
Ahamoniylar Muhriddin tayyor
I. BOB. Eron ahamoniylari haqida umumiy ma'lumot
1.1. Eron ahamoniylari davlatining tashkil topishi O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyati jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida birlashtirib, ular ustidan hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi biror ma’lum bir vaqt barqaror boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni ko’rsatsa, boshqalar bu davlat tarkibidagi xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy aloqada ekanligi hamda ular rivojlanish darajasi deyarli bir xil ekanligini ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari atrofida yashovchi aholining kamchiligi bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta davlatlarda butun aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat, qabila-yu, qavmlar ko’p sonli va turli tilda so’zlashar edilar. Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar, ular dastlab podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I davrida (mil. avv. 600-559) Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning qizi o’rtasidagi nigohdan Kir II (Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach Parsua taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda Pasargada shahrini qurdirib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kir II bobosi Asteag qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga qo’shib oladi. Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli-G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. Ahamoniylar davlatining poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo‘lgan. Forslarga qadar Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So‘ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Axomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Miloddan avvalgi 558 yil Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar boʻlib, 553 yil midiyaliklar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Forslar 550 yil gʻalaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mobaynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar oraligʻida Kichik Osiyoning kattaqismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512 yillar oraligʻida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismi boʻysundirilgan.Ariylar qabilalari joylashgan yurt kеyinchalik Eron dеb atalgan2. Kir II g’arbda Lidiya shohi Krass qo’shinlarini, shimolda armanlarni yengib, butun kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan so’ng Geradodning xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak va misrliklar turar edi”. Mil. avv. 545-530-yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham bosib olib Hind daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. avv. 530-yilda Kir II O’rta Osiyo ko’chmanchilari massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz II o’tiradi. “… shundan so’ng Kambiz II bor e’tiborini g’arbga tomon qaratadi va natijada milloddan avvalgi 525-yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy urushi muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon ko’taradi. Isyonni bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi (522-yil) shundan so’ng Eron taxtiga Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi. Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi” Gaumatadako’pchilik Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga o’tkazish kerakligini aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan ko’p o’tmay mil. avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan so’ng Eron taxtiga Ahamoniylar urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-486-yillar ) Doro I podsholigini dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya va boshqa hududlarda boshlangan qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan bostiradi. Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki yillarida bu haqda Doro shunday deydi. “… Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani o’ldirganimda, faqat bitta Asina ismli kishi Upadarmining o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam hukmdoriman. Shundan so’ng isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u yerga “gonsa”3 yubordim. Asina tutub keltirildi va men uning boshini oldim. A.Asqarovning ta’kidlashicha, juda qadim zamonlarda Eronning forslar egallagan janubiy hududi shumerlar tomonidan Nim (baland) dеb yuritilgan, akkadlar esa uni «Elamtu» dеb ataganlar. Elamtu xalq orasida «Tog‘li mamlakat» nomini anglatgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini «Hotamtu» dеb ataganlar. Rivoyatlarga ko‘ra shu yurtga qachonlardir ko‘chib kеlib, hukmronlikni qo‘lga kiritgan forslarning nufuzli oilalaridan biri Ahamon miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida o‘z sulolasiga asos solgan. Ahamonning o‘g‘li Chishpish miloddan avvalgi VII asrda fors qabilalari ittifoqini tuzadi va shu tariqa Eronda, Ahamoniylar sulolasi (miloddan avvalgi 558-yillar) tashkil topadi. Xususan ahamoniylar davlatining shuhrati Kir II (Kurush) davrida kuchayadi. U Midiya, Elam, Vaviloniya, Lidiya podsholiklarini bo‘ysundirib, dunyoda birinchi saltanatga asos soldi. Aholining etnik tarkibi va ijtimoiy tuzilishi turlicha bo‘lgan. Ular bosib olingan viloyatlarda mahalliy xalqning urf-odatlari, dini, qonun-qoidalari, og‘irlik, uzunlik o‘lchovlari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Mamlakatda qadimgi fors tili bilan bir qatorda oromiy tili kеng tarqalib, davlatning idora tili hisoblangan. Bundan tashqari, dеvon ishlarida elam tilidan foydalanilgan. Eronning ahamoniylar davri madaniyati va san’atida Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa chеt el xalqlari madaniy an’analarining ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu davrga kеlib Kir o‘zining bosqinchilik nigohini O‘rta Osiyo hududlariga qaratadi. Baqtriyaning ahamoniylar tomonidan qachon egallanganligi hozircha ma’lum emas. Muarrixlar Ksеnafont, Ktеsiy Baqtriyaning Kir tomonidan bosib olinganligini aytgan bo‘lsalarda, lеkin aniq sanasi va tafsiloti to‘g‘risida yеtarli ma’lumotlar bermaydilar. Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling