Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti «tarix» fakulteti
O'zbekiston qadimgi davr dini va madaniyati
Download 46.97 Kb.
|
Ahamoniylar Muhriddin tayyor
O'zbekiston qadimgi davr dini va madaniyati. Qadimgi Eron mafkurasida miloddan avvalgi I mingyillikda shakllangan diniy ta`limot zardushtiylik muhim o`rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo`lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni ta’qiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishini targ’ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atroflarida zardushtiylikni rasmiy davlat dini deb e`lon qildi. Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol kabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig’inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar. Diniy e’tiqodni mazkazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. IV asrda) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita, Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo’q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig’inish yanada keng avj oladi. Ahamoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l qo`ymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar15.
Ahamoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishg’ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro I o’zini ma’buda Neytning o’g’li deb e’lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag’ishlab ibodatxonalar quradi. Mil. avv. VI – IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o‘rganilgan. Ular O‘rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik sohala rida yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi. O‘lkamizda Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob va boshqa shu kabi yirik qadimiy shahar-qal’alar ri vojlan gan. Yozma manbalarda oltin, kumush, la’l, fi ruza ma’danlari qazib olingani, hunarmandchilik rivojlangani, O‘rta Osiyoning Sharq mamla katlari bilan bog‘langan qadimiy karvon yo‘llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to‘g‘risida xabar beriladi. Mil. avv. V-IV asrlarda O‘rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik san’atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan, 1877-yilda Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol bo‘la oladi. Har bir shaharda ichki qal’a bo‘lgan. Sha -harlarning atrofi ni egallagan dehqon xo‘ jaliklarida ota urug‘iga mansub katta-katta oilalar kun kechirishgan. Dehqonlar qo‘rg‘onlari uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan.Arxeologlar shahar va uy – qo‘rg‘onlar atrofi da dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topganlar. Mil. avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar, jangovar oybolta va nayzalar bilan qurollanganlar. Kamon o‘qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olganlar. Xanjar – «akinak», jangovar oybolta esa «sagaris» deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamondan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko‘kragiga temirdan yasalgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o‘q-yoy, nayza yoki xanjar bilan dushmanga hamla qilganlar. Qal’a va shaharlarni himoya qilishda o‘qyoy va palaxmondan foydalanganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishirilgan loy to‘p o‘qlari ham qo‘llanilgan. Shaharlar burjlar va shinaklari bo‘lgan mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo‘laklar qurilgan. Tashqi devorlar bo‘ylab joylashgan dumaloq burjlar ichida ham kamonchilar joylashganlar. Suv to‘latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga kiradigan yo‘lni to‘sib turgan. Mil.avv. VI-IV asrlarda Bir so'z bilan aytganda O'rta Osiyoda ana shunday madaniy hayot mavjud edi16. Eron ahamoniylarining O'rta Osiyoga istilochilik yurishlari natejasida O'rta Osiyo jangchilarining jang qilish tartibi va qurol-aslahalarida ham ijobiy o'zgarishlar sodir bulgan. O'z navbatida Ahamoniylarga ham madaniy ta'sir ko'rsatgan. Xulosa Xulosa o`rnida aytadigan bo`lsak Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topgach ,uning sarhadlari benihoyatda ulkan bulgan, Shimoliy Hindistondan to O'rta Yer dengizigacha, Orol va Kaspiy dengizidan to Fors kurfazigacha hududlarni o'z ichiga olgan. Bu davlat qariyb ikki yuz yil to Aleksandr Makedonskiy ahamoniylarning so’nggi hukmdori Doro III ni mag’lubiyatga uchratganiga qadar mavjud bo’lgan. Ahamoniylar juda ko’p hududlarni bosib oladi. Kir II o‘zining bosqinchilik nigohini O‘rta Osiyo hududlariga qaratadi. Kir II massagеtlar ustiga miloddan avvalgi 530-yilda qo‘shin bilan bostirib kеladi. Bu paytda umr yo‘ldoshi vafot etgan malika To‘maris mamlakatda podsho edi. Kir II ga qarshi To‘marisning jasoratini Gerodot o‘zining «Tarix» kitobida yorqin tasvirlaydi. Shu tariqa Eron ahamoniylari bizning ham yurtimizga o’z bosqinchilik yurishlarini boshlaydi lekin bu ular uchun oson kechmaydi. Ozodlik va erkka tashna qadimgi Turon zaminida yashovchi jasur xalqlar qattiq qarshilik ko'rsatishadi. Bunday qahramonlarga To'maris, Shiroq va boshqa kuplab misollarni keltirish mumkin. Bunday qahramonlarimiz jang qilish kerak bulsa, hech ham qurqmasdan, ikkilanmasdan jangga kirishgan. Bunga To'marisning Kir II ga qarata aytgan ushbu jumlalarida ham kurishimiz mumkin. "Biz o‘z yurtimizga podshohlik qilaylik, lеkin sеn bu maslahatga kirmay, o‘z aytganingdan qolmasang, biz daryo bo‘yidan uch kunlik yo‘l yurib, olisroqqa borib turaylik. Xohlasang biz sеning yerlaringga ko‘chib o‘taylik. Sеn uch kunlik olisga borib tur". To'marisning naqadar mard, erk farzandi ekanligini uning aytgan so'zlaridan ham bilishimiz mumkin. Ahamoniylarga qarshi juda ko’plab qarshiliklar xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tad,i ancha talafot ko’rad,i lekin turli xil xiyla va qurol va qo’shin ustunligi tufayli ular O'rta Osiyoni egallab oladilar.Lekin shunga qaramay O’rta Osiyoda qarshilik harakatlari to’xtamaydi. Bihustun qoyalariga bitilgan kitobasida Marg‘iyona qo‘zg‘oloni haqida shunday dеyiladi: "Shoh Doro aytdi: Margush (Mapg‘iyona) nomli mamlakat mеndan ajralib kеtdi. Qo‘zg‘olonchilar Frada ismli marg‘iyonalik kishini o‘zlariga bosh qilib oldilar". Bundan shuni anglashimiz mumkinki, xalqimiz doimo ozodlikka tashna bulgan. Uzoq o'tmishimizga nazar solib shu fikirga keldimki, har qaysi zamonda har qachon yurtimizga yov bostirib kelsa, doimo Vatanimizni quruqlash uchun mard o'g'lonlarimiz topiladi. Bu o'g'lonlar har qaysi zamonda har qachon har kimga doimo qarshi kurashishga tayyordirlar. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O'rta Osiyo xalqlaring madaniy turmish tarzi o'ziga xos edi. Bu davrda qal’a va shaharlarni himoya qilishda o‘qyoy va palaxmondan foydalanganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishirilgan loy to‘p o‘qlari ham qo‘llanilgan. Shaharlar burjlar va shinaklari bo‘lgan mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo‘laklar qurilgan. Tashqi devorlar bo‘ylab joylashgan dumaloq burjlar ichida ham kamonchilar joylashganlar. Suv to‘latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga kiradigan yo‘lni to‘sib turgan. Mil.avv. VI-IV asrlarda Bir so'z bilan aytganda O'rta Osiyoda ana shunday madaniy hayot mavjud edi. Eron ahamoniylarining O'rta Osiyoga istilochilik yurishlari natejasida O'rta Osiyo jangchilarining jang qilish tartibi va qurol-aslahalarida ham ijobiy o'zgarishlar sodir bulgan. O'z navbatida Ahamoniylarga ham madaniy ta'sir ko'rsatgan. Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling