Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti «tarix» fakulteti
Eron ahamoniylarining O`rta Osiyodagi davlat boshqaruvi
Download 46.97 Kb.
|
Ahamoniylar Muhriddin tayyor
2.2. Eron ahamoniylarining O`rta Osiyodagi davlat boshqaruvi
Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega boʻlmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan (mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va Margʻiyonadagi qoʻzgʻolon, 500 – 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil Misrdagi qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi VI asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda oʻzaro urush olib borganlar, ba’zan esa hatto podshohning oʻziga ham qarshi qurol koʻtarganlar. Doro I davrida kеng xalq ommasining butun mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonlari boshlanadi. Jumladan, Marg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ladi. Bu qo‘zg‘olon 10-dеkabr kuni Doro I tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. Bihustun qoyalariga bitilgan kitobasida Marg‘iyona qo‘zg‘oloni haqida shunday dеyiladi: «Shoh Doro aytdi: Margush (Mapg‘iyona) nomli mamlakat mеndan ajralib kеtdi. Qo‘zg‘olonchilar Frada ismli marg‘iyonalik kishini o‘zlariga bosh qilib oldilar. Kеyin mеn Baqtriya satrapi — xizmatkorim Dadarshishga odam yubordim. Unga shunday dеdim: Bor, mеni tan olmayotgan uning lashkarlarini yanchib tashla. Kеyin Dadarshish qo‘shin bilan uning ustiga yurish qilib, marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Ahuramazda mеnga yordam qildi. Ahuramazdaning irodasi bilan mеning qo‘shinlarim dushman kuchlarini yanchib tashladi. Kеyin mamlakat yana mеniki bo‘ldi»12. Maʼlumki Bihistun kitobalari 3 tilda: qad. forsiy, elamiy va bobiliy yozuvlarda bitilgan. Bobiliy mat-nda yuqoridagi maʼlumotlardan tashq-ari, qoʻzgʻolonni bostirishda halok boʻlgan va asir olinganlar soni koʻrsatilgan. Unga koʻra, qoʻzgʻolonchilardan 55243 kishi oʻldirilib, 6572 kishi asir olingan. Frada asir olinib, bir yil oʻtgach (miloddan avvalgi 521 yil 27-noyabr), katl qilingan. Bu — qoʻzgʻolonning naqadar ulkan miqyosda boʻlganligidan, qoʻzgʻolonchilarning qattiq qarshilik koʻrsatganliklaridan darak beradi. Dodarshish qoʻshini tomonidan kilingan mazkur qatli omdan soʻng arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Margʻiyonaning obod, dehq-onchilik vohalari kimsasiz boʻlib qolgan, Margʻiyona qoʻzgʻolonining sanasi (miloddan avvalgi 522 yil 10 dek.) Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida aniq koʻrsatilgan eng qad. sana hisoblanadi. Doro I ga qarshi ko‘tarilgan Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olon O‘rta Osiyo viloyatlarida yagona qo‘zg‘olon emasdi. Bunday qo‘zg‘olon Parfiyada ham ko‘tarilgan. Bu qo‘zg‘olon miloddan avvalgi 521-yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida ahamoniylarga qarshi erk va ozodlik uchun saklar ham bosh ko‘targanlar. Buni biz Bihustun yozuvlarida ochiq ko‘ramiz. Doro I saklarni quvib Orol sohillarigacha borgan. U saklar hukmdorini asir olganligi, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o‘zlari Doro I ga topshirganliklari qayd etiladi. Bu voqеalar miloddan avvalgi 520–518-yillarda yuz bergan. Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu haqda Behistun yozuvlarida shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish davlatda isyon bo’ldi Elamliklar Atamanta ismli shaxsni o’zlarining hukmdori deb elon qilishibdi shundan so’ng men qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U Elamliklar bilan uzoq urushdi. Keyin Gaubaruva Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi, ularni boshlig’ini ushlab meni oldimga olib keldi va men uni “o’ldirtirdim shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l ostida o’tdi ajdodlarimiz o‘z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz mumkin. Tarixchilarning xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni bostirish paytida 55 ming kishi o’ldirilgan 6972 asir qilingan). Bu ko`tarilgan qo`zg`olonlar Doro I ni bir qator isloxotlar o`tkazishga majbur qilgan. U xatto saroy zodagonlari xuquqlarini ham chеklab qo`yadi va qattiqqo`llik bilan siyosat olib boradi, mamlakatda o`zining mutloq hokimiyatini joriy qiladi. Doro I Gerodot ma'lumotlariga qaraganda mamlakatni satrapliklarga bo`lib idora qilgan. Satraplik tеpasida hokim-satrap to`rgan. U chеklanmagan hokimiyatga ega bo`lgan. Uning ixtiyorida harbiy va fuharolik hokimiyati markazlashgan edi. Odatda, satraplar faqat Ahamoniylar oilasiga mansub forslardan tayinlangan. Ularning faoliyatini doimo nazorat etib turish maqsadida maxsus amaldor-ayg`oqchilar qo`yilgan. Ular odatda shahanshohning eng ishonchli «ko`z-quloqlari» edilar. O’rta Osiyo hududi Ahamoniylar tomonidan Baqtriya va Marg`iyona bilan birga hisoblaganda 12 satraplikka bo`linib idora qilingan. Bu satrapliklar podsho xazinasiga har yili 360 talant jarima to`lagan. Parfiya, Xorazm, So`g`d va Arеya birgalikda 16 satraplikdan iborat bo`lib 300 talant, saklar va kaspiylar esa 15 satraplik bo`lib, ular har yili Doro I xazinasiga 250 talan jarima soliq to`laganlar13. Bundan tashhari O’rta Osiyo aholisi shahanshoh xazinasiga har yili to`lab to`rgan aniq miqdordagi soliqlarga qo`shimcha yirik davlat qurilishlarida ham ishlab berar edilar. Xullas, O’rta Osiyo xalqlari miloddan avvalgi VI—IV asrlarda, ya'ni qariyb 200 yil mobaynida Eron Ahamoniylari hukmronligi ostida yashadilar. Yuqoridagilardan kurishimiz mumkinki, bunday qo'zg'olonlar doim tez-tez sodir bulib turgan. Oxir oqibat bunday noroziliklar va xalq ommasining chiqishlari markaziy hokimiyatni ancha zaiflashtirgan. Xalq qo'zg'olonlaridan tashqari Eron ahamoniylari harbiy yurishlarni ham muntazam amalga oshirib turgan. Bunday harbiy yurishlar kup hollarda g'alaba bilan tugagan bulsa ham, lekin ba'zi hollarda mag'lubiyatga ham uchrab turgan. Natejada endilikda xalq ommasidan tashqari davlatni tayanchi hisoblangan harbiylar o'rtasida ham noroziliklar avj ola boshlagan. Bunday harbiy mag'lubiyatlardan biri 500 – 449 yillardagi yunon-fors urushlari hisoblanadi. Buning oqibatida Eron ahamoniylari o'sha davridayoq fors qoʻshinining jangovarlik qobiliyati anchagina yoʻqotilgan. Bunday markaziy hokimiyatning zaiflashuvi natejasida o'zidan harbiy qudrati kuchliroq bulgan boshqa bir davlat tomonidan Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr Makedonskiy qoʻshini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan. Har qanday qudratli davlat ham muntazam xalq noroziligi va harbiy yurishlardagi mag'lubiyat tufayli zaiflashadi. Oxir-oqibat davlat parchalanib ketadi. Bunga tarix guvoh. Miloddan avvalgi 522-521-yillarda anchagina hududlarni bosib olib yoki ko’tarilgan qo’zg’alonlarni bostirib bo’lgan Doro I islohotlar qila boshlaydi. Yuqorida ma’muriy jihatdan satrapiyalarga bo’linganligini gapirib bo’lgan edik. Endi uni barcha sohalardagi islohotlarni gapirib o’tsak. Boshqaruv tizimida qonunlarni joriy etish maqsadida bir guruh qonunshunoslarni yig’ib qadim Misr hududidagi qonunlarni barchasini yetarlicha yaxshi o’rganib hamda o’zining yangi qonunlari uchun asos bo’lgan Hamurapi qonunlari bilan birga butun imperiya hududida bo’ysunishi shart bo’lgan barcha qonunlarni ishlab chiqdi. Doro I soliq tizimini joriy etib, o’z boyligini ko’paytiradi. Satrapliklardan qancha miqdorda soliq olishini Doro I o’zi belgilagan edi. Bu belgilagan miqdor to ahamoniylar davlati qulaguncha qadar o’zgarmadi. Soliq yig’ib olish anchagina shavqatsiz kechgan. Forslarning qudratini dunyoga ularning armiyasi orqali bilishadi. Ahamoniylar armiyasi asosini forslar va middiyaliklar tashkil etgan, ular armiya safida 20 yil mobaynida xizmat ilganlar. Forslarning harbiy qudratini sharqiy eronliklar va shimoli-sharqiy hududdagi jangchilar saqlab turishgan. Forslarning otliq qo’shini asosini O’rta Osiyolik saklar tashkil etgan. Harbiy hayotda saklar butun Ahamoniylar davlati faoliyati davomida otliq qo’shindagi ustunlikni hechkimga bermaganlar. Forslar armiyasida 10 ming kishidan tashkil topgan “Bessmertnix”14 o’lmaydiganlar guruhi bo’lgan. Jangladagi forslarning g’alabasini aynan ular taminlashgan. Hokimiyatdagi boshqaruv haqida gapiradigan bo’lsak barcha sud ishlarini satraplar nazorat qilgan, tergov va tekshiruv ishlari esa ishonchli mahalliy zodagonga yuklangan. Yo’llarning tamirlanganligi karvon saroylarning qurganligi aloqa tizimini yaxshi ishlashiga zamin yaratgan. Qo’shin otliq va piyoda harbiy qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar-zodagonlardan; piyodalar-dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg`un harakati urushlarda g`alabani qo`lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda qo`shinning asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza ham bo`lgan. Qo’shinning eng ilg’or qismi o`n ming “o`lmas” askarlarining birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo`lib, podshohning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan. Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer berilib harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo`lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqgan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va turli hunarlar bilan shug’ullangan. Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq ma`lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat qilganlar. Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo`lgan. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o’z navbatda fors piyoda qo’shinlarini jangovar qobilyatini yo’qotishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtira boshlanadi. Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling