Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


Download 1.07 Mb.
bet79/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

Darsning mazmuni: Har bir o’simlik turi o’zi yashayotgan muhitning abiotik omillariga turli - tuman moslanishlar hosil qiladi. O’zbekistonda tarqalgan o’simliklar cho’l, to’qay, adir, tog’ va yaylovlarda o’sadi. Bu mintaqalarda tarqalgan o’simliklar bir - biridan hayotiy shakli, organlarining tashqi va ichki tuzilishi, o’sish xususiyatlari hamda vegetasiya davrining uzun- qisqaligi bilan farq qiladi. Cho’llardagi sharoit nam tanqisligi bilan tavsiflanadi va o’simliklardagi asosiy moslanishlar mavjud namlikdan samarali foydalanishga qaratilgan. Cho’l o’simliklari asosan, o’t va yarim buta xayot shakliga ega, daraxtlar ancha kam. Bu yerdagi o’simliklarining barglari juda kichik yoki tangachaga (saksovulda) aylangan.

  • Ayrimlari (koraboyalich, okboyalich, ......) yozda barglarini to’kadi va kuzda salqin tushishi bilan yana barg chiqaradi. Cho’l o’simliklarida ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan bo’lib, asosan, yon tomonga qarab o’sadi. To’qay, adir va tog’larda o’simlik turlarining xilma - xilligi ancha yuqori. Bu yerlarda turli - tuman daraxtlar ham ko’p o’sadi. Yaylovlar iqlimining sovuqligi, doimiy shamol esib turishi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi o’simliklarning vegetasiya davri ancha qisqa. Daraxtlar deyarli uchramaydi.


  • Ishni bajarish tartibi. Rasmlarda tasvirlangan o’simliklarning tashqi tuzilishi diqqat bilan kuzatib chiqiladi. Bunda yer osti organlariga ham e’tibor beriladi. Turli ekologik sharoitda o’sadigan o’simliklarning tashqi tuzilishidagi farqlar aniqlanib, farqlarning yuzaga kelishi tushuntirib beriladi. Xulosalar amaliyot daftariga qayd qilinadi va o’simlik organlarining rasmlari chiziladi.





    1. rasm. 1- daraxt, 2- butalar, 3- Chala butalar, 4- o’tlar.




    1. rasm. Cho’llarda o’sadigan o’simliklar.

    • 1- iloq, 2- juzg’un, 3- buyurg’un, 4- eshakmiya.


    • Darsning xronokartasi - 80 minut

    1. Tashkiliy qism – 2 minut

    2. Yangi mavzu bayoni. Suhbat, amaliy topshiriqni bajarish, savol-javob – 40 minut.

    3. Mustaqil ish topshiriqlari (Mavzu bo’yicha qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish) – 10 minut

    4. Bilimlarni test usulda sinash - 10 minut

    5. Sinov savollari (ta’riflarni aytish, terminlar tahlili, aqliy hujum) – 10 minut

    6. Xulosalash, baholash – 4 minut

    7. Uyga vazifa – 4 minut
  • 1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling