Birinchi mashg’ulot.
Mavzu: O’simliklarning yashash muhitiga moslashishi. Topshiriq.
O’simliklarning tashqi tuzilishini kuzatib chiqish.
O’simliklarning yer osti organlarini solishtirish.
Xulosalar amaliyot daftariga qayd qilinadi va o’simlik organlarining rasmlari chiziladi. Reja.
1.Yorug’likning organizmlarga ta’siri. Yorug’likka munosabatiga qarab organizmlarining asosiy guruhlari.
2.Haroratning organizmlarga ta’siri. Haroratga munosabatiga qarab organizmlarning asosiy guruhlari.
3.O’simliklarning harorat o’zgarishiga moslashuvi.
Nima uchun cho’lda o’sadigan ayrim o’simliklar yozda bargini to’kadi?
Kserofit o’simliklar deganda qanday o’simliklarni tushunasiz?
Nima uchun yaylovda o’sadigan archa buta hayotiy shakliga ega bo’lib, bo’yi 1-1,5 m dan oshmaydi?
Nima uchun suvda o’sadigan o’simliklarda mexanik to’qima yaxshi rivojlanmagan? Darsning o’quv va tarbiyaviy ahamiyati:
O’simliklarning yashash muhitiga moslashishini, abiotik omillarga ta’siri haqida tushuncha berish. Cho’l, adir, tog’ va yaylov o’simliklarini taqqoslash. Daraxt, buta, chalabuta, o’tlarni yashash muhitlariga qarab moslashganligi. Talabalarda yashash muhitiga nisbatan o’simliklarning moslashganligi to’g’risida tasavvur hosil qilish va ularni o’simlikni muhofaza qilish ruhida tarbiyalash.
Dars o’tish vositalari: doska, o’quv dasturi, darslik va qo’llanmalar, o’simliklar rasmlari va gerbariylar, Cho’l, adir, tog’ va yaylov o’simliklari tasvirlangan rasmlar. Saksovul, qandim, lola, makkajo’xori va boshqa o’simlik rasmlari yoki gerbariylar. Turli sharoitda o’sadigan o’simliklar yer osti organlari tasvirlangan rasmlar, atamalar.
Dars o’tish usullari: suhbat, amaliy topshiriq, munozara, aqliy hujum, mustaqil topshiriqlar, test variantlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |